107
O’zbekistonda kungaboqar urug’ uchun ang’izda ekilmoqda (Surxondaryo,
Samarqand). Lalmikorlikda urug’ hosili 4-5, sug’oriladigan yerlarda 25-27 s/ga ni
tashkil qiladi. Dunyo dehqonchiligida kungaboqar 19 mln gektarga yaqin maydonga
ekiladi. Kungaboqar Rossiya, Ukraina, AQSH, Argentinada ko’p ekiladi.
Botanik tahrifi
. Kungaboqar
Asteraceae
oilasiga kiradi.
Helianthus annus L.
turi ikkita
aloxida turga
- H. cultus wenze L.
- madaniy kungaboqar va H.
Zuderalis
wenze L.
- yovvoyi kungaboqarga bo’linadi. Madaniy kungaboqar ikkita kenja turga
–
ssl. sativus wenze L.
madaniy ekma kungaboqar va
ssl. ornamentalis wenze L.
madaniy manzarali kungaboqarga bo’linadi.
Madaniy ekma kungaboqar
– bir yillik o’tsimon o’simlik, tuproqqa 2-4 m
chuqurlikka kirib boruvchi, 100-150 sm atrofga taraluvchi o’q ildiz tizimiga ega.
poyalari yog’ochlashgan, ichi g’ovak parenxima bilan to’la, bo’yi 0,6-2,6 m, silos
navlarida 3-4 m, tik o’sadi, shoxlanmaydi. Usti qattiq tuklar bilan qo’langan.
Barglari yirik, bandli, uzunligi 20-40 sm ovalsimon, yuraksimon, uchi
o’tkirlashgan, tuk bilan qalin qo’langan. Barglarning cheti tishli. pastki 3-5 juft
barglari poyada
qarama - qarshi joylashgan, qolganlari navbatlashgan. Bitta
o’simlikda barglar soni 14 tadan 50 tagacha yetadi. Ertapishar navlari kamroq,
kechpisharlari ko’p barg hosil qiladi.
To’pguli - savatcha qavariq yoki botiq, tekis disksimon, moyli navlarda
diametri 15-25 sm, chaqiladigan navlarda 45 sm.
Bir necha bargchadan iborat
o’rama bilan o’ralgan. Gul o’rnining chetida pushtsiz, tilsimon savatcha ichida
naychasimon meva hosil qiluvchi gullar joylashgan. Bitta savatchada 600-1200 ta
gul bo’ladi.
Mevasi - pistacha, siqilgan tuxumsimon shaklda, to’rtta qirrasi bor. U urug’ -
yupqa urug’ po’sti bilan qo’langan mag’iz va mag’izga yopishmay turadigan
terisimon pishiq meva po’stidan iborat. po’chog’i oq, kulrang, qora yo’l-yo’l yoki
yo’lsiz bo’ladi. 1000 pista vazni 40-175 g. po’chog’i pista vaznining 22-46 % tashkil
qiladi.
Urug’i (mag’iz) - murtak, yupqa urug’ po’stidan, murtak esa ildizcha,
kurtakcha va ikkita urug’palladan iborat.
Biologik xususiyatlari.
Kungaboqar yuqori ekologik plastiklikka ega. U
SHimoliy Amerikaning cho’l mintaqasida havo namligi past, ammo harorat yuqori
bo’lgan kontinental iqlim sharoitida shakllangan. SHuning uchun O’zbekistonda
kungaboqarni o’sishi uchun qulay sharoit bor.
Haroratga talabi. Kungaboqar urug’lari 4-5
0
C haroratda ko’karib boshlaydi,
ammo maysalarni qiyg’os unib chiqishi uchun 10-12
0
C harorat zarur. Haroratning
ko’tarilishi maysalarning unib chiqishini tezlashtiradi. Harorat 8-10
0
C urug’larni
ekishdan unib chiqishgacha bo’lgan davr 15-20 kun, 20
0
C bo’lganda - 6-8 kunni
tashkil qiladi. Ekishdan unib chiqishgacha davrda 140-160°C faol harorat yig’indisi
talab qilinadi. Maysalari qisqa muddatli – 8
0
C sovuqqa bardosh beradi.
SHuning
uchun kungaboqar urug’lari erta muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
108
Maysalar hosil bo’lgandan keyin o’simlikning haroratga talabi ortib boradi.
Gullash va undan keyingi davrda o’simlikning rivojlanishi uchun qulay harorat 25-
27
0
C. Gullash fazasida 1-2°S sovuqdan gullar sezilarli zararlanadi va keyinchalik
to’la nobud bo’ladi.
Namlikka talabi yuqori. Biomassa va urug’ hosilining shakllanishi uchun
o’stirish mintaqasiga bog’liq holda, kungaboqar 1 ga maydonda 2000-5000 m
3
va
undan ortiq suv sarflaydi. Transpiratsiya koeffitsieti 400 dan 700 gacha o’zgaradi.
Bitta o’simlik o’suv davrida 200 kg ortiq suv talab qiladi. Kungaboqar eng ko’p
suvni savatchalarni hosil bo’lishi - gullash davrida (60%), maysalash savatchalarni
hosil
bo’lishida
23
%,
gullash
pishishda
17%
sarflaydi.
Gullashgacha va o’suv davrini oxirida tuproqda namlik CHDNS 70% gullash
davrida 80% ushlansa kungaboqar eng yuqori hosil shakllantiradi. Gullashni
boshlanishida namlikni yetishmasligi ko’p gullarni ochilmasdan qolishiga sabab
bo’ladi.
Tuproqqa talabi. O’zbekistonda kungaboqar unumdor bo’z, o’tloq, o’tloq-
bo’z tuproqlarda yaxshi o’sadi. Kungaboqar og’ir loy, qumloq,
kislotali, kuchli
sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’smaydi. Tuproq reaktsiyasi – 6-6,8 bo’lganda
yaxshi rivojlanadi.
Yorug’likka talabi. Kungaboqar yorug’sevar, qisqa kun o’simligi. SHimoliy
mintaqalarda o’sish davri uzayadi. Bulutli ob-havoda, soyalanganda rivojlanish
sekinlashadi, hosil kamayadi, 11-12 kunga tezlashadi.
Ozuqa moddalarga talabi. Kungaboqar ozuqa moddalarga talabchan. U
ayniqsa kaliyni ko’p o’zlashtiradi. 1 s urug’ va shunga muvofiq o’suv organlarini
hosil qilish uchun tuproqdan 6 kg azot, 2 kg fosfor, 10 kg kaliy o’zlashtiradi.
Ularning nisbati 3:1:5.
Eng ko’p azotni o’simlik savatchalarni hosil bo’lishidan gullashgacha,
fosforni unib chiqishdan gullashgacha o’zlashtiriladi.
Kaliyni savatchalarni hosil
bo’lishidan yetilishigacha o’zlashtiradi. Fosforga eng talabchan davri dastlabki
rivojlanish fazalari. Fosfor yetishmaganda barglarda uglevod va aminokislotalar
miqdori kamayadi, urug’da moy to’planishi pasayadi, o’simlik rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi.
Urug’da oqsil va moyni to’planishi. Kuchaytirilgan azotli oziqlanish urug’da
moy miqdorini kamaytiradi, ammo fosfor bilan birgalikda qo’llanilganda ijobiy
natija beradi. Kaliyni moy to’planishdagi vazifasi kam o’rganilgan.
Tuproqda
namlikning ortishi bilan urug’dagi moy miqdori oshadi, yod va kislota soni ma’lum
miqdorgacha kamayadi.
Rivojlanish fazalari. Kungaboqar o’suv davrida unib chiqish, barglarni hosil
bo’lishi (unib chiqishdan 4-5 juft haqiqiy barglarni hosil bo’lishigacha),
defferentsiyalash (4-5 juft barg hosil bo’lishidan 9-10 juftgacha), gullash
(boshlanishi-oxiri), urug’larni shakllanishi va to’lishi, pishish fazalarini o’taydi.
Savatcha ertapishar navlarda 2-3 juft, kechpishar navlarda 3-5 juft barglar hosil
109
bo’lishi bilan shakllanib boshlaydi. Gullash tugagandan keyin 8-10 kun o’tgach
savatcha maksimal kattalikka ega bo’ladi, uni o’sishi esa sarg’aygancha davom
etadi. Savatchalarni pishishi navga, o’sish sharoitiga qarab unib chiqishdan 70-130
kun o’tgach kuzatiladi.
Navlardan tezpishar navlar: Armavirets, Yenisey, Nadejniy, Salyut, Trudovik;
ertapishar navlar: Vosxod, Zarya, Zenit, gibrid pochin Vniitk 8931; o’rtapishar
navlar: Peredovik uluchshenniy, pervenets, progress, Smena, Mayak uluchshenniy
(yaxshilangani) O’zbekistonda silos va yashil massasi uchun ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: