178
topish maqsadida tashkil etilgan eks’editsiyalar Kavkaz, O’rta Osiyo, Sibir, Uzoq
SHarq va boshqa tumanlar florasini o’rgana boshladi. Bunday eks’editsiyalar
Butunittifoq dorivor o’simliklar instituti (VILR), Yevropa va Osiyodagi
Respublikalar Fanlar Akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika
bog’lari, farmatsevtika institutlari va boshqa oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy-
tekshirish institutlarining ayrim laboratoriyalari tomonidan uyushtirilib kelindi.
Ayniqsa, bu sohada VILR va Moskva Fanlar Akademiyasining botanika bog’lari
tomonidan (L.A.Utkin, ‘.S.Massagetov va boshqalar rahbarligida) o’tkazilgan
eks’editsiyalar diqqatga sazovordir. Eks’editsiyalar
natijasida yangi, ayniqsa chet
eldan keltirilgan dorivor o’simliklar o’rnini bosadigan juda ko’p dorivor o’simliklar
to’ildi. SHy bilan birga qator dorivor o’simliklarning ko’p o’sadigan joylari,
ularning zahiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib ketayotgan
muhim dorivor o’simliklarni ma’lum miqdorda tayyorlash va ularni saqlab qolish
tadbirlari ishlab chiqildi.
Yangidan ekilishi kerak bo’lgan dorivor o’simliklar agrotexnikasi VILR
hamda uning tajriba stantsiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar
va oliy o’quv yurtlarining botanika bog’larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR
va uning tajriba stantsiyalarini xizmati katta bo’lib, ularda chet eldan keltirilgan bir
qancha tropik va subtropik dorivor o’simliklarni Yevropa iqlimida o’stirishning
agrotexnika qoidalari ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xo’jaliklarida
quyidagi dorivor o’simliklar o’stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi,
aloe turlari,
ortosifon, dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi,
kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to’q qizil ‘assiflora, rauvolfiya turlari, pushti
katarantus (bo’rigul), yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, bo’lakli ituzum va
boshqalar.
Sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor o’simliklar yovvoyi holda
o’sadigan dorivor o’simliklardan katta farq qiladi, yahni o’stiriladigan dorivor
o’simlik mahsulotida begona o’simliklar aralashmasi bo’lmaydi.
Agrotexnika
qoidalari asosida o’stirilgan dorivor o’simliklar serhosil va biologik faol moddalarga
boy bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra, ba’zi bir dorivor o’simliklarni
o’stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o’sadigan dorivor
o’simliklar mahsulotini yig’ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga
tushadi.
Yer haydash usullari: dorivor o’simliklar ekiladigan yerni sifatli haydashda
haydash usulining ham roli katta. Yer asosan, ikki usulda, yahni aylanma (shaklli)
va taxta (zagon)larga bo’lib haydaladi. Aylanma shaklli haydash uchastkaning
o’rtasi yoki chekkasidan boshlanadi.. Bu usulda yer sifatli haydalmaydi, chunki
haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo’lmaydi, yahni uchastkaning
o’rtasida chuqur, burilish joylarda sayoz bo’ladi, hatto
ayrim joylar haydalmay
179
qoladi. SHuning uchun dehqonchilikda aylanma, yahni shaklli haydash usulini
qo’llash tahqiqlangan. Dala to’g’ri taxtalarga (zagonlarga) bo’lib haydalganda
sifatli bo’ladi. SHuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bo’lib
chiqiladi.
Yer haydash muddati. Yer qancha barvaqt shudgorlansa unda nam shuncha
ko’p to’planadi hamda yerning fizik xossalari yaxshilanib, ekinlardan yuqori hosil
olinadi. Yer haydash muddati ekiladigan ekinga ham bog’liq. Bahorgi yoki kuzgi
ekinlar ekilgan yerga takroriy ekin ekilishi lozim bo’lsa, o’rim tamomlanishi
bilanoq tezda ang’izni haydash kerak. Mexanik tarkibi yengil tuproqli yerlar og’ir
tuproqli yerlarga nisbatan ertaroq yetiladi. SHuning uchun bahorda yerlarni oralab
haydash kerak. Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 50-60 foiz bo’lgan vaqt
yer haydaladigan eng qulay muddat hisoblanadi.
Yer haydash chuqurligi. Yerni haydash chuqurligi oddiy chizg’ich yoki
maxsus egat o’lchagich bilan o’lchanadi.
Haydash chuqurligi, yerni haydash
vaqtida yoki haydalgandan keyin ham aniqlanadi. Yerni haydash vaqtida
haydash chuqurligini aniqlash uchun egat o’lchagichdan foydalaniladi. Egat
o’lchagich ikkita taxtacha (reyka)dan iborat bo’lib, ular bir-biriga halqa yordamida
siljiydigan qilib biriktirilgan. Haydash chuqurligi egatning kamida 15-20
joyidan o’lchanib, ular jamlanadi va natija o’lchashlar soniga bo’linib o’rtacha
chuqurlik to’iladi. Dorivor o’simliklar ekiladigan yerlarni tuproq xossalarini hisobga
olgan holda 28-30 sm chuqurlikda haydaladi.
Yerga mola bostirish. Dehqonchilikda yerni yumshatish bilan bir qatorda
zichlashga, yahni mola bostirishga zarurat tug’iladi, chunki yumshoq tuproqda havo
almashinishi jadallashib, namlikni bug’lanishi tezlashadi. Tuproq ma’lum
darajada zichlashtirilganda, yumshoq tuproqqa nisbatan urug’larni
unib chiqishi
tezlashadi. O’simliklarning ildizi normal o’sadi va oziq elementlardan ko’proq
foydalanadi.
Yerni tekislash: dorivor o’simliklar ekiladigan yerlarni tekislashning
ahamiyati katta, chunki notekis yerda nam tekis yerga nisbatan tez bug’lanadi.
Tekis yerda ekinlar sifatli parvarish qilinadi va to’la yig’ishtirib olinadi, sug’orish
vaqtida suvchi va texnikaning ish unumi bir necha foiz ortiq bo’ladi.
Urug’ni ekish chuqurligi. Dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlari
turlicha bo’lib, urug’larini katta-kichikligi bilan ham farqlanadi. Urug’larning
o’timal ekish chuqurligini aniqlash bo’yicha qilingan tajribalardan urug’larni katta-
kichikligiga qarab turli xil chuqurlikda ekish tavsiya qilinadi. Urug’lar asosan kech
kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Mayda urug’lar 0,5-1 sm chuqurligida ekiladi,
kattaroq urug’lar esa 2-5 sm chuqurlikkacha ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: