O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti



Download 0,61 Mb.
bet45/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». «O`zbekiston», Toshkent. 2000 y.
2. Karimov I.A. «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari». «O`zbekiston», Toshkent 1997 y.
3. Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q». Toshkent. 1998.
4. Karimov I.A. «O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li». «O`zbekiston», Toshkent 1995 y.
5. Karimov I.A. «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida». «O`zbekiston», Toshkent 2000 y.
6. Sharipov R., Muxiddinova F. «O`zbekiston xalqlari siyosiy-huquqiy ta`limotlari tarixi». Toshkent. 2004.
7. Rahmonov R. G`ofurov Z. “Mustaqillik va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi”. “O`zbekiston”, Toshkent 1999.
8. Boboev X.B. taxriri ostida «Siyosiy va xuquqiy ta`limotlar tarixi» T. 2003 y.
9. Toshqulov J.O`zbekiston xalqlari siyosiy-xuquqiy fikrlari tarixidan. T. 1996 y.
Mustaqil O`zbekistonda XX asr oxiri va XXI asr boshida siyosiy va xuquqiy ta`limotlar.
R E J A:
1. Mustaqil O`zbekistonda xuquqiy davlat g`oyalarining shakllanishi va ularni joriy qilinishi.
2. O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida inson xuquqlar va erkinliklari.
3. O`zbekistonda Prezidentlikni joriy qilinishi va I. A. Karimovning xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
4. Fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat.
5. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralar.
Mustaqil O`zbekistonda xuquqiy davlat g`oyalarining shakllanishi va ularni joriy qilinishi.
1991 yil 31 avgust kuni tariximizning tub burilish nuqtasi bo`ldi. O`zbekiston mustabid tuzumdan voz kechib ochiq demokratik va huquqiy davlat, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo`liga o`tdi. Xalqimizning asriy orzu umidlari va intilishlariga javob beradigan hayotga qadam qo`ydik. Huquqiy davlatchilik shakllari, unga o`tmish yo`llari xar xil bo`lishi mumkin. Bu xar bir mamlakatning ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari, milliy ma`naviy an`analari, davlatchilmk tajribasi, siyosiy va huquqiy madaniyat darajasi, geopolitik vaziyati va boshqalar bilan belgilanadi.
,,O`zbekiston mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqadi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to`g`ri baholadi va birinchilar qatorida o`z mustaqilligini e`lon qildi. Mustaqilligimizning birinchi huquqiy asosi "O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`rrisida"gi qonunda (1991 yil 31 avgust) o`z ifodasini topdi. Bu qonunlar O`zbkiston Respublikasi "Millati, diniy e`tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat`iy nazar, respublika xududida yashovchi har bir kishining munosib xayot kechirishini, sha`ni va kadr-qimmatini ta`minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga" intilishini tantanali ravishda e`lon qiladi. "Mustaqil o`zbek davlati,-deb yozgan edi Prezident I.Karimov, - xalqmmizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida orzu qilgan O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab-yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiyot etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro xamjamiyatda munosib o`rnini egallashi - biz ko`zlagan oliy maqsaddir".
1 Xuquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari O`zbekistonning 1992 yilgi Konstitutsiyasida, mamlakatimmz Prezidenti I.A.Karimovning "O`zbekiston kelajagi buyuk davlat", "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati", "O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari", "Xozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari", "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlmk shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot-pirovard maqsadimiz", "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda", va boshqa asarlarida atroflicha belgilab berilgan.
Bu asarlarda jamiyat a`zolarining kafolatini boyitib borish, huquqiy normalarning bajarilishini ta`minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tashqi munosabatlarni tartibga solib turuvchi takomillashgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mavjud bo`lishi va ularni tegishli davlat organlari nazorati ostida bajarilishi, huquqiy madaniyat, qonunga xurmat va unga amal qilish kabi muammolari nazariy asoslangandir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikada hukuqiy davlatning shakllantirish shiorlar va chaqiriqlar bilan amalga oshirib bo`lmasligini, bu ish ijtimoiy hayotning yangi shakllari, institutlari va munosabatlarining yaratish bilan bog`liq murakkab ish ekanligini uzliksiz uqtirib kelmoqda. Bu ishlar orasida jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish, jamoat fikrini demokratiyalashtirish, yangi huquqiy va siyosiy qadriyalatlarni o`zlashtirish va hayotga joriy qilish muhim o`rin egallaydi.Xuquqiy davlatchilikning shakllantirish uchun birinchi galda keng ko`lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, davlat suverenitetini mustaxkamlash, eski ma`murmy buyruqbozlik tizimi va unga mos bo`lgan xokimiyat va boshqaruv organlarining tugatish, milliy davlatchilikning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini yaratish.
Mamlakatni tarixi va xozirgi kuni o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni, kelajagimiz strategik yo`llarini to`g`ri tanlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning tarixiy asoslab berish, o`tmish qadriyatlarning qaytadan baholab chiqish, o`zbek davlatchilik rmvojining yangi yo`llarini izlab topish muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bugungi islothotlarimizning muvaffaqmyatlari ko`p jihatdan milliy tarixiy tajriba va saboqlarning umuminsoniy tarix natijalari va saboqlari bilan, xozirgi zamon jahon xamjamiyati va davlatlarining rivojlanish tendentsiyalari bilan uyg`unlashtirib olib borishga bog`liqdir. Shuning uchun ham O`zbekiston Prezidenti I.Karimov vatanimizning o`ziga xos milliy xusuisiyatlari va tarixini, jahon xamjamiyati tajribasi va xozirgi zamon muammolari bilan uyg`unlashtirib olib borish zururligini uqtirib kelmoqda.
O`zbek davlatchiligining shakllanishi, rivojlanishida va shu doirada yuzaga kelgan siyosiy-hukukiy madaniyatning o`ziga xos xususiyatlarining vujudga kelishida iqlim, xudud, xo`jalik faoliyatining darajasi va xarakteri, ijtimoiy-madaniy turmush tarzi, milliy an`analar, ko`pdinlilik, mustaqillik uchun kurash va boshqa omillar ta`sir qildi. Davlat qurilishida boshqalardan andoza olish, mamlakat xususiyatlari va milliy ruxiyatini hisobga olmaslik mamlakatni boshi berk ko`chaga kiritib qo`yadi.
O`zbekiston Prezidenti bu masalaga o`zining munosabatini aniq va ravshan bayon etdi. Har bir millat o`z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondoshishi zarurligini, xalq extiyojlarini hisobga olmaslik, "demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko`r-ko`rona ko`chirish aslo samara bermaydi. Aksincha, butunlay yo`l chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin" - deb ta`kidladi. "Xar bir davlat- betakror ijtimoiy xodisadir, U har kaysi xalq tarixiy va ma`naviy taraqqiyotining xosilidir, uning o`ziga xos, o`ziga mos madaniyati rivojining natijasidir-deydi I.Karimov. O`zbekiston o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlab olgan davlatdir. Bu yo`l jaxonda o`zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo`lidir. Yurtboshimiz tomonidan ilmiy asoslangan bu yo`lning besh tamoyili vujudga keldi. Bular iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh isloxotchiligi, qonun ustivorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish. Ushbu tamoyillar O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lining asosini, o`tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta`minlamoqda.
Taraqqiyotning o`zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an`analari, kadriyatlariga tayangandir.
"Biz tanlagan taraqkiyot modeli, bozor iktisodiyotiga tayangan aniq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi xayot barpo etish harakatlarimizning, bir tomondan ko`p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an`analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa jahon xalqlarining eng ilg`or yutuqlarini o`zida mujassam etgan tajribaga asoslangan yo`limizning to`g`ri ekanini xayotning o`zi tasdiqlamoqda". Prezident I.Karimov o`z asarlarida davlatchilik negizlarini belgilovchi omillarning aniqlashga alohida ahamiyat beradi. "Bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy jarayonlarning ob`ektiv o`zgarishi yuz berayotgan bir paytda adolat g`oyasini ixcham bir xulosa bilan ifodalash mumkin. ya`ni davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga oshib-toshib ketgan boylaru kambag`al-qashshoqlarga bo`linib ketishiga yo`l qo`ymasligi kerak". Yurtboshimizning fikrlariga ko`ra davlat odamlarning o`z qobiliyatlarini to`la namoyon qilishlari uchun zarur bo`lgan teng imkoniyatlarni yaratib borishi lozim. Bu davlatning vazifasidir. Davlat o`tish davrida xal qiluvchi rol’ o`ynaydi. U islohotlarning tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi, qabul qilgan karorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi, aholini o`tish davrining qiyinchiliklaridan himoya kilish vazifasini o`z zimmasiga oldi. "Aynan davlat yangi huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, erkin demokratik me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining qaror topishida, ya`ni bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan boyishida tashabbuskor bo`ldi". O`zbekiston keng miqyosli islohotlar yo`liga, jamiyatni tubdan o`zgartirish va yangilash yo`liga kirdi. "Faqatgina istiqlolning xayotbaxsh zaminida yangi demokratik qadriyatlar ildiz otishiga, inson haq-huquqlari va uning erki asosiy boyligi bo`lgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga mos keladigan yangi zamonaviy siyosiy, xo`jalik va jamoa tuzulmalari qaror topishiga imkon tug`ildi".
Davlat hayotining yangi demokratik-huquqiy asoslari yaratildi. "Davlat tushunchasi, uning ma`no mohiyati tubdan o`zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor mqtisodiy munosabatlarga vazminlik bilan puxta o`ylagan xolda bosqichma-bosqich o`tishni amalga oshirmoqda". O`zbekistonda huquqiy davlatning shakllantirishda nazariy qarashlar, huquqiy davlatchilik amaliyotining ijobiy va salbiy tomonlari hisobga olindi. Huquqiy davlat bu huquq ustivorligi g`oyasi va printsipining maxsus shaklda ifodalanishidir. Qonun ustivorligini joriy qilmasdan turib huquqiy davlat haqida gapirish mumkin emas.
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Qonun ustivorligini huquqiy davlatning asosiy printsipidir, deb xisoblaydi. "Hech bir davlat organi, xech bir xo`jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, xech bir mansabdor shaxs, xech bir kishi qonunga bo`ysunish majburiyatidan xalos bo`lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonun ustivorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligm uchun javobgar bo`ladi".



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish