G`arbiy Evropada O`rta asrlar siyosiy va xuquqiy ta`limotlarining vujudga kelishi. IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining qulashi bilan birga antik davr ham tugadi, o`rta asrlar boshlandi. Ming yildan ko`proq vaqtning o`z ichiga olgan bu davr feodalizmning paydo bo`lishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi davridir.
Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini erga bo`lgan feodal mulkchiligi tashkil qiladi. Qirol eng katta er egasi hisoblanar edi. U o`z vassalariga er taqdim etardi, vassalar bunga javoban qirolga harbiy ko`mak ko`rsatishi va soliq to`lashlari shart edi. Feodallar o`z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir qatorda, hosilini ham bir qismini o`ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya boshlaydi. Qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O`rta asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat absolyut monarx qo`liga o`tdi.
Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil qilingan hukumat va uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli ma`lum hokimiyatni qo`lga kiritdilar. Natijada qirol va davlat aristokratiyasi o`rtasida keskinlik paydo bo`ldi.
Bu keskinlikni bartaraf qilish yo`lida qirol paydo bo`la boshlagan uchinchi tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan absolyutizmni qo`llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham rivojlanib bordi. O`rta asrning ilk davridan boshlab xayotiy muammolar bilan qiziqishlar doirasi asosan ma`naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o`z hayotidagi o`ta og`ir muammolar echimini dindan izladilar.
Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir kishiga murojaat qilardi va umid berardi. Erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi.
Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. Erdagi barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar teng, zotan ularni Xudo o`ziga o`xshatib yaratgandir.
Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g`oyalari uchun zamin bo`lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va xuquqiy ta`limotlarda ham o`z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut rivojlanib bordi va IV asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi.
Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga muvofiq hisoblanardi. Shuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar paydo bo`ldi. Bu Evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs etdi.
Cherkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash kerak bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus olishga sabab bo`lardi.