Part (detal) belgisiga bosing
OK tugmasini bosing . ekranda yangi detal oynasi paydo bo’ladi .
Ishni bajarish tartibi
KOMPAS yoki Solid works dasturi bilan tanishish.
KOMPAS va SolidWorks dasturining 3D boshqaruv panellari bilan tanishish.
3D chizmalarini tayyorlash uchun funksional tugmalari bilan tanishish.
Ishchi detalni tuzish.
Kerakli yuza o’lcham va g’adir-budirliklarini qo’yib chiqish.
Termik ishlov berish bo’yicha texnik talablarni belgilanishi.
Asosiy yozuvni to’ldirish va detal materialini aniqlash.
Chizmani chop etish.
Bajarilgan ish bo’yicha hisobot tuzish.
Nazorat savollari
SolidWorks va KOMPAS nima?
KOMPAS ning qanday “issiq” klavishlarini bilasiz?
KOMPAS boshqaruv paneli qanday qatorlardan tashkil topgan?
Yangi chizma qanday hosil qilinadi?
Yuza o’lchamlari va g’adir-budirliklari qanday qo’yib chiqiladi?
Asosiy yozuv va chizma qanday to’diriladi(rasmiylashtiriladi)?
SolidWorks va KOMPAS da tayyor chizmalar qanday chop etiladi?
Variantlar to`plami.
N
|
Detalning rasmi
|
Talabaning varianti
|
|
|
1,16
|
|
|
2,17
|
|
|
3,18
|
|
|
4,19
|
|
|
5,20
|
|
|
6,21
|
|
|
7,22
|
|
|
8,23
|
|
|
9,24
|
|
|
10,25
|
|
|
11,26
|
|
|
12,27
|
|
|
13,28
|
|
|
14,29
|
LABORATORIYA ISHI № 4
SolidWorks, KOMPAS kabi tizimlarda mashina va mexanizmlar va ularning detallarini 2D loyihalash
Ishning maqsadi: SolidWorks, KOMPAS dasturida 2D ko`rinishidagi detallarni loyihalash va loyihalsh turlarini o`rganish.
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan asbob va jihozlar:
«Windows» operatsion sistemasi va SolidWorks va KOMPAS dasturi o’rnatilgan «Pentium IV» kompyuteri.
O’rtacha murakkablikdagi detallar namunalari.
Detallarni o’lchash uchun o’lchov asboblar.
Bajarilgan ishni chop etish uchun plotter yoki printer.
Kompas_3D_V12'>Nazariy ma’lumotlar
Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli.
Kompas_3D_V12 ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
1-rasm. Kompas_3D_V12 dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash muhiti.
Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha;
2. Asosiy menyu;
3. Asboblarning standart paneli;
4. kompakt paneli;
5. Xususiyatlar paneli;
6.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor (sichqoncha) holati yani buyruqlar chizig`i.
Kompas_3D_V12 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 1-rasmdagidan farq qilishi mumkin.
Kompas_3D_V12 ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi:
Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining birinchi satrida sarlavha chiqariladi, bu yerda muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi. Kompasda fayl kengaytmasi “cdw” bilan belgilanadi.
Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan ( 3-rasm) u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
1.3-rasm.
“Fayl” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Redaktirovat” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
“Vыdelit” - turli shakldagi chizmalarni va kerakli qismlarni belgilab olish buyruqlarni bajaradi;
“Vid” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o’rnatadi;
“Vstavka” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash;
“Instrumentы” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Spetsifikatsiya” – standart ramkaga kerakli bo`lgan ma`lumotlarni kiritish.
“Servis” – servis xizmati ko’satish;
“Okno” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib ularni ochadi;
“Spravka” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq ma’lumot berilgan.
“Bibloteki” – kompas kutubxonasidan kerakli ma`lumotlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |