O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet43/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Mustaqil, ozod va obod diyorimizning o'tgan yillar davomida erishgan asrlarga tatigulik yutuqlari bugun dunyo hamjamiyati tomonidan ham baralla e'tirof etilmoqda. Qalbimizda faxr-iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirayotgan bu ulkan yutuqlar o'z-o'zidan kelayotgani yo'q. Bularda avvalo yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik ta'minlangani, inson huquqlari eng oliy qadriyat, deb e'tirof etilib, fuqarolarning qonuniy manfaatlari himoya qilinayotgani, aholining barcha qatlamiga bilim olish, emin-erkin mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug'ullanishlariga etarli shart-sharoit yaratib berilgani muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqimizning eng buyuk ne'mati bo'lgan tinchlik va osoyishtalik barqarorligini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning osuda hayotini ta'minlash yo'lida kun-u tun xizmat olib borilmoqda. Aholi bilan uchrashuvlarda erishgan ulkan yutuqlarimizni, bularda avvalo yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik ta'minlangani, qabul qilingan qonunlar muhim omil bo'layotgani tushuntirilmoqda. Ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat va ularga itoat etish hislarini kuchaytirish uchun targ'ibot ishlari olib borilayotir.
Ming shukrlar bo'lsinkim, bugun yurtimizda biror-bir fuqaroning o'zini, oila a'zolarini, ularning sha'nini yoki mol-mulkini himoya qilish uchun o'q otar qurolga ehtiyoji yo'q. Bular davlatimiz tomonidan himoya qilingan va biror-bir shaxs ularga daxl qilolmaydi.
SHuning uchun boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, mahalla faollari va jamoat tashkilotlari vakillari hamkorlikda aholi bilan o'tkazilayotgan uchrashuvlarda qurol, o'q-dori va portlovchi moddalar yoki qurilmalarni saqlamaslik, shunday buyum yoki moddalar bo'lsa darhol ichki ishlar organlariga topshirish to'g'risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qurol-aslaha, o'q-dori yoki portlovchi moddalarga qonunga xilof ravishda egalik qilish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirilmoqda.
Joriy yilning o'tgan davri mobaynida noqonuniy qurol saqlash qanday ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishini to'g'ri anglagan bir qator fuqarolar o'zlaridagi shunday buyumni ixtiyoriy ravishda topshirganlari uchun javobgarlikdan ozod qilindilar. Bu bilan ular muqarrar jinoyatlarning oldini olishga ham hissa qo'shdilar. CHunki, tegishli hujjatlar asosida ov quroliga ega shaxslarga qurolni saqlash tartibi tushuntirib boriladi, ularning amaldagi qoidalarga qanday rioya etayotganliklari nazorat qilib boriladi. Noqonuniy qurol saqlayotgan odam esa bulardan bexabar bo'ladi. ertaga bu qurol bolalar yoki jinoyat qilishga moyil shaxslar qo'liga tushmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi.
SHuning uchun yana bir bor ta'kidlab o'tamiz: tegishli hujjatlarsiz noqonuniy saqlanayotgan qurol, o'q-dori yoki portlovchi moddalarni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar hech qanday javobgarlikka tortilmaydi.
Noqonuniy qurol, o'q-dori yoki portlovchi modda hech qachon yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmaydi. Ularni o'z ixtiyorimiz bilan topshirib, javobgarlikdan ozod bo'lish bilan birga, osuda hayotimizni ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish ishlariga hissa qo'shayotganimizni unutmaylik. Zero, bu har bir fuqaroning burchidir.

Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish