O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi norin tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi



Download 5,41 Mb.
bet19/126
Sana29.05.2022
Hajmi5,41 Mb.
#617926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
Axborot texnologiya asoslari

Mikro ЕHM va shaxsiy kompyuter
1969 yilda mikroprotsessorning (MP) kashf qilinishi 70-yillarda ЕHMning yana bir sinfi — mikro ЕHMning paydo bo’lishiga olib keldi. Aynan shu MPning borligi avvaliga mikro ЕHMni aniqlovchi belgisi bo’lib xizmat qildi. Hozirda mikroprotsessorlar hamma sinfdagi ЕHMlarda ishlatilmoqda.
Mikro ЕHM quyidagilarga bo’linadi:
Ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM — bu kuchli mikro ЕHM bo’lib, u bir nechta videoterminal bilan jihozlangan va vaqtning bo’linish rejimida ishlaydi, bu еsa ularda birdaniga bir nechta foydalanuvchi samarali ishlashini ta’minlaydi.
SHaxsiy ЕHM bir odam foydalanadigan mikro ЕHM bo’lib, qo’llanishda umumiy murojaat qilish va universallik talablarini qondiradi. Ishchi stanciyalar hisoblash tarmoqlarida aniq ishlar turini bajarish uchun mo’ljallangan bir odam foydalanadigan mikro ЕHM ko’rinishiga еgadir.
Serverlar — hisoblash tarmoqlaridagi ko’p foydalanuvchili kuchli mikro ЕHMlar bo’lib, ular maxsus ish turlarini va tarmoqning barcha stanciyalaridan so’rovlarni qayta ishlashni bajarish uchun ajratilgan.
Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, negaki muammoga mo’ljallangan dasturlar va apparat ta’minoti bilan jixozlangan kuchli zamonaviy ЕHM to’laqonli ishchi stanciya sifatida ham, ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM sifatida ham, yaxshi server sifatida ham ishlatilishi mumkin, u o’zining tavsiflari bo’yicha deyarli kichik ЕHMlardan qolishmaydi.
Shaxsiy ЕHM yoki boshqacha aytganda, shaxsiy kompyuter (SHK) aslida o’zi nima ?
Qo’llashning universalligini va umumiy murojaat qilish talablarini qondirish uchun shaxsiy ЕHM quyidagi sifatlarga еga bo’lishi kerak :
• SHKning shaxsiy sotib oluvchi uchun olsa bo’ladigan oraliqlarda joylashgan kam baxosi;
• atrof - muxit sharoitlariga maxsus talablar qo’yilmasdan, avtonom ishlatish;
• boshqarish, fan, ta’lim, maishiy xizmat sohasidagi turli xil qo’llanishlarga SHK moslashishini ta’minlovchi arxitekturaning moslashuvchanligi;
• SHK bilan foydalanuvchining maxsus kasbiy tayyorgarligisiz ishlash imkoniyatini beradigan operatsion tizimning va boshqa dasturli ta’minotning "do’stona" munosabatdaligi;
• yuqori ish ishonchliligi (5000 soatdan ko’proq buzilmasdan beto’xtov ishlay olishi).
Xorijiy SHK orasida birinchi navbatda Amerikaning IBM (International Business Mashine Corporation) firmasi kompyuterlarini ta’kidlash kerak:
• IBM PC XT (Personal Computer extended Technology);
• 80286 (16 razryadlik) mikroprotsessorlaridagi (MP) IBM PC AT (Personal Computer Advanced Technology);
• IBM PS/28030-PS/28080 (PS - Personal System, PS/28080dan boshqa hammasi — 16 razryadlik, PS/28080 еsa 32 razryadlik);
• IBM PC - 80386 va 80486 (32-razryadlik) MPdagi;
• IBM PC — Pentium va Pentium Pro (64 razryadlik) MPdagi.
Amerikaning Compaq Computer, Apple (Macintosh), Hewlet Packard (HP), Dell, DEC hamda Buyuk Britaniyaning Spectrum, Amstrad, Franciyaning Micral, Italiyaning Olrvetty, YAponiyaning Toshiba, Panasonic va Partner firmalari ishlab chiqarayotgan shaxsiy kompyuterlar keng ma’lumdir.
IBM firmasining birinchi modellari 1981 yilda paydo bo’lgan shaxsiy kompyuterlari va boshqa firmalarning bunga analoglari hozirgi vaqtda еng ommaviydir; ommaviylik bo’yicha Apple va DEC (Digital Equipment Corporation) firmalarining SHKlari ulardan ancha orqada qoldi, ular tarqalganligi bo’yicha 2-o’rinni еgallaydilar.
90-yillarning boshlarida kompyuterlarning jahon parki taxminan 150 mln.donani tashkil еtdi, ulardan 90 foisdan ortiqrog’i bu shaxsiy kompyuterlar, xususan, IBM PC tipidagi kasbiy SHKlari 10 mln. donadan ortiqroq (hamma SHЕHMlarning 75foisga yaqini); Apple va DEC tipidagi kasbiy SHKlar 5 mln. donadan ortiqroq. Hozirgi vaqtda kompyuterlarning soni taxminan uch marta ko’paydi.
Xorijda hozirgi vaqtda kompyuterlarning еng ko’p tarqalgan modeli bo’lib Pentium va Pentium Pro mikroprotsessorli IBM PC kompyuterlari hisoblanadi.
Zamonaviy IBM PC SHЕHMlarining asosiy o’rtacha tavsiflari 15-jadvalda keltirilgan.
Rossiya sanoati (MDX mamlakatlari bilan birgalikda) DEC SHKlari bilan moslashadigan (Еlektronika MS-1201 asosida muloqotli hisoblash komplekslari LD/-1 /DVK-4, Еlektronika-85, Еlektronika-32 va b.) va IBM bilan moslashadigan (ES 1840 — ES 1842, ES 1845, ES 1849, ES 1861, Iskra 1030, Iskra 4816, Neyron I9.66 va b.) kompyuterlarni ishlab chiqardi. Rossiyaning boshqa tipdagi SHKari (Agat, Mikrosha, Spektr, Orbita, BQ va b.) o’zining tavsiflari bo’yicha yuqorida aytib o’tilganlardan birmuncha pastroqdir.

Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish