Xom-ashyoni solish (kg da)
pol uchun sarg‟ish-jigarrang
|
PF-pol uchun
qizg‟ishjigarrang
|
Lak PF-056
|
129.07
|
|
Pigment sariq temiroksidi
|
32.01
|
|
Pigment qizil temir oksidi
|
284.52
|
|
Mikrokalsit
|
18.92
|
|
Sikkativ
|
74.32
|
|
Antisedimentasionli
qo‘shimcha
|
34.01
|
|
Erituvchi
|
427.15
|
|
|
|
|
Jami:
|
1000.0
|
|
Pigmentli suspenziyani dispergirlash
Pigmentli suspenziyani dispergirlash MPD tipdagi bisserli tegirmonda amalga oshiriladi. Bisser tegirmoni MPD quyidagi qismlardan iborat bo‘lib, zahira konteyneridan, sig‘imlikligi 50 l, Maydalovchi kamera, disk , biser va ajratuvchi setkalar maxsus yuqori mustaxkamlikka ega splavlardan tayyorlangan bo'lib, yemirilishi va abraziv muxitga chidamliligidir. Аjratuvchi setka (elak) maxsus konstruksiyaga ega bo'lib, maydalagich valida aylanib turadi, jarayon davomida o'zi tozalanadi, bu esa setkani to'lib qolishini oldini oladi. Nasos xom-ashyo kirish liniyasiga o'rnatilgan bo'lib, suspenziyani doimiy ravishda maydalash kamerasiga kelishini va undan o'tishini ta‘minlaydi.
Ishchi val disklari bilan konteyner ichida o‘rnatilgan. Konteyner suspenziyali pastani sovitib turishi uchun oborotli suv yeng bilan ta‘minlangan. Konteynerning pastki qismida qaytar klapan o‘rnatilgan, hamda quyuvchi jumrak ham qo‘yilgan. Konteyner tepasiga esa setkali filtr o‘rnatilgan, u suyuqlikni toza bo‘lishini ta‘minlaydi. Dissolverdan kelayotgan suyuqlik uzluksiz ravishda nasoslar orqali bisser tegirmoniga kelib quyiladi hamda bisser tegirmoni kichik bisserlar yordamida suyuqligimizni tarkibidagi barcha moddalarni pigmentlarni aralashib bir jinsli bo‘lishini ta‘minlaydi. Aralashma shtutser orqali konteynerning pastki qismiga quyiladi, yuqori chastotada val disklar bilan birgalikda tanlangan rejimda aylanishni boshlaydi. Aylanish paytida bisserlar ikki rejimda ishlaydi. Bular sharsharasimon va qor ko‘chishi kabi rejimlarda. Bu rejimlar juda unumli, bu holatda bisserlar aylanib bir-biriga urilgan holda aralashmani mayda dispers holatga keltirib kerakli mkmli suyuqlikga aylantirib beradi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng aralashmamiz nasoslar yordamida saqlanuvchi yomkastimizga kelib quyiladi. Undan oldin esa suyuqlik filtrdan o‘tadi va aralshma ichida metal kristallarini o‘tqizmaydi, bisserlar ham hech qayerga chiqib ketmaydi. Bisser toshlarini har yili almashtirib, bisser tegirmoni konteynerining 80% gacha solinadi. U yerdan yana bisser tegirmoniga kelib tushadi hamda yana bir marotaba aralshtirilib mayin bir jinsli suyuqlikga aylantiriladi. Dispergirlanish sifati suyuqlikning bir jinsli bo‘lganidan hamda temperaturaga ham bog‘liq. Deyarli, xar ikki soatda bisserli tegirmondan chiqayotgan pastaning temperaturasi nazorat qilinib turiladi. Qovushoqligi, suyuq aralshma tayyorlanayotganda viskozometr yordamida tekshiriladi. Uzatish tezligi nasos-dozator yordamida nazorat qilib turiladi. Temperatura esa yengda aylanayotgan suv bilan boshqariladi. Maydalangan tel sifati, qurilmachi va smena boshlig‘i tomonidan nazorat qilinadi. Qabul qiluvchi baklardan yana nasos dozator orqali sarf bakiga quyiladi. Sarf yomkastlari
(baklari) aralashtirgich bilan ta‘minlangan. Bu aralshtirgich ma‘lum chastotada aylanib aralashmamizni aralashtirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |