87
MAVZU: №4. ANALIZATORLARNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
VA GIGIENASI
Reja:
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha.
2. Ko’ruv analizatori.
3. Eshitish va vestibulyar analizatorlari.
4. Hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorlari.
Maqsad va vazifalar:
Talabalarga analizatorlar, ularning ahamiyati, ko’ruv,
eshituv,
vestibulyar, hid va ta’m bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid
xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida ma’lumotlar beriladi.
Talabalar bilishlari va bajarishlari shart:
Talabalar elektron darslikdagi animatsiya, roliklar va taqdimotlardan
foydalanib analizatorlarning ahamiyati, ko’ruv, eshituv, vestibulyar, hid va ta’m
bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan
gigiyenik talablar hamda analizatorlarni bolaning o’sish va rivojlanishidagi
ahamiyati haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim.
Tayanch iboralar:
analizatorlar, po’stloq, reflekslar, muskul, eshitish,
retseptor, informasiya.
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha
Odam va hayvonlar butun hayoti davomida tashqi muhit sharoiti haqida, o’z
organizmining barcha bo’limlari, sistemalari haqida to’xtovsiz informasiya olib
turadi. Shunday informasiyani qabul qiluvchi fiziologik apparatlarni sezgi organlari
yoki analizatorlari deyiladi.
Tashqi va ichki muhitdagi barcha qitiqlanishlar analizatorlarning dastlabki
qismi retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Retseptor lotincha qabul qilish degan
ma‘noni bildiradi. Turli qitiqlanishlar-tovush to’lqini, yorug’lik nuri, hid,
temperatura va boshqalar maxsus retseptorlar orqali alohida-alohida qabul qilinadi.
Shuning uchun ham qitiqlagichlarning dastlabki analizlari mana shu retseptorlardan
boshlanadi. Har bir analizator evolyutsion taraqqiyot jarayonida o’zining maxsus
qitiqlagichiga moslashgan bo’ladi. Masalan ko’zning to’r
qavatidagi retseptorlar
faqat yorug’lik nurini qabul qilsa, quloqlardagilari faqat tovush to’lqinini,
burundagisi hidni, tildagisi esa ta‘mni qabul qiladi. Ta‘sirga nisbatan eng oddiy
javoblar orqa miya ishtirokida olinishi mumkin. Buni tajriba jarayonida spinal
baqada sinab ko’rish mumkin. Qitiqlagichlarning
har tomonlama chuqur tahlil
qilinishi bosh miyaning po’stloq qismida, po’stloq osti qismlarida bajariladi.
88
Analizatorlar orqali markaziy nerv sistemasiga keladigan impulslar uning
tonusini saqlab turadi. Agar hayvonda xirurgik yo’l bilan barcha analizatorlar ishdan
chiqarilsa, nerv sistemasining tonusi juda pasayib ketib hayvon doimo uyquda
bo’ladi.
Qabul qilinadigan qitiqlagichlar turiga qarab barcha analizatorlarni bir necha
guruhlarga bo’lish mumkin.
1.
Mexanik (og’riqni sezuvchi,
teri sezgisi, harakat analizatorlari va
boshqalar).
2.
Kimyoviy (tam bilish hid bilish ximoretseptiv)
3.
Yorug’lik (ko’z)
4.
Eshitish (quloq)
5.
Temperatura (issiq, sovuq haroratni sezish)
Barcha analizatorlar retseptorlarining umumiy xususiyatlaridan biri shuki,
ular o’zlari moslashgan qitiqlagichlar ta‘siriga juda sezuvchan bo’ladi. Masalan:
ko’z to’r qavatidagi retseptorlar yorug’lik nuri juda kam energiyaga ega bo’lganda
ham sezadi. Buning asosiy sababi shundaki har bir retseptorda adekvat qitiqlagichga
nisbatan juda sezgir membrana mavjuddir. Analizatorlar qitiqlanish parogi
o’zgarmas miqdor bo’lmasdan, markaziy nerv sistemasining
funksional holatiga
qarab oshib yoki kamayib turishi mumkin. Masalan odam endi uyqudan turgan
vaqtida barcha retseptorlarning sezgirligi juda past bo’lsa, tetiklik paytida juda
yuqori bo’ladi va hakozo.
Analizatorlarning 2-umumiy xususiyati, ular ta‘siriga moslashadigan, ya‘ni
adaptatsiyalanadigan xususiyatga ega bo’ladi. Ba‘zan adaptatsiyalanishi natijasida
analizator qitiqlagichni umuman qabul qilmay qo’yadi. Misol,
hid bilish
analizatorining moslanishini olish mumkin. Xonada uzoq vaqt o’tirish natijasida
odam ba’zi bir hidlarni sezmay qoladi.
Analizatorlar adaptatsiyalanishining fiziologik ahamiyati qabul qilinadigan
qitiqlagichlar kuchini organizm uchun optimallashtirishdir. Biror analizator
retseptoriga ta‘sir etadigan qitiqlagich to’xtalishi bilan retseptorda qo’zg’alish bir
muncha vaqt manfiy yoki musbat iz sifatida saqlanib turadi. Buning muhim biologik
ahamiyati bor. Masalan: ko’zda mana shunday qonuniyat
borligi sababli tez
almashtirilgan kadrlar bir biriga qo’shilib uzluksiz voqeadek bo’lib ko’rinadi (kino
ko’rish).
Barcha analizatorlar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda ishlaydi. Masalan
ovqat og’izga solinganida bir yo’la temperatura, tatil, ta‘m biluvchi, hid biluvchi
analizatorlar ishlab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: