Temperaturani o’lchaydigan birlamchi o’zgartirgichlarni o’rnatish
haqida
Temperaturani o‟lchaydigan birlamchi o‟zgartirgichlar (suyuqlikli shisha
termometrlar,
manometrik
termometrlarning
termoballonlari,
qarshilik
termoo‟zgartirgichlari va termoelektrik termometrlar) stendlarda tekshirilib,
ularning o‟rnatishga yaroqloi ekanligi aniqlangandan keyin o‟rnatish uchun qabul
qilinadi.
O‟zgartirgichlar bevosita o‟rnatish oldidan tashqi ko‟rikdan o‟tkaziladi,
kapillyar va termoballonda shikastlangan joylarningy o‟qligi tekshiriladi; asboblar
to‟plamida termoballonni mahkamlash detallarining borligi aniqlanadi; texnik
hujjatlar (zavodda berilgan pasport va stendda tekshirilganlik bayonnomasi)ning
borligi; kapillyar uzunligining asbob o‟rnatilgan joydan termoballon o‟rnatilgan
joygacha bo‟lgan masofaga mosligi tekshiriladi.
O‟rnatilgan birlamchi o‟zgartirgichlar oqimining o‟rtacha temperaturasini
qabul qilishi, nurlanish yoki issiqldik o‟tkazuvchanlik oqibatida yo‟qotilgan
issiqlik miqdori eng kam bo‟lishi lozim. Buning uchun birlamchi o‟zgartirgichning
sezgir
elementi
(manometrik
termometrning
termoballoni,
qarshilik
termoo‟zgartgichning aktiv qismi, termoelektr termometrning issiqqa kiritiladigan
kavsharlangan uchi) texnologik quvuryo‟ldan oqadigan oqimning markaziga
o‟rnatiladi. Kesim yuzasi har xil bo‟lgan quvuryo‟llarda aktiv qismining va himoya
cho‟ntaklarining uzunligi turlicha bo‟lgan termometrlar ishlatiladi yoki turli
o‟rnatish bo‟rtmalaridan foydalaniladi. Quvuryo‟lning kesimi kichik bo‟lganda
termometrni uning aktiv qismi oqimning markazida joylashadigan qilib o‟rnatish
qiyin. Bu holda termometr oqimga qarshi yo‟naltirilib, quvurning o‟qiga nisbatan
30 yoki 45 burchak hosil qilib o‟rnatiladi yoki quvuryo‟lning oqim ko‟tariladigan
tirsagida joylashtiriladi.
Nazorat qilinadigan muhit temperaturasini to‟g‟ri o‟lchashning asosiy sharti
termometrni surilma qopqoqlardan, jo‟mraklardan va toraytiruvchi qurilmalardan
quvuryo‟lning 20 diamteriga teng masofada, ya‟ni oqim uyurmalanmaydigan yoki
g‟alayonlanmaydigan joyda o‟rnatishdan iborat.
Birlamchi o‟zgartirgich o‟rnatilgan joyda tashqi (aloqasi bo‟lmagan) issiqlik
manbalaridan qo‟shimcha harorat ta‟sir etmasligi lozim. Begona issiqlikdan
saqlanish iloji bo‟lmasa, birlamchi qurilmalar issiq o‟tkazmaydigan vositalar bilan
qoplanadi yoki himoyalovchi ekran o‟rnatiladi. Qarshilik termoo‟zgartgichlarini va
termoeldektr termometrlarni devorlardagi tokchalarda, va havo aylanmaydigan
boshqa joylarda o‟rnatmaslik kerak. Aks holad o‟lchash qurilmasining inersionligi
ortib ketadi.
Birlamchi temperatura o‟zgartirgichlarini mahkamlash va ularning sezgir
elementlarini o‟lchanadigan muhitga kiritish uchun ishlatiladigan eng oddiy
qurilmalar texnologik uskuna va quvuryo‟llarga o‟rnatiladigan bo‟rtmalardan
iborat. Diametri Dn 45 va 57 mm li trubalarga bo‟rtmalarni o‟rnatish uchun
kengaytirgichlar payvandlab ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |