O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti tarix fakultеti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,68 Mb.
#495741
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

Huquqiy mafkura
deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-
risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va 
boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul
qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o’z ichiga 
oladi. 
Huquqiy ypsixologiya
deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari
tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar 
qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir. 
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy 
hal qiluvchi rol o’ynaydi.CHunki huquqiy mafkurajamiyatdagi huquqiy ustqarmaning mavjudligini, 
talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.
Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida 
alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan. 
Huquqiy madaniyat kishilarning huquq to’-risidagi bilimga , qonunga bo’lgan hurmati, huquqiy 
me’yorlarni bajarishi, ularga amal qilmaganda huquqbuzarliklar sodir qilinsa, tegishli jazo choralari 
olishiga aytiladi. 
O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va 
fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. SHuning uchun huquqiy davlatning muhim 
beligsi - bu huquqiy madanyatdir.O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi turli demokratik 
islohotlarni o’tkazishlarni talab qiladi. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
rivojlantirishni talab qiladi.Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. 
Unda kishilar qanchalik madaniyatli bo’lsa, qanchalik huquq normalari va qonunlarni bilsa, yuridik 
adabiyotlarni bilib ularga amal qilsa, shunchalik huquq buzilishi kam bo’ladi. SHuning uchun 
respublikamizda kishilarning huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, Oliy 
Majlisnnig !X sessiyasi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish to’-risida dastur qabul qildi. Bu 
dasturda mamlakat miqyosda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va , huquqiy savodxonligini 
oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, yuridik adabiyotlarni ko’paytirish, xalqning yuridik sohada 
bilimlarini oshirishga katta e’tibor berib, kishilarni huquqiy ongini rivojlantirish masalasi qo’yildi. Bu 
borada O’zbekiston respublikasining hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida huquqiy 
demokratik davlat qurishda, qonunchilikni mustahkamlashda va turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
islohotlar o’tkazish uchun aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va huquqiy madaniyatini rivojlantirish 
muhim rol o’ynadi. SHuning uchun hukumat tomonidan huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqshunos 
kadrlarni tarbiyalash va jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida maxsus farmonlar qabul
qilindi. Bu farmonlarda Respublika miqyosida aholini huquqiy tarbiyalash va huquqiy madaniyatin 
oshirish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri deb belgilandi. SHu Faromnga asosan 
respublika miqyosida huquqiy tar-ibotni amalga oshirish uchun ToshDYUI huzurida huquqiy ma’rifat 
markazi tuzildi. Bu markazning bo’limlari viloyatlar adliya boshqarmalari huzurida tuzildi. Markazning 
vazifalari isfatida mamlakatda huquqiy ta’lim, tarbiya va huquqiy madaniyatga e’tibor berib, aholining 
huquqiy ongini rivojlantirish masalalari qo’yildi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish