2
|
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.........................................................
|
|
3
|
Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari…………......................................
|
|
|
|
|
|
Xulosa............................................................................................................
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................
|
|
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015- yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzalarida ishlab chiqarish korxonalarini ko`paytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka alohida urg`u berildi[1]. Jumladan, 2015-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Ustyurt gaz kimyo kompleksi barpo etildi.Bu hamkorlik natijasida Surg`il koni negizida umumiy qiymati 4 mlrd AQSH dollar bo`lgan yangi yirik quvvat barpo etildi. Ustyurt gaz kimyo majmuasining loyihaviy quvvati yiliga:
- 4.5 mlrd kub metr gazni qayta ishlash;
- 4 mlrd kub metr tovar ko`rinishidagi gaz;
- 387 ming tonna polietilen ;
- 83 ming tonna polipropilen;
- 102 ming tonna piroliz benzini ishlab chiqarishni ko`zda tutadi.Ayni vaqtda mazkur korxona polietilen ishlab chiqarish hajmini 3.1 barobarga ko`paytiradi. Bu majmua O`zbekistonda qurilgan ikkinchi shunday majmua bo`ladi. Yuqorida keltirilgan raqamlar shuni ko'rsatayaptiki, ayni paytda polietilen ishlab chiqarish uchun asosan etilen ishlatiladi.Ma`lumki, dunyoda individual uglevodorodlar ichida ishlatilishi hajmi bo'yicha etilen birinchi o'rinda turadi. Buning sababi etilen asosida katta hajmda va keng ishlatiladigan polimerlar va oddiy organik birikmalar sintez qilinadi. Bular qatoriga polietilen, polivinilxlorid, polistirol va boshqalar kiradi.Etilendan oksidlash orqali etilen oksidi, etilenglikol va bir qancha kerakli bo'lgan organik moddalar sintez qilinadi .Etilen neft va gaz mahsulotlaridagi etanning truba shaklidagi pechlarda pirolizi orqali olinadi. Dunyoda neft qazib chiqarish bo'yicha Saudiya Arabistoni 1-o'rinda turadi. Ya`ni, dunyoda qazib chiqariladigan neftning 25% ini tashkil etadi.Taqqoslash uchun: Iroq-10%, Quvayt-9,4% Eron-9,3%. Hozirgi paytda respublikamiz boy gaz, gaz kondensat va neft zahiralariga ega. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyati respublikada bu soha bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Sho'rtangaz kimyo kompleksi (SHGKK) 2001 yildan boshlab bir yiliga:
- 125 ming tonna polietilen hom ashyosi;
- 102 ming tonna gaz kondensati;
- 142 ming tonna suyultirilgan gaz mahsulotlarini ishlab chiqara boshlaydi.
SHGKK qurilishiga AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari jalb etilib 650 million AQSh dollari miqdorida sarmoya sarflanadi. Bu korhona ishga tushgach nafaqat polietilen granulasi va plyonka, ayni vaqtda eksportbop va raqobatbardosh uy-ro'zg'or buyumlari, gaz va suv quvurlari, tehnik uskunalar kabi halq ho'jalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarini ham o'zimizda tayyorlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Kompleks to'la ishga tushganda 2000 ga yaqin yangi ish o'rinlari ochiladi. Hozirgi vaqtda polietilenni sintez qilish uchun bir necha usullar mavjuddir: yuqori bosimda sintez qilish; past bosimda olish; eritma muhitda sintez qilib chiziqsimon tuzilishga ega bo'lgan polietilen olish va tehnologik usulga qarab olingan polietilen quyidagicha nomlanadi;
kam zichlikka ega;
yuqori zichlikka ega;
o'rta zichlikka ega bo'lgan polietilenlar va chiziqsimon kam zichlikli polietilen deb ataladi. Adabiyotlarda ular quyidagicha belgilanadi (ingliz tilida) LDPE; HDPE; MDPE va LLDPE.
Polimеrlarni qayta ishlash prosеsslarida dеformatsiyalanish va oquvchanlik aloxida o’rin olgan. Polimеrlarni qayta ishlashda kristallanishni, polimеrlarning dielеktrikligini xisobga olish lozim. Shuningdеk, polimеr yuzasida sodir bo’ladigan kimyoviy rеyaksiyalarni, issiqlik o’tkazish xossalarini xam e'tiborga olish kеrak.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va maxsulot sifatini yaxshilash maxsadida plastmasslarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalarni qo’llash, mikroprotsеssorli tеxnikani va sanoat robotlarini kеng qo’llash xozirgi kun talabidir.
Plastmassalarni qayta ishlash usuli bilan olingan buyumlarga yaxshi dеkorativ ishlov bеrish, pardozlash va ularni bozorbop qilish, xamda buyumni qaysi soxada qo’llashni tеxnik-iqtisodiy asoslab bеrish kеrak.
Xar bir polimеrdan qanday buyum yoki maxsulot ishlab chiqarish kеrakligini va shu maxsulotga bo’lgan talabni yaxshi o’rganish lozim. Polimеrlarni plastmassa, rеzina-tеxnik buyumlar, lok-bo’yoq va tolalarga qayta ishlashda xom ashyoni yaxshi tanlab olish va buning uchun o’z navbatida bu polimеrlarning xossalarini, tuzilishini va qayta ishlash jarayonida o’zgarishlarini yaxshi bilish kеrak.
Plastmassa va rеzina-tеxnik buyumlarini ishlab chiqishda chiqindilar xosil bo’lishi mumkin (ayniqsa, rеaktoplastlarda, rеvulkanizatsiyaga uchragan kauchuklarda), bularni yoqish, suvga tashlash yoki yerga ko’mish yaramaydi (masalan, polietilеntеrеftalatdan tayyorlangan idishlarni). Buning uchun xar bir korxona o’zining ekologik tadbirini ishlab chiqishi lozim. Bu tadbirlarda chiqindini kamaytirish, uni qayta ishlash, ifloslangan xavoni tozalash va h.k. lar aks ettirilgan bo’lishi lozim.
Bugungi kunda O’zbеkistonda polimеrlarni qayta ishlash korxonalari va ular ishlab chiqarayotgan maxsulotlar quyida kеltirilgan:
1. Oxangaronlеnplast: PVX, PE lardan linolеum, truba, plyonka, santеxnik buyumlar olayapti.
2. Angrеn rеzina-tеxnika zavodi: kauchuklardan rеzina tayyorlab ulardan kеng istе'mol tovarlari va tеxnika uchun kеrakli bo’lgan buyumlar ishlab chiqarayapti.
3. Jizzax plastmassa zavodi: 1972 yilda ishga tushgan bo’lib, sobiq ittifoqda eng yirik korxonalar qatoriga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |