Nazorat savollari:
Zamonaviy operatsion sistemalarning turlari.
Windows 7 operatsion sistemasi qachon ishlab chiqarilgan?
Windows OT bilan LINUX OT farqi nimada?
Operatsion tizim nima?
7-Amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Linux operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish.
Bu opеratsiontizim 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimia sosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеlgan. Agar biz kompyuterimizga linux operatsion tizimini to’g’ridan- to’gri o’rnatadigan bo’lsak kompyuterimizdagi ba’zi bir narsalar o’chib ketishi mumkin. Shuning uchun biz linux distributivlarini o’rnatish uchun Virtual Boxdan foydalanamiz. Virtual Boxni o’rnatish huddi oddiy bir dastur o’rnatish bilan birxil.
Biz linux operatsion tizimini o’rnatish uchun eng avval VirtalBox dasturiga kiramiz. Keyin <>nibosamiz.
<<имя>> ga ismimizni (Aziz)<<тип>> ga linux ni <<версия>> ga ubuntuni yozamiz. Shundan so’ng <>ni bosamiz.
“объем”ga 512 MБni tanlab <> bosamiz.
Quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu oynadan <<Настроить>> ga kirmiz.
Keyin<<Настроить>>dan<<Система>>ga kirib<<Процессор>>ga qaraymiz. “Включить PAE/NX”belgilangan bo’lishi kerak.
<>ni ISO formatini ko’rsatamiz.
Kompyuterimizning razryadi necha ekanligiga qarab unga mosini ko’rsatamiz.
32 bitli bo’lsa 32 bitli, 64 bit libo’lsa 64 bitli.
Tilni <> tanlab <> ni bosamiz.
<>nibosamiz.
<> ni bosamiz.
Mamlakat (O’zbekiston)ni tanlaymiz va yana<>ni bosamiz.
Kiritish qurilmasi(Keyboard layout)ni tili (English(US))ni tanlab<> ni bosamiz.
<>ga ism (Aziz)ni, <>ga kodni<>ga yana o’sha kodni yozamiz.
Shundan so’ng o’rnatish davom ettiriladi va o’rnatilgunga qadar biroz kutiladi.
<>ni bosamiz.
va nihoyat bu oxirgi jarayon bo’lib tizim o’rnatib bo’linadi va shundan so’ng unga bemalol kirib ishlatishimiz mumkin bo’ladi.
Bu LINUX ning ishchi oynasi.
Xulosa:
Men bu ish davomida linux operatsion tizimini Ubuntu desktop 32 bitlisini o’rnatishni o’rgandim. Endilikda men linux oilasiga kirivchi boshqa (Arch linux, debian, open SUSE, fedora, gento, rat xat) distributivlarini ham o’rnata olaman.
8-Amaliy mashg‘ulot: Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar.
Foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar;
ma’lumotni qayta ishlovchilar;
disk va tezkor xotira qurilmasi о‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bо‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bо‘lib, xar biri о‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muxitida bajaradi. qobiq foydalanuvchiga sifat jixatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir - chikirigacha bilishdan ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga qо‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bо‘yicha xizmat kо‘rsatish kо‘rinishida takdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yо‘l qо‘yadi:
disklarga xizmat kо‘rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat kо‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivni yaratish va yangilash;
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
kompyuterni virusdan ximoya qilish.
Virusga qarshi ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi. Texnik xizmat kо‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy - apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi. Ular quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
Kompyuter va uning ayrim qismlari ishining tо‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning Kompyuterda muayyan lokalizatsiyasi bо‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash.
Axborot tizim xisoblash muxiti diagnostik va nazorat qilishning maxsus dasturlari.
Windows muxiti xizmatchi dasturlari «Pusk» tugmasida joylashgan bо‘lib, «programmi» bо‘limidagi standart dasturlar sirasiga kiradi. Standart dasturlar ichida aloxida «slujebniye» bandida joylashgandir. Ular sirasiga
Vosstanovleniye sistemi
Defragmentatsiya diska
Indikator resursov
Master obslujivaniya
Ochistka diska
Proverka diska
Svedeniya o sisteme
Sistemniy monitor
Tablitsa simvolov amallari kiradi.
«Vosstanovleniye sistemiy» Sistemani tiklash xizmatchi dasturi kompyuterni oldindan belgilangan kun xolatiga qaytarib, shu belgilangan kundan beri qilingan xavfsiz о‘zgartirishlardan voz kechadi. Uni muloqot oynasi quyidagicha.
Diskdagi axborotlar tartibsiz joylashishi bizga ma’lum. Chunki xajmi xar-xil bо‘lgan axborotlarni diskka yozish va uchirish diskda xar-xil joylarida bо‘sh joylarni qolishiga va diskdagi axborotlarni bir qismi bir joyda, qolgani boshqa joyda saqlanishiga olib keladi. Bu esa kompyuter tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu kamchilikni tо‘g‘rilash uchun axborotlarni yaxlit saqlanishiga erishi kerak bо‘ladi. Buning uchun «difragmentatsiya diska» xizmatchi dasturidan foydalanimiz yoki aksincha «moy kompyuter» dasturi oynasida defragmentatsiya qilinishi lozim bо‘lgan diskni ustiga sichqoncha kо‘rsatkichini olib kelib, sichqonchani о‘ng tugmasi bosiladi va chiqqan muloqot oynasidan «svoystva « amalini tanlanadi. Sо‘ng ekranda diskka xos axborotlar bilan birgalikda servis xizmatini bajaruvchi oyna ham nomoyon bо‘ladi. Bu Oynadan «Vipolnit defragmentatsiyu» amalini tanlashimiz mumkin. Yuqoridagi Pusk tugmasi orqali kirish yoki servis bо‘limidan defragmentatsiya qilish bu ahamiyatsiz. Aslida pirovard natija bir xil.
О‘ng tomonda siz defragmentatsiya uchun disk tanlash maydonini kо‘rib turibsiz.
Disk tanlangandan sо‘ng Enter tugmasi bosiladi va shu bilan defragmentatsiya jarayoni boshlanadi. Defragmentatsiya jarayonida boshqa dasturlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Chunki dasturlar ishlaganda disklarda qandaydir yozuvlar о‘zgarishi xosil bо‘ladi. Bu defragmentatsiya ishiga xalaqit beradi. Defragmentatsiya bu fayllar fragmentlari ya’ni bо‘laklarini alohida-alohida emas, balki bir bо‘lak bо‘lib saqlanishiga xizmat qiladi va bu kompyuter ishlashini tezlashtiradi. qо‘yida defragmentatsiya dasturi oynasi misol keltirilgan.
Demak defragmentatsiya alohida-alohida ajralib, disk bо‘ylab sochilib ketgan fayl fragmentlarini qaytadan bir joyga tо‘plab, fayllarga murojaat qilish tezligini oshiradi. Bu bilan u kompyuterni ishlash tezligini ham oshiradi.
«Indikator resursov» dasturi kompyuterda ishlayotgan dasturlarni sistema resurslaridan foydalanishi xaqida ma’lumot berib turadi. Hamma dasturlar qatori uning о‘zi ham, kompyuter ishini yengillatish uchun ushbu resurslarni ma’lum qismidan foydalanadi. «Master obslujivaniya» bu dastur yordamida kompyuter ishini, faoliyatini optimallashtirish mumkin. U yordamida jadval tuzilib, xizmatchi dasturlarni о‘sha jadval bо‘yicha foydalanuvchini ishtirokisiz xizmat kо‘rsatishi ta’minlanadi. Aytaylik, jadval tuzib xar kuni kechqurun soat 1000 dan boshlab diskni defragmentatsiya qilishni xoxlasangiz, marhamat «Master obslujivaniya» dasturiga kiring bu siz uchun juda qulay. Chunki kechqurun komyuteringiz bо‘sh va u о‘z-о‘ziga xizmat qilishi mumkin. Mana «Master obslujivaniya» dasturining ish jarayoni. Jadval bо‘yicha yoqilib keraksiz fayllarni qattiq diskdan о‘chirish, qattiq diskdagi xatolarni tekshirish, doimiy murojaat qilinadigan dasturlarni ishga tushishini tezlatish ya’ni defragmentatsiya amallarini birin ketin ishga tushirib, oldindan belgilangan vazifalarni bajaradi va kompyuterni sozlab, о‘z ishini yakunlaydi. Faqat bir narsani yodda tutish kerakki «Master obslujivaniya» dasturidan foydalanish uchun kompyuterni yoniq qoldirish lozim. «Naznachennо‘ye zadaniya» bu dastur foydalanuvchiga dasturlarni bajarish uchun jadval tuzishga yordam beradi. Bu dasturlar xizmatchi dasturlar yoki boshqa dasturlar bо‘lishi mumkin. Bu «Naznachenniye zadaniya» dasturi yordamida dasturlarni bajarish jadvalini tuzishga kirish. «Daleye» (olg‘a) tugmasi bosilishi bilan ekranda yangi muloqot oynasi ya’ni quyida kо‘rsatilgan rasmdagi oyna-bajarilishi lozim dasturlarni tanlash oynasi namoyon bо‘ladi.
Bu muloqot oynasi yordamida jadval bо‘yicha qaysi dasturni ishlatish kerakligi tanlanadi. Oynada oldindan о‘rnatilgan Windows tizimi yordamchi dasturlari sirasiga kiruvchi dasturlar mavjud. Foydalanuvchi ular orasidan ixtiyoriysini tanlab va keyingi oyna yordamida, ushbu dasturni qachon, qaysi payt bajarish lozimligi kо‘rsatiladi. Shunday qilib tanlangan dastur siz tayinlagan vaqtda ishga tushadi. Aytaylik bu dastur biror-bir antivirusdir yoki boshqa bir hizmatchi dasturdir bu foydalanuvchiga havola.Xizmatchi dasturlardan «Ochistka diska» dasturi bilan tanishamiz. Bu dastur diskda keraksiz fayllar xisobidan bо‘sh joylar hosil qiladi. Demak keraksiz, vaqtinchalik fayllarni о‘chirishda yordam beradi. Nomidan kelib chiqib diskni tozalaydi degan xulosaga kelsak ham bо‘ladi.
Mana bu «Ochistka diska» ya’ni diskni tozalash dasturini boshlang‘ich oynasi. Bu oynada keraksiz fayllarni qaysi diskdan о‘chirirish lozimligini kо‘rsatish kerak bо‘ladi. Xozirda bizda s: diskni tanlangan xolati kо‘rsatilgan. «Temporary Internet Files» papkasi qattiq diskda Web saxifalarini tez kо‘rish uchun saqlaydi. «Temporary Internet Files» uchun sizning о‘rnatilgan holatlar о‘zgartirishsiz qoladi. ''Downloaded Program Files'' papkasida Internetdan bir necha sahifalarni kо‘rish orqali avtomatik qabul qilinuvchi axborotlar, ActiveX elementlari va boshqalar vaqtinchalik saqlanadi.
«Korzina» о‘zida foydalanuvchi о‘chirgan fayllarni saqlaydi. Bu fayllar hali tо‘la о‘chirilgan emas. qachonki «Korzina» tozalangungacha о‘zida ushbu fayllarni о‘zida saqlab turadi. Bir qancha dasturlar vaqtinchalik ma’lumotlarni TEMP papkasida saqlaydi. Dastur ishini yakunlashidan oldin bu ma’lumotlar о‘chiriladi.
Agar bu vaqtinchalik fayllarga xafta oralig‘ida murojaat qilinmagan bо‘lsa, ularni о‘chirish mumkin. «PC Health» kompyuterni doimiy tо‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. U xar qachon о‘rnatilgan faylladan nusxalar olib qо‘yadi. Ushbu parametr keraksiz nusxalarni о‘chiradi. qо‘yida «Ochistka diska» dasturini qо‘shimcha amallari aks etgan oyna keltirilgan. «Komponenti Windows» Windowsni fodalanil- mayotgan komponentlarini о‘chirib qо‘shimcha joy bо‘shatish.«Ustanovlenniye programmi» foydalanilmayotgan dastur larni о‘chirib joy hosil qilish. «Vosstanovleniye sistemy» diskni FAT32 da tasvirlab, aks etdirib bо‘sh joy olishga erishish. Qattiq diskddagi mavjud hatolarni tekshirish uchun «Proverka diska» dasturidan foydalanish.
Diskni tekshirish dasturidan qattiq diskddagi mantiqiy va fizik nosozliklar, hatolarni tekshirishda foydalaniladi. Bu dastur Scandisk dasturidir. Scandisk dasturi tekshirgandan sо‘ng hatoliklar tuzatilishi mumkin. Aslida bu toifadagi dasturlar juda kо‘p. Ulardan eng taniqligi Norton Disk Doctor dasturi bо‘lib uni komyupetrga о‘rnatish uchun maxsus о‘rnatish paketi bо‘lishi lozim. Windows muhitida о‘zining xizmatchi dasturlari sirasiga kiruvchi Scandisk dasturi mavjud. Bu dastur ba’zan foydalanuvchining ixtiyorisiz ishga tushib (kompyuter tarmoqdan notо‘g‘ri о‘chirilgan paytda) nosozliklarni bartaraf etadi.
Eslatma.
Diskni tekshirish uchun, shuningdek Pusk tugmasini bosilib, Programmi, Standartniye va Slujebniye komandalari tanlanib, sо‘ng Proverka diska tanlanadi.
Diskni kompyuter yoqilishi bilan tekshirish.
Pusk tugmasini bosing va Programmi, Standartniye va Slujebniye komandalarini tanlang va sо‘ng Proverka diska dasturi ustida sichqonchani о‘ng tugmasini bosing. Proverka diska dasturi Avtozagruzka papkasiga qо‘shilgan bо‘lsa, u holda dasturgacha bо‘lgan yо‘l boshqacharoq, Programmi, Avtozagruzka, sо‘ng Proverkadiska dasturi ustida sichqonchani о‘ng tugmasini bosing.
Svoystva komandasini tanlang.
Yarlik sahifasidagi Obyekt maydonidagi dastur manzilidan keyin bir yoki bir necha parametrlar kiritilishi mumkin. quyida ushbu parametrlar kо‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |