Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat



Download 16,63 Mb.
bet45/160
Sana20.06.2022
Hajmi16,63 Mb.
#678711
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
Bog'liq
Majmu Kompyuter taminoti 2-semestr uchun

Mashgʻulot rejasi:

  1. Antivirus dasturiy vositalar: DoctorWeb, Kasperskiy, NOD.

  2. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari. Ta’sir etish yo‘llari va ko‘rinishlari.

  3. Viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari.

Kompyuter viruslaridan himolanish uchun axborot himoyasining umumiy vositalari ishlatilishi mumkin, ular iste’molchilarning noto‘g’ri hatti–harakatlari va noto‘g’ri ishlovchi programmalar disklarning jismoniy buzilishlaridan ham sug’urtalar hisoblanadi. Viruslardan zararlanish ehtimolini kamaytirishga yordam kilish profilaktik choralari mavjud. Viruslardan himoyalanish maxsus dasturlarini bir necha turlarga bulish mumkin:

  • DETEKTORLAR - zararlangan fayllarni aniqlash imkonini beradi;

  • DOKTORLAR (SHIFOKORLAR) - zararlangan dasturlarni davolaydi;

  • TAFTISHCHI - dasturlar holatini avval yod olib, dastlabkisi bilan solishtiradi;

  • VAKTSINA-PROGRAMMALARI - dasturlarni modifikatsiya qiladi, bu jarayon dastur ishiga zid ta’sirini ko‘rsatmaydi, vaholanki virus unga qarshi vaktsinatsiya qilinganligini bilmaydi va ushbu dasturlarni zararlangan deb hisoblaydi.

Virusga karshi programmalar haqida umumiy ma’lumotlar:
Aidstest, Dr. Web, Adinf programmalari virusga karshi kompleks tarkibga kirib, u “Dialog–Nauka” firmasi tomonidan almashtirib, yangilab turiladi. Aidtest, Dr. Web - detektor programma hisobalanadi, ular kompyuter xotirasi va fayllarida viruslarni aniklash va yukotish uchun kullaniladi. Ular faqat uziga tanish viruslarnigina aniqlay oladi, shuning uchun ularning matnini uzgartirib turish kerak. Adinf programmasi taftishchi programma hisoblanadi, u fayllar va disklar holatini eslab qoladi, keyingi kiritilishida diskdagi uzgarishlarni foydalanuvchiga ma’lum qiladi.
Aidtest, Dr. Web, Adinf ni birgalikda qo‘llash uchun tegishli imkoniyatlar ko‘zda tutilgan. Masalan: diskdagi fayllarning Adinf taftishchisi bilan tekshirishi mumkin so‘ng Adinf Dr. Web programmalari vositasida fakat yangi uzgartirilgin fayllarni tahlil kilish imkonini beradi. Bu tekshiruv vaktini kamaytiradi. Hozirgi kunda viruslarga karshi «SYMANTEC» korporatsiyasining «WINDOWS AntiVirus» dasturi keng qo‘llanilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri uni WINDOWS operatsion sistemasida ishlashga moslashtirilganligi va qo‘layligi hamda viruslarni ko‘p versiyalarini davolay olishidir. Tekshiruv uchun buyruq fayllar. Kundalik tekshiruvlar. Aidtest, Dr. Web, Adinf programmalari yordamida kompyuter disklari holatini virus bor yo‘qligi, paydo bo‘lishiga tekshirib turish kerak. Buni virdarly. bat fayli yordamida qilish mumkin. virdarly. bat Path komandasida qayd qilingan kataloglardan biriga joylashtirilishi kerak.
Aidstest ko‘rinmas viruslarni aniqlay olmaydi, Adinf programmasi esa ko‘zga
ko‘rinmas virusllarni tuta oladi. Aidstest: гSгG Enter

  • S - sekin ish;

  • G - barcha fayllarni tekshirish;

  • F - zararlangan fayllarni tuGrilash;

  • X - zararlangan fayllarni xotiradan uchiradi;

  • Q - ruxsat surash;

Aidstest va Dr. Web programmalari bilan disk va fayllarni tekshirish. Fayl va disklarni Aidstest va Dr. Web programmalari bilan tekshirishda ekranga xabar va talablar chikariladi. Aidtest programmasi talabiga javoban “V” klavishani bosish kerak, agar javob “xa” bulsa “Y”, agr “yuk” bulsa “N” klavishasi bosiladi. Dr. Web programma suroviga javobning bir necha variantlari bilan tulgan tuGri turtburchak shaklida beriladi. Ekrandagi,  yozuvni klavishalar yordamida tanlash mumkin va Enter ni bosish yoki sichkonchaning chap tugmachasini bosish zarur.
Tekshirish tartibi. Aidstest va Dr. Web programmalari ishga tushirilgach,virus mavjud yoki mavjud emasligi uchun kompyuter operativ xotirasi tekshiriladi. Buyruq satrida har bir ob’ekt tekshiriladi. Agar tekshiruv paytida viruslar aniklansa yoki gumon kilinsa yakuniy hisobotda zararlangan yoki shubha kilingan disk sohalari yoki fayllar tњGrisida axborot beriladi. Bunda Aidstest programmasi zararlangan fayllarni davolash uchun F1 parametrini ishlatish kerakligini xabar kiladi. Dr. Web programmasi hisobotni qizil rangda chiqaradi.
Virus haqida xabarlar. Programma virusi aniklanganda kuyidagi xabarlar chikariladi: xotiradagi virus - kompyuter operativ xotirasidagi rezident viruslarning barcha xillarini aniklash va zararsizlantirishni amalga oshiradi. Bu holda tekshiruv davom etadi, lekin uning yakunida kompyuterni kayta yuklashga taklif beriladi. Bunda “toza” disketa kiritilib, kompyuterni davolashniboshlash zarur.
Tekshiruvda fayl kattaligini aniklash -tekshiruvga ochilishidan oldin tekshiriluvchi fayl kattaligi uzgarmaganligini Dr. Web programmasi aniklaydi. Ulcham uzgarishi sistemada virus borligidan dalolat beradi. Programma ishini tuxtatib, “Yangi” disketa kiritish va kompyuterni davolashni boshlash zarur.
Bunda kuyidagi xabar chikadi:
Disk, virus bilan zararlangan fayl nomi va uni kaysi katalogda joylashganligi, ushbu fayldagi virus nomi. fayl yaratilishining shubhali davri - agar faylda yaratilishining shubxali vakti kayd qilinsa, Dr. Web bu hakda ogohlantirish chikaradi, chunki bunday harakatlar ayrim viruslar uchun xos. Turt koida. Kompyuterga virusyukkanda kuyidagi koidalarga amal kilish lozim.
1. Shoshilmaslik va hato echimlar kilmaslik kerak. Uylanmay kilingan harakatlar ma’lumotlar yukotilib, tiklanishi mumkinligini kuldan boy beribgina kolmay, kompyuterga kayta virus yuktirishga olib keladi.
2. Shunga karamay, ushbu harakatlar zudlik bilan utkazilishi kerak. Agar siz uz kompyuteringizda virus faollashishiga ulgurmasdan uni aniklanganingizga ishonchhosil kilsangiz, u buzGunchilik harakatlarini davom ettirmasligi uchun, kompyuterni uchiring. Bu koidaga roya kilmaslik oGir okibatlarga olib keladi, chunki DOS yuklanganda yoki kompterga zararlangan diskdagi programma ishga tushirilganda virus faollashishi mumkin, faoliyatdagi virus mavjud holda kompyuterni davolash ma’nosiz bo‘ladi, sababi u disk va programmalarning davom etuvchi zararlanishi bilan kechadi.
3. Virusdan davolanish oddiy, lekin ayrim hollarda mushkul. Agar siz kompyuterni
davolash uchun etarlicha bilim va tajribaga ega bulmasangiz, tajribalirok hamkasblardan yordam surang.
4. Kompyuterni virusdan davolash ijodiy jarayon, bu mavzudagi har kanday
tavsiyani maslahat sifatida kabul kilmaslik kerak. Chunki, virus yozuvchilari yangilik uylab topishlari mumkin, bunda virus bilan kurashish buyicha tavsiyalar eskiradi.
Kompyuter virusi — bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, u boshqa dasturlarga qo’shilishi (ya’ni uni zaharlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida virus bo’lgan dastur „zararlangan“ deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus bosh­qa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg’unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayl­lar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo’lar-bo’lmas „axlat“ bilan to’ldiradi va h.k.). Virus o’zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo’lgandan so’ng, u boshqaruvni o’sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko’rsatadi.
Zararkunanda dasturlar va, awalo, viruslar kompyuter sistemasi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Bu xavfni nazarpisand qilmaslik foydalanuvchilar axboroti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Viruslar xavfini haddan tashqari oshirib yuborish ham kompyuter sistemalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Viruslar ta’siri mexanizmini, ular bilan kurashish metodlarini bilish viruslarga qarshi samarali kurashishni tashkil etishga, ular ta’siri natijasida zararlanish ehtimolini va yo‘qotishlarni eng kam miqdorga keltirishga imkon beradi.
«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik
viruslarga tegishli o‘lchamlaming kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Hozirda dunyoda faqat ro'yxatga olingan 40 mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud. Zamonaviy zararkunanda dasturlarning aksariyati o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli, ular ham kompyuter viruslariga taalluqli deb hisoblanadi. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin:
— yashash muhiti bo‘yicha;
— yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha;
— zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha;
— ishlash algoritmi bo'yicha.
Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilaiga bo'linadi:
— tarmoq viruslari;
— fayl viruslari;
— yuklama viruslar;
— kombinatsiyalangan viruslar.
Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllardajoylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin.
Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari:
— rezident;
— rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.

Download 16,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish