Simvollarni formatlash. Matn muharrirlarida ishlatiladigan shriftlarning turlari ko‘p. Ular shrift garnituralari deb ataladi va har bir garnituraning nomi bor.
Page maker dasturida simvollarni formatlash vaqtida shrift garniturasining nomini, shriftning kattaligi - keglni, satrlar orasidagi masofa – interlinyajni va simvollarning yozilishi turlarini, simvollar kengligini o‘rnatish va simvollar orasidagi masofani kerning va treking yordamida o‘zgartirishimiz mumkin.
Abzatslarni formatlash. Abzatsni formatlash atributlarini o‘rnatish uchun Paragraph Specification (Abzats parametrlari) muloqot oynasidan foydalanamiz. Muloqot oynasini ochish uchun Type (Tekst) menyusining Paragraph (Abzats) buyru`ini ishga tushiramiz yoki Ctrl-M tugmalar kombinatsiyasidan foydalanamiz.
Menyu yordamida abzatsni formatlash uchun Type(Tekst) menyusining Alignment(Vыklyuchka) qism menyusidan foydalanamiz.
Type menyusining Alignment qism menyusi.
Boshqaruvchi palitra yordamida abzatsni formatlash eng tez usul hisoblanadi. Abzatsni formatlash tugmalari abzats oxiri belgisi bor tugmadan o‘ngda joylashgandir. Abzatsni formatlash vaqtida abzats chegaralarini o‘rnatishimiz va o‘zgartirishimiz, abzats stilini o‘zgartirishimiz, abzatsning birinchi satr surilishi (otstup)ni belgilashimiz va sanab o‘tiluvchi ro‘yxatlarni formatlashimiz mumkin.
Abzats rejimidagi boshqaruvchi palitra.
Page Maker vositalari yordamida rasm chizish.
To‘g‘ri chiziq va geometrik figuralarni chizish.
Page Maker dasturida biror shakl chizish uchun asboblar panelidan kerakli asbobni tanlash kifoya.
Bu asboblarni tanlash uchun quyidagi tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
asbob
|
tugmalar kombinatsiyasi
|
ellips
|
SHIFT-F3
|
to‘g‘ri to‘rtburchak
|
SHIFT-F4
|
to‘g‘ri chiziq
|
SHIFT-F5
|
perpendikulyar
|
SHIFT-F6
|
ko‘pburchak
|
SHIFT-F7
|
To‘g‘ri to‘rtburchak va ellips chizish vaqtida Shift tugmasi bosib turilsa, kvadrat va aylana chiziladi.
To‘g‘ri to‘rtburchak chizilganda, uning burchaklarini yumaloqlash mumkin. Buning uchun Element (Element) menyusining Rounded Corners (Yumaloqlangan burchaklar) buyrug‘idan foydalanamiz.
Yumaloqlangan burchaklar muloqot oynasi.
|
Ko‘pburchak muloqot oynasi.
|
|
|
Ko‘pburchak chizish uchun uning tomonlari soni va burchaklarining chuqurligini protsentlarda ko‘rsatish kerak. Buning uchun Element (Element) menyusining Polygon Setting (Ko‘pburchak) buyrug‘ini tanlash vaqtida ochiladigan muloqot oynasidan foydalanamiz. Ko‘pburchak tomonlarining soni 3 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin.
Chizilgan ob’ektning joyini yoki o‘lchamini o‘zgartirish uchun «Strelka» asbobidan foydalanamiz. Agar ob’ektni ko‘chirish vaqtida Shift tugmasini bosib tursak, ob’ekt faqat gorizontaliga yoki vertikaliga suriladi. Ob’ektning o‘lchamini o‘zgartirish uchun uni chegaralab turgan ramkaning burchaklarida va tomonlarining o‘rtasida joylashgan chegaralovchi nuqtalardan foydalanamiz. Tomonlar o‘rtasidagi chegaralovchi nuqtalarni surib, ob’ektning balandligi yoki kengligini o‘zgartiramiz. Burchaklardagi chegaralovchi nuqtalarni surib, bir vaqtda uning kengligi va balandligini o‘zgartiramiz. Chegaralovchi nuqtalarda sichqoncha ko‘rsatkichi ikki tomonlama strelka ko‘rinishini oladi.
Chiziqning qalinligi 0 dan 800 punktgacha beriladi. Chiziqlarning bir necha xil tiplari bor: uzluksiz, shtrixli, punktir va h.k. Chiziqning qalinligi va tipini o‘zgartirish uchun menyusining Line (Chiziq) buyrug‘idan foydalanamiz.
To‘g‘ri chiziq tiplari
Biror geometrik shaklning ichini to‘ldirish (bezash) uchun Element (element) menyusining buyrug‘idan foydalanamiz. Fill (fon) buyrug‘ining qism menyusida shakl ichini to‘ldirish uchun shtrixlashning bir necha xil ko‘rinishlari berilgan.
Sahifaga tayyor grafik shakl joylashtirish uchun File (fayl) menyusining buyrug‘idan foydalanamiz. Ochilgan muloqot oynasidan kerakli grafik fayl nomini tanlaymiz. Agar sahifadagi rasmni boshqasiga almashtirmoqchi bo‘lsak,avval rasmni ajratib olish kerak, undan so‘ng Place (joylashtirish) muloqot oynasini ochib, yangi rasmli faylni tanlash kerak.
Sahifadagi rasmni tahrirlash uchun, avval rasm ajratiladi va Edit (tahrirlash) menyusining Edit Original (originalni tahrirlash) buyrug‘idan foydalaniladi. Ekranda rasm qaysi dasturda tayyorlangan bo‘lsa, shu dastur oynasida paydo bo‘ladi. Rasmga kerakli o‘zgartirishlarni kiritib, xotirada saqlanadi va dastur oynasi yopiladi. Page Maker sahifasida rasmning eski nusxasi o‘rnida o‘zgartirilgan ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |