“Yaxshi fazilatlar mutolaadandir”
sarlavhali materialda
birlamchi targ‘ibot sarlavhaning o‘zida, shuningdek maqola matnida ham faktlar
orqali gazetxonga axborot uzatilmoqda:
“Joriy yilning o‘tgan davrida 135
nomga yaqin kitob nashriyotimizda chop etilgan bo‘lsa, ularning 80 ga yaqini
bolalar uchun mo‘ljallangan” (“Yoshlar ovozi” 2017 yil 77-son).
54
Bundan tashqari, siyosiy yo‘nalishdagi gazetalar doimo operativ ravishda
ish ko‘rib, dolzarb va davlat ahamiyatiga doir muhim masalalarni xozirjavoblik
bilan juda tez yoritib boradi va har doim bugungi kunga bo‘ysunadi.
Hodisalarga yondoshish funksiyasi, ta’sir qilish vositalari jihatidan siyosiy
gazetalarning yana bir xususiyati ular uslub nuqtai nazaridan badiiy adabiyot
bilan o‘zaro yaqinlashadi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi voqelikni obrazli
suratda aks ettirish va kitobxonga estetik ta’sir etishdan iboratdir. Gazeta ham
voqelikni aks ettirib, kundalik voqeadan gazetxonni xabardor qiladi. Lekin
siyosiy gazeta voqealarni badiiy tarzda emas, ko‘proq rasmiy siyosiy tusdagi
uslub orqali kundalik nutqimiz yordamida ifodalaydi. Bu, albatta, gazetada
badiiy uslubga oid elementlar yo‘q degan so‘z emas. Gazetada bosiladigan
she’riy va nasriy asarlar, badiiy tarjimalar, ijtimoiy-siyosiy shiorlar, mashxur
arboblarning fikrlari va davlat idoralarining tematik epigraflari, turli dramatik
asarlardan parchalar gazetada badiiy uslub mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan.
“Kitoblarni yoqishdan ham dahshatli jinoyatlar bor. Shulardan biri – ularni
o‘qimaslikdir”, degan edi buyuklardan biri” (“Yoshlar ovozi” 2017 yil 72-son)
Shu bilan birga, feleton, tanqidiy-tahliliy lavha, ocherk, reportaj kabi jiddiy
publitsistik materiallarda va boshqa turli xil matnlarda badiiy uslubga xos
bo‘lgan o‘xshatish, sifatlash, metafora, mubolag‘a, kesatish kabi elementlar,
shuningdek, dialoglar uchraydi. Bular badiiy uslub elementlarining siyoisiy
mavzudagi gazetalarda ancha salmoqli o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Publitsistik uslub mustaqil uslub. Garchi u ijtimoiy-siyosiy uslub, gazeta
uslubi, gazetaviy-siyosiy uslub, gazeta-publitsistik uslub, publitsistik uslub kabi
nomlar bilan turlicha atalsa-da, mustaqil publitsistik uslubdir. U qaysi nom bilan
atalmasin, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan siyosiy jarayonlar bilan bog‘liqdir.
Siyosiy gazetalardagi materiallar uslubida ham, badiiy adabiyotdagi
matnlar uslubida ham muallif shaxsi hal kiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo, bularda
muallif shaxsi ishtiroki har xil darajada bo‘ladi. Badiiy tasvirda muallif
ko‘pincha qochishga, chiqib ketishga harakat qiladi. Ba’zan u qahramon
obrazida yashirinadi. Siyosiy materialda xususan, maqola va murojaatnomalarda
55
esa muallif shaxsi saqlanadi va umumlashadi. Muallif tomonidan ob’ektiv va
betaraf tarzda fikr ifodalanadi yoki nashr xususiyatidan kelib chiqib davlat
siyosatiga oid jarayonlar va rasmiy-idoraviy hujjatlar aynan keltiriladi.
Publitsistik tasvirda sub’ektivlik elementi badiiy uslubdagiga nisbatan ko‘proq,
yuqoriroq darajada bo‘ladi. Bu uslubda muallif o‘z fikrlarini ifodalaydi, ochiq
ijtimoiy va asoslangan baho berishni ko‘chaytiradi. Shuning uchun ham siyosiy
nashr materiallar nutqning bosh prinsipi uning ochiqligidir. Bunda muallif
shaxsi bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinadi. Ijtimoiy-siyosiy uslubdagi nutqda
muallif shaxsining ochiq-oydin namoyon bo‘lishini quyidagidek misollarda aniq
ko‘zga tashlanadi:
“Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqlari”,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida
Do'stlaringiz bilan baham: |