O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Takrorlash uchun savollar 
1.
Muomala odobining axloqiy asosi nimada? 
2.
Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o‘rtasidagi farqni izohlang. 
3.
Bugungi kun yoshlarining axloqiy dunyoqarashiga xos qadriyatlarni 
tushuntiring. 
4.
Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni ko‘rsating. 
5.
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda qanday namoyon boladi? 
6.
«Ommaviy madaniyat»ning g‘ayriaxloqiy ko‘rinishlari haqida gapiring. 


370 
16-MAVZU.
ESTETIKA: GO’ZALLIK FALSAFASI PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
Estetika suzi yunoncha «estezikos» suzidan olingan bo’lib «sezish», «xis qilish 
kobiliyati» ma’nosini bildiradi. Bu fan insonning vokelikka estetik munosabatlari va 
insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun-koidalari zdidagi fandir. Shu boisdan bu 
fan «go’zallik falsafasi» deb ta’riflab kelingan. Birok xozirgi davrda bunday ta’rif 
yetarli emas, chunki endilikda go’zallik estetikaning tushunchalaridan biriga aylanib 
kolgandir. Estetika suzini ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta olmon faylasufi 
Aleksavdr Baumgarten (1714—1762 yillar) «Poetik asarning ba’zi bir masalalari 
tugrisida falsafiy muloxazalar» kitobida iste’molga kiritgan. Birok bu bilan
Baumgartenni estetika fani asoschisi deb bulmaydi, chunki estetika nazariyalari 
qadim zamonlardayok falsafa fani doirasida o’rganilgan. 
Dastlabki estetik ta’limotlar kuldorlik jamiyati davrida — Shark mamlakatlari 
(Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy, Eron va Turon) da vujudga kelib, qadimgi Yuno-
nistonda, ayniksa 
Platoy,
Arastu, Sukrot asarlarsda, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, 
Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida rivojlantirildi» XVIII asrning ikkinchi 
yarmidan esa mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. 
Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosatshunoslik) esa 
«Ilmi badi’a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan. Arastudan tortib Imom G‘azzoliygacha, 
hazrat Alisher Navoiydan tortib Aleksandr Baumgartengacha, Deni Didrodan olmon 
faylasufi Hegelgacha barchasi etika va estetika fanlari falsafa fanining uzviy qismi 
bo‘lgan mafkuraviy va nazariy fanlardir, deb qaraganlar. 
Tilimizda «go‘zal», «chiroyli» degan so‘zlar bor. Chiroyli narsa ko‘z bilan 
ko‘riladi. Go‘zallik ham ko‘z bilan ko‘riladi, ham dil bilan his qilinadi, ong bilan 
idrok etiladi. 
Nafosat olamini o‘rganish, tadqiq va tahlil etish, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borish, uning mohiyatini odamlarga anglatish, o‘qitish kabi maxsus vazifani 
estetika fani bajaradi. 
Estetika falsafiy fandir. Falsafa — tafakkur gulshani, ma’naviyat bog‘i. Falsafa 
fani — haq yo‘lga o‘rgatuvchi ta’limot, dunyoqarashni shakllantiruvchi, odam va 


371 
olamni bilish ilmidir. Falsafiy fanlar — Etika (axloqshunoslik) vijdoniylikni, pok, 
halol bo‘lishni o‘rgatsa, Estetika (nafosatshunoslik) esa go‘zallik haqida bilim 
beruvchi fandir. 
Estetika suzi kupincha narsa va xodisalarning rang-tusi va shaklidagi 
mukammallik, mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida xam 
kullaniladi. Moviy osmon, kuyosh botishidagi kirmizi shafak manzarasi, 
yangi ochilgan gulning tarovati, oxu komatining uta go’zalligi, tovus 
patlarning nozik jilvasi, sarv daraxtining adl-ligi, kamalakning rangin 
tovlanishi va boshqalarni bunga misol tariqasida keltirish mumkin, chunki 
bularningammasi kishiga zavk-shavk bagishlaydi. Mazkur tushuncha 
kishilarning yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutki, did bilan kiyinipshni xam 
anglatadi. 
Xush, estetika (bu suz ba’zan nafosat tushunchasi bilan baravar
ishlatiladi). san’atda kaysi ma’nolarda kullaniladi? Vokelikdagi tabiatan 
nozik narsalar va xodisalar in’ikosi — badiiy adabiyotda nazm, tasviriy 
san’atda — manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorkin dalildir. 
Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan kati nazar, nixoyatda nozik 
ifoda usullari kullanilishi, ifoda usulining bagoyat nafisligi — naksh, rake, 
oxang va boshqalar dikkatga sazovordir. Nafosat atamasi bevosita va 
bilvosita estetika atamasi urnini bosa oladi. Kupchilik estetika atamasiga 
urgangani uchun nafosat atamasini chukur xis qilolmaydi. 
Estetika fan sifatida voqelikning go’zallik asosida in’ikos etishini, 
inson amaliy faoliyatining xamma soxalarida go’zallik va xunuklik 
tuygularini, ayniksa, badiiy ijodning umumiy qonunlarini urganadi. Viz 
vokelikdagi 
go’zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. Estetik 
karashlarimiz, tasavvurlarimiz, baxolarimiz nisbiy bo’lib, ularni xolis 
baxolash estetikaning vazifasidir. 
Mazkur fanning asosiy tushunchasi — go’zallik zoxiriy va botiniy 
ma’noga ega. Voqea-xodisa, buyum zoxiran go’zal, botinan xunuk bulsa, bu 
yerda go’zallik tushunchasi kemtikdir. Oltin zirak tashki jixatdan go’zal 


372 
bulsa, uning oltin sifatidagi ichki moxiyati xaqiqiy kimmatga egadir. Bu 
chin ma’nodagi go’zallikdir. Shu bois donishmandlar tashki va ichki 
go’zallik mutanosibligita aloxida axamiyat berganlar. 
Insonning chexrasi, komatidagi go’zallik ma’lum kimmatga ega bulsa-
da, bu xali tula ma’nodagi go’zallik emas. Qachonki inson tashki kiyofasi 
bilan birga, uning botiniy olami — xulki, fe’l-atvori, mexnatsevarligi, 
ezgulikka intilishi va boshqa jixatlari go’zallik xislatlari bilan muvofik 
bulsa, ular mukammal go’zallik sifatini ola-dilar. E’tibor bergan bulsangiz, 
ayrim donishmandlar tashki go’zallikni shunchaki shakl deb karab, kuprok 
ichki go’zallikka — ma’naviy olam mukammalligiga e’tibor beradilar. Inson 
faqat tashki go’zalligi bilan maktalmasligi kerak. xolbuki tashki go’zallikka 
ega kishilar botinan go’zal bulmasalar, ularning siyratida manmanlik, 
xudbinlik, kibr-xavo, sharm-xayosizlik kabi kusurlar joy olgan bulishi 
mumkin. Go’zallikka intilish tabiiy extiyojdir. Bu extiyoj tarbiya vositasida 
namoyon buladi. Go’zallik kurshovida yashagan inson bilan xunuklik 
muxitida usgan odam urtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni 
ma’naviy jixatdan kamolatga yetaklaydi, estetik xis-tuyguni taraqqiy 
ettiradi. Estetik xis-tuygu insonni kurshab turgaо‘ muxitdagi ruxiy tuygu 
paydo kiyauvchi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, 
fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baxolash kobiliyatidir. 
Estetik extiyoj — ezgulikka, go’zallikka intilshidir. Bu extiyoj mexnat, 
san’at, axloqiy munosabatlardagi go’zallikni takozo etadi. Insonning jamiki 
faoliyat qirralari borliqqa estetik munosabati orqali namoyon buladi. 
Estetika uz mohiyatiga ko’ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan farq 
qiluvchi uziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda utmish madaniy 
merosi, xozirgi kun tajribasi, kelajak bashoratlari uygunlashgan xolda na-
moyon buladi, fan voqea-xodisalarning qonuniyatlarini vokelikka muvofik 
keladigan tushunchalar va koidalar orkali ochib bersa, estetika voqea-
xodisalarni xayol, tukima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar 
xam uz tuzilishiga kura bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, 


373 
xaykaltaroshlik, teatr, badiiy adabiyot, kino san’atida voqea-xodisalar 
bevosita 
tasvirlanadi: 
musika, 
raks, 
amaliy-kurgazmali 
san’at, 
me’morchilikda san’atkorning voqea-xodisalar va narsalardan tugilgan 
goyaviy-xissiy xolati ifodalanadi. Bu jixatdan estetika san’atga yaqin turadi. 
Insoniyat taraqqiyotida umumbashariy tuygularni gavdalantirgan san’at 
asarlari xalqchil bo’lib, xalq orzu-armonlariga mos kelgan. San’atda 
obrazlar milliy fe’l-atvor, til, an’analar, dunyoqarash, san’atkorning 
vokelikka munosabati va boshqa mezonlardan kelib chiqib yaratiladi. 
Xozirgi paytda san’atdagi ijodkorlik rang tasvir, badiiy suz, musyka 
soxalaridan tashqari, xalq amaliy-xunarmandchilik, xavaskorlik ijodiyoti
faoliyati kurishda xam davom etmoqda. San’atdagi ijodiy faoliyat darajasi 
san’atkorning (musavvir, me’mor, shoir, yozuvchi, bastakor, kushikchi, 
sozanda, artist va xokazo) iktidori, iste’dodi, san’at turi, janri bilan bog’liq 
bo’lib, bu mezonlar xar bir yaratilgan san’at asarining ruxiy-tarbiyaviy 
axamiyatini xam belgilaydi. 
San’at asarining yaratilishidagi ijodiy jarayon ikki boskichda kechadi. 
Avvalo vokelikdagi xodisalarni xissiy obrazlar vositasida ifodalash uchun 
extiyoj — biror maksad paydo buladi, ijodkor ongida fikrlar va goyalar 
shakllanadi. Ijod jarayonining ikkinchi bosqichida esa ana shu extiyoj — 
maksad asosida bevosita asar yaratiladi — fikr va goyalar obrazlarga 
kuchadi. San’at asari badiiyligining zarur sharti univt shakl va mazmun bir-
ligidir. San’atda xamisha go’zal shakl mazmun bilan, go’zal mazmun go’zal 
shakl bilan bir butunlikni tashkil etadi. 
San’at ibrat xissi — ruxiy tarbiya quroli bo’lib, uning vositasida 
voqelikdagi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, fojialilik 
va kulgililikni anglaymiz. Shunday san’at insonda kuvonch va kulgi, yigi va 
kaygu, nafrat va gazab kuzgaydi, inson faoliyatining muxim turi sifatida 
odamlarni nafosat va go’zallik ruxida tarbiyalaydi, vokelikka estetik 
munosabat esa san’atkorlar yaratgan asarlarda, mexnatda, turmushda, 
axloqiy munosabatlarda aks etib, badiiy asoslarda ifodalanadi. 


374 
Go’zallik behisob shakl va kurinishlarga ega. Go’zallik barcha 
narsalarda, xodisalarda namoyon buladi. 
Avvalo,
u kuvonch va shodlik his-
tuygusidir. Biz tabiat-dagi, mexnatdagi, odamlar axloqidagi go’zalliklarni 
begaraz sevamiz. Sevgan, orzu kilgan odamni, narsani kurganda kanday 
xursand bulsak, gо‘zallikni kо‘rganda xam shunday quvonamiz. 
Go’zallik san’atda aloxida kimmatta ega. San’at inson munosabatlari 
go’zalligini — fidoyilik, olijanoblik, ezgulik, yaxshilik, adolat, jasorat, 
vatanparvarlik kabi tushuncha shaklidagi xolatlarni badiiy ifodalash orkali 
aks ettiradi. Ayni maxalda san’at ijtimoiy yovuzliklarni, razillik va 
munofiklik, pastkashlik va riyo, tubanlik va yoltonchilik kabi xunuk 
xodisalar vositasida xam insonning tuygulariga ta’sir etib, uni tarbiyalaydi. 
San’atda go’zallik, kupincha fojia, ulurvorlik, kulgi orkali karor topali. 
Fojiaviylik, ulugvorlik va kulgililik tushunchalari san’atda aloxida 
kimmatga ega. 
San’at asarining yaratilishidagi ijodiy jarayon ikki bosqichda kechadi. 
Avvalo vokelikdagi xodisalarni xissiy obrazlar vositasida ifodalash uchun 
extiyoj — biror maqsad paydo buladi, ijodkor ongida fikrlar va goyalar 
shakllanadi. Ijod jarayonining ikkinchi boskichida esa ana shu extiyoj — 
maqsad asosida bevosita asar yaratiladi — fikr va goyalar obrazlarga 
kuchadi. San’at asari badiiyligining zarur sharti uning shakl va mazmun bir-
litidir. San’atda xamisha go’zal shakl mazmun bilan, go’zal mazmun go’zal 
shakl bilan bir butunlikni tashkil etadi. 
San’at ibrat xissi — ruxiy tarbiya quroli bo’lib, uning vositasida 
voqelikdagi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, fojialilik 
va kulgililikni anglaymiz. Shunday san’at insonda kuvonch va kulgi, yig’i 
va kaygu, nafrat va g’azab quzgaydi, inson faoliyatining muxim turi sifatida 
odamlarni nafosat va go’zallik ruzrida tarbiyalaydi, vokelikka estetik 
munosabat esa san’atkorlar yaratgan asarlarda, mexnatda, tur-mushda, 
axloqiy munosabatlarda aks etib, badiiy asoslarda ifodalanadi. 


375 
Go’zallik bexisob shakl va kurinishlarga ega. Go’zallik barcha 
narsalarda, xodisalarda namoyon buladi. Avvalo, u quvonch va shodlik xis-
tuygusidir. Biz tabiatdagi, mexnatdagi, odamlar axloqidagi go’zalliklarni 
begaraz sevamiz. Sevgan, orzu qilgan odamni, narsani kurganda kanday 
xursand bulsak, go’zallikni ko’rganda xam shunday quvonamiz. 
Olamdagi maxlukotlar orasida aql-idrok soxibi bulgai Odamga 
yoruglikni koronrulikdan (kunni tuidan), ranglarni (okni koradan) farqlay 
olish, kulgili va fo-jiali xolatlarni mushoxada etish, kuyingki, nafosat, 
go’zallik, ezgulik, ulugvordik, olijanoblik olamiga in-tilish bilan birga 
xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, joxillik, pastkashlik kabi illatlarga qarshi 
kurash olib borish qobiliyati in’om etilgan. Inson shu qobiliyati tufayli 
uzligini anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning uziga, uzi 
yashayotgan turmush muxitiga xavodek zarur bulgan go’zallik, nafosat 
dunyosini yaratishdagi mashakatli mexnati tufayli shu kadar ulugvor 
axamiyatga molik bulgan ma’naviy boyliklar vujudga keldiki, ularga xayrat 
bilan boqib, insonning aql-nafosat kudratiga taxsinlar aytamiz. 
Nafosat va go’zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, ran-gorang, jozibali, 
extirosli, mo’jizali, sexrli, unda moddiy go’zallik bilan ma’naviy go’zallik 
uygun xolda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga 
intilishi atrof-vokelikni anglaigga intilshpi bilan chambarchas bog’liqdir. 
Inson moddiy go’zallik dunyosini bunyod etish jarayonida ma’naviy 
go’zalliklarni xam kashf eta borgan, ya’ni nafosat olamining yaratilishi 
jarayoni uni anglash, mushoxada etish jarayoni bilan uygunlikda sodir 
bulgan. 
Nafosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni anglash, idrok etish
uzlashtirish maqsadi, ya’ni nafosat olamini tadkqiq va taxlil etish zaruriyati 
paydo buldi. Ayni maxalda bu zaruriyat nafosat (estetika) soxasidagi bilim 
va tajribalarni tuplashga imkon yaratdi. Nafosat olamini urganish, tadkik va 
taxlil etish zaruriyatini vokelikka aylantirish, mazkur soxada ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borigp, uning moxiyatini odamlarga anglatish, uqitish kabi 


376 
maxsus vazifalarni estetika fani va o’quv darsi bajaradi. 
Aslini olganda estetika fani va o’quv darsi falsafiy bilimlar majmuida 
uziga xos, aloxida axamiyatga molik bo’lib, u bir tomondan insonnint atrof-
muxit, vokelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi sshamni 
yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. 
Estetikaning fan, keyinchalik esa o’quv darsi sifatida shakllanish 
jarayonlarida uni bir qator mustaqil bilim soxalariga bo’lib yuborishlar, 
ya’ni eststikani «estetik kad-riyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish 
nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» soxalariga ajratib urganish 
xamda ukitish maksadga muvofik deb ko’rsatilgan edi. 
Insonning estetik faolligi badiiy faoliyati bilan, aksincha, uning badiiy 
faoliyati estetik faolligi bilan bab-barobar degan aqida tarixiy taraqqiyot 
tajribasida uzini oklamadi. Aslida bu ikky nisbiy mustaqil makomga ega 
bulgan inson faoliyati soxalari uzaro shu kadar chirmashib ketganki, ularni 
bir-birisiz tasavvur qilib bulmaydi. 
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qadriyatlari 
munosabatlari tizimidagi estetik xu-susiyatlar (go’zallik va xunuklik, 
ulugvorlik va pastkashlik, fojialilik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon 
buladi. Insonning estetik faolligi sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar 
bilan estetik baxolash kobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot 
urtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha soxalaridagi badiiy va 
estetik uzaro bog’liqlik mezonlari bilan o’lchanadi. 
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bulgan inson badiiy faoliyati 
jarayonlarining boshlanishidan to oxirigacha yaxlit birlikda mushoxada etib 
urganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimli va amal qilish 
xususiyatlarini anglab, badiiy ijod, uning samarasi bulgan san’at asarlari 
bvlan ularni odamlar idrok kiligshining uzviy bog’liqligini ilgab olish, 
badiiy faoliyat anik shakllari (turlari, kurinishlari, uslublari)ni yaratuvchi 
qonunlarni o’rganish jamiyat badiiy taraqqiyoti xususiyatlarini, san’at 


377 
ravnakining istiqbollarini kura bilish qobiliyatining vujudga keloyashi 
jarayonlarini tankid etish estetika fanining eng muxim mavzusi xisoblanadi. 
Estetika fani xech vakt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok 
etish qonuniyatlarini o’rganish bilan chegaralanib kolmay, u tadkik va taxlil 
ishlarini istikbol maksad-manfaatlariga yunaltirib turgan. Estetikaning 
istikbolga malxallanganligi shu bilan izoxlanadiki, u vokelikni nafosat 
nuktai nazaridan baxolahsa, badiiy mezon ulchovlarini ilmiy jixatdan ishlab 
chikib, amaliy faoliyatga tatbik etihda ifodasini topadi. 
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani 
sari uning ijtimoiy-ruxiy, mafkuraviy-goyaviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari 
xam tobora tiniklashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maksad-
manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik 
madaniyat va badiiy amaliyot asos-larini urganish, taxlil qilish bilan 
boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi, vokelikni 
estetik in’ikos etish jarayonlarini ko’rsatib beradi. 
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bulgan «estetik munosabatlar», 
«borliqni estetik o’zlashtirish», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik 
faoliyat», kabi o’zaro yaqin, ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular 
orasidagi «borliqni estetik o’zlashtirish» tushunchasi qolgan «estetik 
munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» 
tushunchalarini xam qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat 
tomonidan borligini estetik o’zlashtirish moxiyati va qonuniyatlarini 
o’rganadi desak to’g’riroq bo’ladi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa 
san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning 
asosiy-uslubiy metodologik zamini bо‘lib xizmat qiladi. 
Estetikaning borlikni estetik о‘zlashtirish moxiyati va qonuniyatlari 
xakidagi fan sifatidagi о‘ziga kos bir qator fazilatlari xam bor. Estetika fani 
inson tevarak-atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini 
kamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabxalaridagi nafosat olamini 
san’at barcha turlari vositasida chukur urganishga da’vat etadi. San’at esa 


378 
estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jixatdan taxlil va 
tadkik etshp barobarida esa estetik faoliyatiing barcha kurinishlariga ilmiy 
jixatdan yondashish uchun zamin yaratiladi. Shu bois san’at va badiiy 
ijodning tabiati va moxiyatini urganish, qonuniyatlarini uzlashtirish 
go’zallik — nafosat (estetika) ning barcha sifat darajalarini urganish uchun 
kalit vazifasini utaydi. Bu jabxalarga san’atning
 
umumiy nazariyasi 
(san’atning tabiati, moxiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak 
qonunlarini aniklash), estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid 
tadqiqotlar (mavzui, ilmiy makomi, burch vazifalari, usul-uslublarining 
uzaro munosabati masalalari)» moddiy boyliklar yaratish estetikasi (mexnat 
qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va maxsulida estetik 
jixatlar masalalari), muxandislik-loyixachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot 
ishlari soxasida estetik jixatlar, tabyat estetikasi (tabiatta munosabat 
masalasida uziga xosliklarni aniklash va tabiatdan foydalanishga oid estetik 
omillar), insoniy munosabatlar estetikasi, kundalik turmush va odob 
estetikasi kabi bir qancha soxalarni kiritish maqsalga muvofiqdir. Xozir 
jaxon estetika fanida bu jabxalarning xar biri estetika tarkibiga kiruvchi 
mustaqil maxsus o’quv kurslari darajasiga ko’tarilgan. Estetika fani esa
maxsus o’quv kurslarining uslubiy-metodologik asosini tashkil etadi. 
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida uziga xos urin egallaydi. U, eng 
avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur 
nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, vokelikni estetik va badiiy 
uzlashtirish jarayonlarini urganipha xolislik, tarixiy yondashish, bilish 
jarayonida amaliy tajribaning axamiyati kabi uslubiy asosni qullash ijobiy 
samaralarga olib kelishi mumkin. 
Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, vokelikni badiiy-
ramziy ifodalash bilan ilmiy tadkik etish urtasidagi uzaro aloqadorlik va 
uzaro farqlar, vokelikni badiiy vositalar orkali tasvirlashning ijodiy tabiati, 
san’at asarlaridagi shartlilik va badiiy xaqiqat kabi estetika fanining juda 


379 
kо‘p nazariy xamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob 
izlab topish mumkin. 
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari — ijtimoiy ongning nisbiy 
mustaqilligi, ma’naviy xayot xilma-xil shakllarining uzaro bir-biriga ta’sir 
utkazishi, ikti-sodiy zamkn bilan ijtimoiy ong turli shakllari urtasidagi 
bilvosita aloqadorlik va bog’liqlik kabi masalalar xam estetik ong, badiiy 
ijod va san’at tabiati xamda xususiyatlarini
 
ilmiy tushunishga yordam 
beradi. 
Ayni maxalda estetika fani mustaqil bilim soxasini tashkil etgan xolda 
u falsafaning ravnak topib borishiga xam uzining xissasini qushadi. 
Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib 
borishida badiiy bilish xam
 
muxim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy 
madaniyat qadriyatlari, vokelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, 
ayniksa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi xakidagi fikr-muloxazalar
 
xam kup jixatdan san’at bilan bog’liqdir. 
Estetika fani mazmunan sotsiologiya — keng ijtimoiy bilimlar doirasi 
bilan aloqadordir. Estetika 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish