339
yomon ekanini hisobga olib, o’z qonuniy haqi va haqqini
yoki ularning bir qismini
ixtiyoriy ravishda o’zgaga beradi, muruvvat ko’rsatadi.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik, kamtarimlik, bosiqlik singari axloqiy xatti-
harakatlar meyoriylik nuqtai nazaridan g’oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi
ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham
belgilanadi. Zero xushfe’l, shirinsuxan inson o’zining har bir
muvaffaqiyatsizligiga
fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g’azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga
o’tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o’ziga ham,
o’zgalarga ham ko’tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o’tkinchiligini
anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag’ishlaydi. Jamiyat doimo o’shanday odamlarni
hurmat qiladi va ulardan o’rnak olishga intiladi.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko’proq
ixtiyor bilan, kishining
ma’lum bir insoniy tabiatgaintilishi bilan bog’liq bo’lsa, bosiqlik, kamtarinlik,
kamsuqumlik aksincha, ko’proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi.
Zotan
insonning o’z g’azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so’zlagisi,
biror-bir gap bilan o’zini ko’rsatgisi kelib qolganda o’sha istakni toxtata olishi kuchli
irodani talab qiladi.
Shu bois muomalada bosiq, kamtarin, “yetti o’lchab bir kesish “tamoyili
asosida ish ko’rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham
namunaviylik maqomiga noil bo’ladilar.
Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan
birgalikda falsafaning
uzviy (uchinchi) qismi xisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan sung) aloxida falsafiy
yunalishdagi fan makomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribrok talkin etish
mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va
ijtimoiy ilmlar erishgan yutuklardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni
xaqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chikkan xolda, falsafaning tadqiqot obyektini
tafakkur deb belgilash maksadga muvofik. Axloqshunoslik
axloqiy tafakkur
taraqqiyotini tadkik etadi va amaliyotda insonni ezgulik orkali xaqiqatga olib
borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafsi deb atash
mumkin.
340
Xozir u falsafiy fan sifatida uch yunalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur
taraqqiyotini tadkik etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) urgatadi.
Shunga ko’ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-meyoriy tabiatga ega.
qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning
bulishi mumkin emas. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik
namunalarini xikmatlar, nakllar, matal-makollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy
qonun-qoidalarga o’rgatadi, ularga axloqning moxiyatini tushuntiradi va falsafiy
xulosalar chiqaradi. Yani,
shunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka,
Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, gazzoliy, Spinoza, Kant, xegel, Shopenxauer, Foyerbax,
Kirkegaard, Nitsshe, Vl.
Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq
nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «kobusnoma», Sa’diyning
«Guliston», Jomiyning «Baxoriston», Navoiyning «Maxbub ul kulub», Montenning
«Tajribanoma», Laroshfukoning «xikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi
amaliy axloqqa bagishlangan asarlar xam o’z mustaxkam o’rniga ega.
Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi xam, uziga xosligi xam undagi
nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: