O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Insonparvarlik
.
 
Axloqiy tamoyillarining eng qadimiy va eng muhimlaridan biri 
– insonparvarlik. U insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror 
etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning 
baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. 
Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro’pa uyg’onish mutafakkirlari ilgari surganlar, 
degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, 
insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi “namlulu” so’zi bundan 3-4 
ming yillar avvalgi Qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.

 
Erkparvarlik.
Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-
huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, 
erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. 
Erkparvarlik insonning eng oliy huquqierkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi 
bilan muhimdir. Zero,erksiz insonasir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat-
mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati, o’z Vatani erki uchun, qolaversa, 
boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qoygan 
insonlar tamoyilidir.
Erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan insonlarning ma’naviy 
umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo’lib qoladilar. 
 
Vatanparvarlik.
 
Eng ma’lum va mashhur tamoyil bu vatanparvarlik. U 
insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini 
anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-
mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi 
ancha keng-u insonparvarlikning nisbatan muayayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, 
o’z vatantoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidagi hatti-
harakatlardir. 
Vatan himoyasi, bu inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida 


334 
aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon 
bo’lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, 
muvaffaqiyatsizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning har 
bir qarich eriga, binosining har bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va 
san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab-avylash 
bular hammasi vatanparvarlikdir. 
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan 
hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog’liq. 
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni 
Vatan ma’nosini teran anglab etishga o’rgatish, vatanparvarlik-yuksak axloqiy 
tamoyil ekanini tushuntirish axloqshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish