O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ezgulik va yovuzlik
- u inson faoliyatining muhim tomoni, asl mohiyatini 
anglatadi 
Ezgulik – insonga eng kuchli ma‘naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy 
shaxsga aylantirib, u haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komilikka, 
jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyatdir.
Ezgulik va yovuzlik keng qamrovli bo’lib, ijtimoiy xususiyatga ega. Shu tufayli 
amaliyotda qaxramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni 
o’z ichiga oladi. Masalan, insonparvarlik – odamzot qadri, erkinlik va qobiliyatlarini 
har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, kishilarning baxt-saodati, teng 
huquqliligi, adolatli hayotning taqdim etishga intilishini ifodalaydigan g’oya va 
qarashlardir. Bu jarayon insonni ezgulikka yetaqlaydi.
Ezgulik axloqiy ideal bilan bog’liqdir va inson faoliyatini baholash xususiyatiga 
ega. U odam bolasini ulug’lik va tubanligini ulchaydigan taroziga uxshaydi. Ezgulik 
va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kategoriyasiga uxshasada, ular o’rtasida farq bor. 
Ezgulik ijtimoiy xususiyatga ega, yaxshilik shaxsning odobiga, hulqiga bog’liq 
bo’lgan ijobiy hodisadir. Unda mardlik, ochiq ko’ngillilik, halollik singari axloqiy 
me‘yorlar mujassamlashgan. Biroq, u kaxramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi 
tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Alisher Navoiy ezgulik bilan faoliyat 
ko’rsatdi. Uning asarlari yuzlab yillar mobaynida zavq – shavq ulashib, kishilarni 
komillikka chorladi. U ko’plab yaxshilik qildi, muxtoj odamlarga yordam berdi.
Ezgulik xech qachon yovuzlikka aylanmaydi, har zamonda har qanday
sharoitda ham yovuzlik yovuzlik bo’lib kolaveradi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Gitler, 
Pol Potlarni yovuz insonlar, sobik Sho’rolar Ittifokining esa jamiyat sifatida 
«Yovuzlik saltanati» deb baholash buning yorkin misolidir.
Yaxshilik va yomonlik
-juft kategoriya bo’lib, ular ham bir-biriga ziddir. 
Kishining butun ma‘naviy hayoti, shu jumladan, axloqiy tushunchalar ham ijtimoiy 
hayot ta‘sida o’zgaradi. Yaxshilik va yomonlik insonning tugilishi bilan birga
vujudga kelmaydi. Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaktda kutbiy va 
bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir. Yaxshilik tushunchasida bir muncha ijobiy
narsalar, yangi axloqiy idealga mos keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar 


327 
jamlansa, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga, ular e‘zozlaydigan 
narsalarga zid keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar baxtga erishishiga, kishilar 
orasidagi munosabatlarda, taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning usishiga 
tuskinlik qiladigan hamma narsalar haqidagi tasavvurlar ifodalanadi.
Yaxshilik
deganda kishilarning mehnatsevarligi, halolligi, mardligi, insoniyligi, 
oliyjanobligi, odamlarga, xalqqa, jamiyatga yetkazadigan nafi, mehr-muruvvati, 
muhabbati, kishilar og’irini yengil qilish kabi ijobiy hatti-harakatini ifodalovchi 
fazilatlar tushuniladi.
Yaxshilikning zid tomoni yomonlik bo’lib, u kishilarni dangasalik, tekinxo’rlik, 
zararkunandalik, zolimlik, mayxurlik, giyohvandlik, ig’vogarlik, g’iybatchilik, 
buzuqlik kabi salbiy hatti-harakatlarni ifodalaydi. Yaxshilik ezgulik, himmatlilikni 
anglatsa, yomonlik yovuzlikni anglatadi.
Inson hayotining barcha ijobiy tomonlari yaxshilik bilan bog’langan 
tushunchadir. Ijtimoiy taraqqiyot, kishilar o’rtasidagi bo’ladigan munosabatda 
insoniylikning o’sishiga mos keladigan tub insoniy muammolardan kundalik turmush 
tarzi va uning munosabatlari, hatti-harakatlari, ijobiy hulq-odobi kabilar yaxshilik 
bilan ifodalanadi. Yaxshilikning zid tomoni yomonlik bo’lib, u ham insonlar o’rtasida 
bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
 Adolat
qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholaydi. Adolatda 
jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy 
talablar mujassamlashadi. Uni ma‘lum ma‘noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovi 
ham deyish mumkin: u talab bilan taqdir o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bir joyda 
fayz-baraka, haqiqat qaror topadi.
Adolat 
kishilarning 
jamiyatdagi 
axloqiy 
o’zaro 
munosabatlarini 
mujassamlashtirib, taqdirlash va talab qilishning mikdoriy ulchovini beruvchi 
baholash kategoriyasi hisoblanadi va huquq bilan axloqni bog’laydi. Axloq 
tushunchasi huquq normalarining muhim ijtimoiy – axloqiy mezonlari sifatida 
maydonga chiqadi. Demak, adolat tushunchasi huquqiy ongdan ancha oldin paydo 
bo’lgan. U huquqiy munosabatlar sohasida katta ahamiyat kasb etadi. 
Axloqshunoslikning asosiy baho kategoriyasi bo’lgan adolat turli dalillar, iqtisodiy, 


328 
siyosiy huquqiy hodisalarni baholashda namoyon bo’luvchi obe`ktivlik, xolislik, 
haqqoniylik, insonparvarlik kabi alomatlarni zaruriy ravishda taqozo etadi va 
umuminsoniy axloqning muayyan elementlarini o’z ichiga oladi.
Birinchi Prezident I. A. Karimov: «Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy 
hayotimizning barcha sohalarni qamrab olmogi darkor, adolat va haqiqat g’oyasi 
faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bulmogi shart. Davlatchilik va fuqarolik 
munosabatlari mehnat va uy – joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish va 
jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi, kiyingi, hayotimizning hamma jabhalari 
ana shu zaminga tayanishi zarur», deb ta‘kidladi.
Demak, adolat bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining kelajagi buyuk 
davlatimizning tushunchasiga aylanib bormoqda.
Burch
kishilarning jamiyatga nisbatan bo’lgan axloqiy majburiyatlarini 
ifodalaydi. Bu kishilarning oila, Vatan, millat, umuman jamiyat oldidagi majburiyati, 
mas‘uliyati, sodiqligi, ongliligini ifodalovchi hatti-harakatlar majmuidir. Burch 
tushunchasi oilada yoshlikdan boshlanadi. U vijdon, e‘tiqod, mas‘uliyat kabi 
tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. Ijtimoiy hayotda insonning har bir hatti-
harakati zamirida burch tushunchasi, ya‘ni burchiga sadoqat yoki hikmat yotadi. Agar 
inson o’z burchiga sadoqatli bo’lsa, u har bir kishiga obro’, shon-sharaf keltiradi, agar 
inson o’z burchiga sodiq bo’lmasa, u kishiga xiyonat keltiradi.
Burch tushunchasi keng qamrovli bo’lib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida 
mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatgan: insoniylik burchi, musulmonlik burchi, 
nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi, 
talabalik burchi, Vatant oldidagi burchi va xokazolar bo’lib, barcha davrlar uchun 
umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistik burchi, shifokorlik burchi, olimlik 
burchi kabi kasbiy burch tushunchalari ham mavjud.
Demak, burch insonga mas‘uliyat va majburiyat yuklaydi. 64-moddada bunday 
deyilgan: «Ota onalar o’z farzandlarini voyaga yetkunlariga qadar boqish va 
tarbiyalashga majburdirlar». 66-moddada: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishiga majburdirlar», deb 
ta‘kidlanadi.


329 
Vijdon 
v
ijdonlilik va vijdonsizlik tushunchalari ijtimoiy taraqqiyotining 
muayyan davrida, ijtimoiy muhitning ta‘sirida shakllanadi. Vijdon insonni o’z 
muayyan jamiyat axloq normalari nuqtai-nazaridan turib axloqiy baholash va uni 
nazorat qilish, shuning bilan birga o’z hatti-harakatlariga bog’liq bo’lgan his-tuyg’u 
va kechinmalarini tahlil qilishdir. Inson o’z vijdoni oldida mas‘uliyat his qilib 
yashaydi.
Vijdon tushunchasi ijobiy va salbiy kechinmalarni ifodalaydi. Masalan, inson 
quvonchi, u yoki bu iztirobdan qutulish, o’zini yengil tortishi, xijolatdan forig’ tortish 
va yuzining yorug’ bo’lishi vijdondagi ijobiy his tuyg’ularni aks ettirsa, uzr surash, 
tavba qilish, iztirob chekish, pushaymon, uyalish, xijolat tortish kabilar salbiy 
kechinma, his-tuyg’u, hatti-harakatlarni ifodalaydi. 
Vijdon tushunchalari o’zining rivojlanishi tarixi davomida umuminsoniy ma‘no 
elementlari bilan boyib boradi, unga ko’p jihatdan axloq adolat va odamgarchilikning 
oddiy normalari o’z aksini topadi.
Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba‘zi asosiy tushunchalari singari 
baholash xususiyatiga ega, bu xech qachon obe`ktga kiritilmaydi, u sube`ktning hatti-
harakatlarini baholaydi, ya‘ni unda sube`kt o’zi uchun ichki obe`kt vazifasini 
o’taydi.
Vijdon ko’zga ko’rinmas, lekin o’lkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish