O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 Mohiyat va hodisa.
Mohiyat — narsa va hodisalaming ichki eng muhim 
o’zaro bog’lanishlari, shu bog’lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. 
Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va 
bog’lanishlaming namoyon bo’lish shakli — mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, 
hamma tirik mavjudotlaming mohiyati, ulardagi modda almashuv jarayoni bo’lmasa, 
tiriklik jarayoni — hayot ham bo’lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot 
jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin, bu modda almashuv jarayoni har 
bir tirik organizmda juda xilma-xil ko’rinishlarda sodir bo’ladi. Bu ko’rinishlar — 
hodisalardir.
 


113 
Mohiyat va hodisa o ‘zaro umumiy va o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu 
xususiyatlar quyidagilardan iboratdir. 
1.
Mohiyat — ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. 
Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu 
hodisalaming sababi turlicha bo’lsa-da, ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo 
zarralarining tebranishidir. Biroq, inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab, u 
hodisa sifatida yuz bergan narsani fahmlaydi, so’ng uning mohiyatini bila boshlaydi. 
Mohiyat — narsalaming ichki aloqadorligi bo’lgani sababli, u chuqur tahlil 
qilish vg. izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, 
hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi. 
2.
Mohiyat bilan hodisa o’zaro birlikda bo’lishi bilan, ular bir-biriga 
qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt birbiriga aynan mos kelmaydi. 
Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalaming o’z tabiatidan kelib chiqadi. 
Mohiyat hodisada yashirin bo’ladi va uni bevosita hissiy organlar orqali bilish 
mumkin emas. Hodisa — narsalaming namoyon bo’lish shakli sifatida mohiyat bilan 
hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalaming namoyon bo’lish shakli bo’lgan hodisa 
mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa 
bo’lib qolgan bo’lur edi. Fanning vazifasi — borliqning ko’pdan-ko’p hodisalari, 
ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini 
tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat. 
3.
Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. 
Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko’piklar va uning ostidagi 
suvning tez oqimiga o’xshatish mumkin. Bundagi daryo suvi harakatining yuzidagi 
ko’piklar hodisa bo’lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin 
uning ustidagi ko’piklar ham mohiyatning o’ziga xos ifodasidir. 
4.
Mohiyatning 
nisbiy 
doimiyligi 
va 
barqarorligini, 
hodisaning 
o’zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki, mohiyat ham, hodisa ham 
o’zgarib boradi. Lekin, mohiyat hodisaga nisbatan sekin o’zgaradi, u ma’lum 
barqarorlikka ega. 


114 
Mohiyat va hodisa o’zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday 
mohiyat hodisada namoyon bo’ladi, ya’ni hodisa mohiyatning u yoki bu holda 
ko’rinishidir; b) mohiyat va hodisa obektiv xarakterga ega bo’lib, ular inson ongiga 
bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir; d) mohiyat ham, hodisa ham doimo o’zgarishda 
va rivojlanishda bo’ladi. Biroq, mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ega bo’lishi 
bilan birga, mohiyatning o’zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning 
mohiyatidagi shu ziddiyatlami o’rganadi. 
Mohiyat va hodisa bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish fan va amaliyotda 
ham muhim o’rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim ahamiyatga 
ega. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik, nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga 
olib ‘ keladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish