O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Millatparvarlik.
 
Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu-millatparvarlik. U, 
ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, 
millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo’lishi 
yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Shu o’rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. 
Millatchilik o’z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish 
bo’lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o’z millati ravnaqi uchun 
kurarish, bu yo’lda, lozim bo’lsa, o’z hayotini ham fido qilish demakdir. U 
insonparvarlik bilan ham chambarchas bog’liq. Chunki o’zmillatini chin dildan 
sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi. 
Asl millatparvar-milliy o’zligini anglab etgan inson. U o’zi millati bilan 
farxlanadi, o’z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy 
do’ppi bilan to’n kiygan o’zbekni har qanday shoh jamolidan afzal ko’radi:
Shohu toju xilatekim, men tomosha qilg’ali
O’zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog’i shirdog’i bas. 
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g’ururlanishi barobarida o’zgalarga kibr bilan 
qaragan emas, aksincha, o’zga til vakili bo’lmish Jomiyga bag’oyat hurmat-izzat 
ko’rsatib, unga, pirim, deb qo’l bergan. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g’oya 
yotadi, u millatni sevish amaliyotining-millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi 


335 
sifatida maydonga chiqadi. Milliy g’oyaning zamonaviy, biz tanlagan ko’rinishini, 
uning mafkuraviy jihatlarini Respublikamiz birinchi Prezdenti Islom Karimov 
shunday ta’rifayli: “Milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshash 
unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 
qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman, jahon 
hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda 
poydevor va rahnamo bo’lishi darkor”. 
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: “Milliy g’oya birinchi 
navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat yo’lida tarbiyalash, 
ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob 
ishlarimizga madadkor bo’lishi zarur”. 
Asl millatparvar ana shunday bo’lishi kerak. Asl millatparvar inonlarning 
umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo’lida o’z jonini tikkan Munavvar 
qori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon singari minglab fidoyilarni 
xalqimiz hech qachon unutmaydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish