O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti



Download 247,5 Kb.
bet1/8
Sana02.03.2022
Hajmi247,5 Kb.
#478282
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALQ KOMISSIYASI


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti
Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Maktabgacha Ta’lim yo’nalishi 4-V
Guruh talabasi ______________________________
Maktabgacha ta’limni tashkil etish
va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanidan
yozgan
Kurs Ishi
Mavzu: Xalq Komissarligining maktabgacha ta’lim bo‘yicha Dekloratsiyasi va uning maktabgacha tarbiyaning vujudga kelish va rivojlanishidagi roli.
Ilmiy rahbar: __________________________________________________


Navoiy 2020-2021 o’quv yili
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………
I. Asosiy qism…………………………………………………………………………
1. Bob Shahar va tuman ta’lim muassasalarini boshqarish va metodik ta’minlash bo’limlarining vazifalari.………………………………………………..
2. Bob Maktabgacha ta`limning Davlat harakteri, uning xalq ta`limi tizimida tutgan o’rni……………………………………………………...
3. Bob Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirish va ma`yoriy xujjatlar. .
II. Xulosa ……………………………………………………………………………………….
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..………………………………………
KIRISH
Jamiyatning ma`naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta`lim – tarbiya ishlarining mazmuni, shakl mohiyatiga bog’liqdir.
Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan ta`lim tizimini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta`minlash zarurati yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining
―Ta`lim to’g’risida‖ gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da – ta`lim tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab berilgan.
Bu vazifalarni to’laqonli hal etishda o’qituvchi – pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta`limini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari o’z mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliy tayyorgarlik bilan qo’shib olib borish zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Bu talablar pedagogika kollejlarining maktabgacha ta`lim yo’nalishida tarbiyachi uslubiyotchilar tayyorlashga ham taaluqli bo’lib, ularda maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan o’quv fani hisoblanadi.
O’quvchi – talabalarga maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan ta`lim – tarbiyaviy, metodik ishlarga umumiy nazariy yondashish masalalarini ochib berar ekan, maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha metodik va ta`lim – tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va metodlarini tanlash qonunuiyatlarini belgilovchi asosiy fan sifatida namoyon bo’ladi. Bu masalalarni hal etishda u ―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖, ―Oila pedagogikasi‖ fanlarining umumiy ilmiy - nazariy asoslariga, uning metodologiyasiga, ta`lim – tarbiya nazariyasiga tayanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar pedagogika fanining muhim sohasi bo’lib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika va maxsus metodikalar bilan umumiy ilmiy – nazariy asoslarga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning aniq qoidalari mazkur muammolarga taaluqli maktabgacha pedagogika fanining umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.
Bu xol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g’oyaviy – nazariy darajasini ta`minlashga uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida yoritishga imkon beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fanining asosiy qonuniyatlari quyidagilar:

  1. Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning ta`lim tizimidagi tutgan o’rni, maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ma`naviy – madaniy va umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va xususiyatlari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lish.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari, ta`lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka etaklovchi omillar, jamoada sog’lom muhitni yaratish.

  3. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo’llaniladigan metod va usullar, nazorat shakllari va uni o’tkazish metodikasi.

  4. O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va raxbarlikning o’ziga xos xususiyatlari.

  5. Metodik ishlarning turlari – shakllari, pedagogik, innovatsion texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari.

  6. Maktbgacha ta`lim muassasasining ota – onalar va jamoatchilik bilan xamkorlik ishidagi maktabgacha ta`lim muassasasining bola tarbiyasidagi majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish, bolalarga ta`lim - tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarning birligi o’zaro bog’liqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma`naviy, iqtisodiy, demografik, amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan ish shakllarini tanlash imkonini beradi.

Boblarning izchilligi. Maktabgacha ta`lim muassasasida metodik ishlar kursining o’quvchi-talabalarni kasbiy tayyorlash tizimidagi axamiyati bilan va malakalarini o’zlashtirish vaqtida bolalarni tarbiyalash masalalari ochib beriladi, shuningdek fanlar o’rtasida va fanlar ichida aloqalar o’rnatishga imkon beradi. Darslikda o’quvchi - talabalarning bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash maqsadida nazorat savollari, tayanch iboralar va test savollari, boblarga tavsiya qilingan adabiyotlar ro’yxati kiritilgan.
Ushbu darslikning yaratilishida mustaqillik yillarda shu soha bo’yicha shug’ullanib kelgan olimlar va etakchi mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy manbalardan foydalanildi.
Xulosa o’rnida, maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlarni tashkil etish masalalarini qarab chiqishga yaxlit psixologik – pedagogik nuqtai nazardan yondashish talab etiladi, bu esa maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshiriladigan metodik ishlarni ilmiy asoslarini kengaytiradi



Download 247,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish