Oliy ta lim muassasalarining bakalavr yo’nalishida pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo`llari о`ziga xos xususiyatlarga ega.
Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollami muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi. Oliy o'quv yurtidagi ta’limning o'ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hoh rasmiy, hoh norasmiy bo'lishidan qat’i nazar) muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan bin ijtimoiy yetuklik( kamolot) Shaxsdan zarur aqliy qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollami egallshga(oila qurishga), farzandlami tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga(mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va ko'rsatkichlari o'rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshiriqlan, mehnatda faollik ko'rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo'lish imkoniyati, unga intilish tuyg'usi, irodaviy kamolotga erishish,yosh otalik va onalik burchi, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan Shug'ullanish, bo'Sh vaqtni tashkil eta olish, to'garaklarda qatnashish va boshqalardan iborat.
Talabalik davri o'spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo'lib, 17-22 yoshni o'z ichiga oladi va o'zining betakror xususiyatlan va qarama-qarshiliklari bilan tavsiflanadi. Shu boisdan talabalik davri Shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada о spirin o'ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan, kattalaming har xil ko'rinishdagi rollarini tez sur’atlar bilan bajarib ko'rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko'nika boshlaydi. Katta odamlaming turmush tarziga o'tish jarayoni Shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog'liq ichki qarama-qarShiliklami keltirib chiqaradi.
Oliy ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va korreksiyalashning asosiy vazifasi: talabalami mustaqil bilim olishga, o'z faoliyatini o'zi tashkil qilishga, o'zini o 'zi boshqarishga, yangi g 'oyalami ishlab chiqishga o 'rgatish, xulqning eng muhim sifatlari-mustaqilhk, tashabbuskorlik topqirlik, farosatlilikni o'stirishga yordam beradi.
Bir qator olimlar: B.G. Ananev, M.G. DavletShin, I. I. Ilyosov, E. G'oziyevlaming fikrlaricha, talaba 17-19 yoshda ham o'z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo'lmaydi va Shunga ko ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko'rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi holatlar ro'y beradi. V. T. Litovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy hatti-harakatlar ko'zga tashlanadi. Mazkur yoshda hohish hamda intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida ahamiyatni kasb etadi, chunki talaba Shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan hohish, optimizm bilan qat’iylikni aralaShtirib yuboradi. Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalshtirishda talabalaming o'ziga xos xususiyatlanni inobatga olish mazkur davming muhim Shartlaridan biridir. Ayrim paytlarda ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksiraSh kabi salbiy his-tuyg'ular namoyon bo'ladi. O'z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlik, o'qishga nisbatan esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida yoshlar o'ta zararli oqimlarga: aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo'shilib ketishi, giyohvandlik, ichkilik, qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo'lga kirib qolishlari mumkin. Shu sababli pedagoglar, oila a ’zolari, jamoat tashkilotlan, «Kamolot» yoshlar jamag'armasi va boshqa ijtimoiy institutlar o'spirinlikning ikkinchi pallasida turgan yoshlami o'z vaqtida pedagogik tashxisdan o'tkazib turishlari, zarur bo'Isa korreksion metodikalardan foydalamshlari kerak. Talabalami diagnostika qilishda o'spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda qat’iyatlilik xususiyati bilan farqlanishini inobatga olish o'ta muhim Talabalaming har doim ham prinsipial bo'la olmasligi ulaming hohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli sodir bo'ladi va ko'p hollarda kattalar bilan turli nizolarga olib kelishiga sabab bo' ladi. Yuqorida aytilganlardan qat’iy nazar, yoshlaming oliy o'quv yurtlarida o'qishlari ulaming o'z kuchlari, qobiliyatlari, ichki imkoniyatlari va irodadalariga qat’iy ishonch tug'diradi, to'laqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid histuyg'usini vujudga keltiradi.
Odatda talalbalar 2 va 3-kurslarda oliy o'quv yurti va mutaxassislikni to'g'ri tanlagani haqidayanajiddiy o'ylay boshlaydilar.
Mazkur yosh davrida o'zini boshqarishning tarkibiy qismlari: ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o'zlashtirgan bilimlami tartibga solish asosida histuygular, axloqiy qadriyatlar; qarashlar, o'zligini anglash va barqaror e 'tiqod
Do'stlaringiz bilan baham: |