O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari



Download 14,87 Mb.
bet155/254
Sana26.02.2022
Hajmi14,87 Mb.
#467353
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   254
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari

1.Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari.


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo‘lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli xisoblanadi.


Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Хalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776y.) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi, davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
ХХ asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo‘li bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi.
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi nazariyasi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g’ridan-to‘g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g’ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog’liqligi yanada kuchayadi;

  • ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;

  • ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;

  • turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.

Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi.

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish