1.1.Metallning qizdirishda oksidlanishi va uglerodsizlanishi.
Metall pechda qizdirilganda,uning sirti oksid pardalari bilan qoplanadi,oqibatda
metall sirtida kuyindi hosil bo’ladi.Metall pechda qizdirilgan sari kuyindi qatlami ortib
boradi,so’ngra metall sirtidan qisman ajralib tushib,pech tag qismiga birikadi va xuddi
payvandlangan kabi shlak hosil qiladi. Kuyindining qolgan qismi esa,metall sirtida qoladi.
Bolg’alash jarayonida metallning oksidlanishi davom etadi,chunki qizdirilgan metall
atmosferadagi elementlar ta’sirida bo’lib qoladi.Yuqoridagi fikrlardan kelib
chiqib,metallni qizdirishda uning ma’lum miqdori nobud bo’lishini-metall sirti
oksidlanishi va kuyindi hisobiga kamayishini aytib o’tishimiz lozim. Metallning bunday
isrof bo’lishi kuyish deb ataladi. Bolg’alash jarayonida ham metall sirtida kuyindi hosil
bo’ladi, lekin bu kuyindi qizdirishga nisbatan juda oz miqdorni tashkil etadi.Metallni
qizdirish pechlaridan alangali pechlarda kuyishdan saqlash mumkin emas, lekin metallni
qizdirishni to’g’ri tanlash orqali uning kuyish orqali ortiqcha sarfini kamaytirish
imkoniyatini yaratish mumkin.
Qizdirish jarayonida kuyish avvalo,uning sirtida boshlanib,asta-sekin ichki qismiga
o’tib boradi.
Metallni qizdirilganda oksidlashga olib boruvchi gazlar qizdirish vaqtida sirtdan
uning ichkarisiga kirib boradi.Oksidlanishning zagatovkaning ichiga tarqalishi
quyidagicha boradi:
1. Oksidlantiruvchi gaz (O
2
, N
2
O, SO
2
va boshqalar) metallning sirtidan uning
ichiga kuyindi qatlami orqali kiradi, shu vaqtning o’zida teskari tomonga temirning
diffuziyalanishi yuz beradi.
Fe+
2
1
O
2
=Fe O
Fe+H
2
O=Fe O +H
2
1
Temir va kuyindining kengayish koeffitsienti turlicha bo’lgani uchun kuyindining
bir qismi zagatovka sirtidan tushib ketib, temirning sirtini yalong’ochlab qo’yadi, natijada
oksidlanish yana davom etadi;
2
Yuqori temperaturada qizdirishda kuyindi erib ketib,zagatovka toza
metallining sirti,yana yalong’ochlanib qoladi va oksidlana boshlaydi. Bunda temperatura
yuqori bo’lgani uchun metallning oksidlanishi tez sur’atlar bilan boradi. Kuyindi hosil
bo’lish tezligi va uning miqdori quyidagi omillarga: a) qizish temperaturasiga;b)qizdirish
muddatiga;v)qizdirish olib borilayotgan gaz muxitiga;g)po’latning xususiyatiga va
tarkibiga; d)qizdirilayotgan mahsulotning shakli va o’lchamiga bog’liqdir.
Metall temperaturasining ortishi bilan kuyindi ham ortib boradi. Agar 900
0
S
temperaturada oksidlanish tezligini 1 ga teng deb qabul qilinsa, 950
0
S temperaturada
1.25 ga, 1000
0
S temperaturada 2 ga, 1100
0
S temperaturada 3.5 ga va 1300
0
S da 7 ga
teng bo’ladi.1350-1375
0
S temperaturada oksidlanish tezligi ayniqsa keskin oshadi,
chunki bu temperaturada kuyindining erishi boshlanadi.
Qizdirilayotgan metall pechda qancha ko’p tursa,shuncha kuyindi ko’payadi,
kuyindining kamaytirish uchun pechda imkon qadar belgilangan temperaturada kamroq
turishi kerak.
Kuyindiga ta’sir qiladigan muxim omillardan biri pech atmosferasidir. CHunki,
qizdirish vaqtida metallga: oksidlantiruvchi, qaytaruvchi va neytrallovchi gazlar ta’sir
etadi. Oksidlantiruvchi gazlarga: kislorod (O
2
),karbanat angidrit (SO
2
), s uv bug’i (H
2
O)
va oltingugurt angidridi ( SO
2
)
kiradi. Qaytaruvchi gazlarga : is gazi (SO) , vodorod(N
2
);
neytrallovchi gazlarga esa azot (N
2
) kiradi.
Pechdagi gazlarni taxlil qilsak, shuni bilamizki,bu gazlar o’zining tarkibi bo’yicha
doimo oksidlantiruvchi bo’ladi.Pechning ish bo’shlig’ida yoqilg’ining yonish maxsulotlari
neytrallovchi va ayniqsa qizdiruvchi muxit bo’la olmaydi. Gazlar neytrallovchi yoki
qaytaruvchi bo’lishi uchun yonilg’ida ko’p miqdorda vodorod va is gazi bo’lishi
kerak,ammo yoqilg’i qizdiruvchi pechlarda yonganda bu sodir etish mumkin emas.
Kuyindining ko’p miqdorda bo’lishi po’lat tarkibiga bog’liqdir. Ma’lumki, po’lat
tarkibida alyuminiy, xrom, kremniy, volьfram va mis bo’lganligi bois, metall sirti
oksidlanishi kamayadi, bu hollarda qizdirish vaqtida kuyindi metallga qattiq yopishadigan
zich qatlam hosil qiladi. Ushbu qatlam metallni keyinchalik oksidlanishdann saqlaydi.
Legirlangan po’latlarda legirlovchi elementlar bo’lganligi bois, kam oksidlanadi.
Metallni qizdirish pechlarida qizdirishni quyidagi shartlarda olib borish maqsadga
muvofiqdir:
1.qizdirilayotgan metallni oksidlanish ko’p bo’ladigan 900-1000
0
S dan yuqori
temperaturada pech ichida kam ushlab turish kerak. Ushbu shartga amal qilinsa,ish
unumdorligi ham yuqorilashishga , kuyindi miqdorini esa kamayishiga oli keladi;
2.Zagatovka va bolg’alashda foydalaniladigan quymalarni pechga yuklash va
olishda meyoriy va to’htovsiz amalga oshirilish kerak. Eng yaxshi usul pechga
zagatovkani bittasi pechga tashlansa,qizigan ikkinchisi olinishi kerak.
3. Kuyindini kamaytirish uchun pech ichki qismiga mumkin qadar ko’proq metall
tashlanishi kerak.
Yuqori temperaturada qizdirilayotgan metallda oksidlanish bilan bir vaqtda
uglerodsizlanish jarayoni ham amalga oshadi.Qizdirilayotgan metall sirtida uglerodning
kamayishiga uglerodsizlanish deb ataladi. Pech ichki temperaturasi yuqori bo’lgani
bois,metall tarkibidagi uglerod yonib tugaydi. Uglerodsizlanish metallning mexanik
xossalarini pasaytiradi. Misol sifatida shuni keltirish mumkinki,asbobsozlik po’latlarini
uglerodsizlanishi hisobiga yumshoq holatga keladi. Pech ichida temperatura ko’tarilishi
bilan metallning uglerodsizlanishi darajasi ortadi. Po’lat tarkibidagi alyuminiy va xrom
elementlari
uglerodsizlanishni
tezlashtirsa,
marganets
uglerodsizlanishni
sekinlashtiradi,kremniy,nikelь va volьfram uglerodsizlanishga ta’sir qilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |