O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy davlat konchilik instituti navoiy viloyati o`rta maxsus kasb hunar



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/70
Sana24.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#204630
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
kurs ishi kurs loyihasi va diplom loyihasi ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari

 
 
O`quvchiga KL topshirig`ini berish kurs ishi topshirig`ini berish kabi kechadi, 
ya'ni o`quvchining KL vazifasini olishi «topshiriq» blankasini to`ldirish va unga 
rahbar bilan birgalikda imzo chekish orqali bajariladi (10-shaklga qarang). Bu holda 
ham KL rahbari tasdiqdan o`tmagan mavzuni o`quvchiga berishi taqiqlanadi. KL 
rahbari hujjatlarini to`g`ri to`ldirilishi, yurgizilishi, topshiriqni o`z vaqtida berilishi va 
tasdiqlangan grafik asosida maslahat soatlarini olib borish va ish himoyasini tashkil 


30 
qilish uchun javobgardirlar. O`quvchi unga topshirilgan vazifani sifatli qilib, o`z 
vaqtida himoya qilishga javobgar hisoblanadi. KL ning himoya muddati o`quv yili 
yoki choraklik boshida kafedra yig`ilishida tasdiqlash bilan belgilanadi. KL ning 
muqova varag`i 8 va 9-shakllarda keltirilgan.
KL da to`rtinchi betdan boshlab hamma varaqlarda o`lchami- 197x210 mm 
bo`lgan kataklar (GOST 2.104 YESKD bo`yicha) chizib chiqiladi. «Mundarija» 
yoziladigan katakda (bo`limlar boshlanadigan betdagi katakda ham) o`lchami- 
55x185 mm bo`lgan burchak tamg`asi chiziladi (4 va 13-shakllarga qarang) (GOSTu 
2.104 YESKD). Kurs ishidagiga o`xshab, qolgan barcha betlardagi kataklarda 
o`lchami- 15x185 mm bo`lgan burchak tamg`alari chiziladi (6-shaklga qarang) va 
talab etilgan tartibda to`ldiriladi (agar KL ning grafik qismi bo`yicha «spetsifikatsiya-
detallarni nomlash» rejalashtirilgan bo`lsa, 13, 14 va 15-shakllardagi tartibda katak 
va burchak tamg`alari chiziladi va to`ldiriladi). KL ning hajmi, bo`limlarning soni va 
grafik qismining hajmi Namunaviy dasturlarga asosan va fanning xususiyatlaridan 
kelib chiqib kafedra tomonidan belgilanadi. KL ning mashinkada bajarilgan varianti 
umumiy hajmini 35-:- 45 varaqdan va qo`lda bajarilgan varianti hajmini 30 -:- 60
varaqdan iborat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi (jadval va rasmlar bilan 
qo`shib hisoblaganda, ammo ilovadagi illyustiratsiya asosiy hajmga qo`shilmaydi).
Kafedra fan xususiyatlaridan kelib chiqib, zarur topganda, KL ning hisob-
grafik qismini bajarish uchun alohida Uslubiy qo`llanmalar ishlab, belgilangan 
tartibda o`quv jarayoniga joriy etishlari mumkin. Bu qo`llanmalarda fan 
xususiyatlaridan kelib chiqib, KL ning asosiy mazmun kasb etadigan qismini bajarish 
ketma-ketligi joy olishi mumkin. Albatta KL ning hisob-tushuntirish yozuvi «Kirish» 
qismidan boshlanishi (u tartib raqamiga ega bo`lishi shart emas, namuna sifatida 
kirish qismini yozilish 4- paragrafda keltirilgan) va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
bilan tugashi zarur. KL ni yozish va tartibga solish ta'lim standartlar tomonidan 
qo`yiladigan umumiy talablar asosida bajariladi (3-paragrafga qarang).
O`quvchi dunyoqarashini rivojlantirish sifatida shuni aytib o`tmoqchimizki, 
texnikaning rivojlanishi loyiha-konstruktorlik ishlarining hajmini keskin oshirilishiga 
bog`liq. Bu vazifani kechiktirmay yuqori saviyada amalga oshirish uchun esa 
loyihalovchi-konstruktorlarning ishini qayta tashkil qilish lozim. Buning uchun, odat 
tusiga aylanib qolgan loyihalash ishlarini yangicha usul, EHM larni qo`llab mashina 
texnikasi yordamida bajarishga to`liq o`tkazishga erishmoq kerak. Buning uchun 
jarayonni aktivlashtirib, algoritmlashtirib loyiha-konstruktorlik ishlarini dasturini 
yaratib, dasturlar yordamida KL ni bajarishga o`tish kerak. 
Yana bir masala. Ko`pchilik hollarda loyiha-konstruktorlik masalalarini hal 
qilayotgan vaqtda variantlilik imkoniyatlaridan foydalanish qulay deb sanaladi. 
Chunki bu loyihalashning ko`p varianlari ichidan optimal variantni tanlab o`sha 
asosida masalani hal qilish olib chiqishi asoslanib berilgan va bu esa loyihalashni 
avtomatlashtirish deb yuritiladi.
Bu jarayonlar zamontalab jarayonlar bo`lib, mavjud ko`p ma'lumotlar ichidan 
texnik vositalar yordamida keraklisini-eng yaxshisini tanlashga yordam beradi va 
vaziyatni optimallapshtirish nomini olgan. Hozirgizamon texnika va texnologiya 
yo`vnalishlaridan biri bu– mashina texnologiyasini yaratish, lolyihalash jarayonini 
optimallashtirish yo`li bilan xalq xo`jaligining barcha jabhalari uchun zamonaviy 


31 
ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo`lib hisoblanadi.. 
 
EHMda loyiha ishini bajarishda KL ning barcha bo`limlarini saqlagan holda, 
ish hajmi o`zgarishi mumkin. EHMda loyiha ishini bajarishda KL barcha jarayoni, 
sh.j.dan illyustratsiya va grafiklarni yaratish ham avtomatlashtirilgan kompyuter 
texnikasi yordamida bajariladi. KL bajarish varianti EHMning dastur ta'minoti 
asosida bajariladi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi va shaxs bu yerda faqat 
jarayonni kuzatuvchi vazifasini o`taydi.
Endi KL topshirig`ini olgandan keyingi vazifalar va tashkilish ishlar 
to`g`risida to`xtilib o`tsak. KL o`quvchi tomonidan unga oldindan ajratib berilgan 
vaqt mobaynida bajarib bo`linganidan so`ng, kafedra bayonnomasi bilan tasdiqlangan 
himoya muddati ko`rsatiladi. KL ning himoyasi shunday bir jarayonki, unda o`quvchi 
musta'qil bajargan ishini
unga ma'ruza uchun ajratib berilgan vaqtda (3-:-5 min), qisqa va ma'noli qilib gapirib 
bera olishi lozim. Shu sababli ham himoya vaqtida o`quvchini saviyasi, bilimi, 
berilgan savollarga ustalik bilan javob bera olishiga alohida e'tibor beriladi.
KL himoyasi kamida 2 kishidan (loyiha rahbari, assistent va h.o.) iborat 
komissiya (komissiya kafedra yig`ilishida tasdiqlanadi) oldida o`tkaziladi. Loyiha 
rahbari va kafedra tomonida o`quvchiga himoya vaqti bir oy oldin ma'lum qilinishi 
zarur. Natija chiqmaydigan, mavhum ishlar mavzularini o`quvchiga berish qat'iyan 
man etiladi.
O`quvchi tomonidan KL ning rahbar belgilab bergan illyustiratsiya va 
standart formatdagi grafik qismini komissiya oldida namoyish qilib Himoya 
bajariladi. Qolgan jarayonlar kurs ishi himoyasidagidek kechadi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish