O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti



Download 283 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi283 Kb.
#38998


O’zbekiston Respublikasi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Navoiy davlat pedagogika instituti

Milliy g`oya, ma’baviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi


Maxsus sirtqi bo’lim

Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan



maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun

sessiya oralig’i nazorat ishlari

TO’PLAMI




Navoiy

Barcha ta’lim yo’nalishi maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun tayyorlangan sessiya oralig’i nazorat ishlari to’plami O`zbekiston Respulikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Tuzuvchi: Arziqulov.J

Ushbu tayyorlangan pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun sessiya oralig’i nazorat ishlari to’plami kafedraning 2017 yil 26 oktyabr oyidagi 3- son yig’ilishida muhokama etilgan.

Barcha ta’lim yo’nalishi maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun sessiya oralig’i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi.
Maxsus sirtqi bo’lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig’i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o’quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo’lim yakuni bo’yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bo’lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo’yicha o’tiladigan boblar, bo’limlar, mavzular yoki to’la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.

Sessiya oralig’i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig’ida muayyan fan bo’yicha to’liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig’i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bo’yicha 70 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bo’limlari va mavzulari bo’yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 70 ball o’zaro taqsimlanadi.

Sessiya oralig’i nazorat ishida fanning barcha bo’limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo’naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi ko’zda tutiladi. SHuningdek, nazorat ishida qo’yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-o’qituvchining amaliy faoliyati bilan bog’lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.

Sessiya oralig’i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo’limi alohida mustaqil ish turini qo’llashdan iborat topshiriqlar to’plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo’yicha tuzish mumkin:

1. Fan bo’yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo’yicha aniq savollar ro’yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo’lishi mumkin).

2. Har bir fan bo’yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo’yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo’ljallangan bo’lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo’lmasligi kerak).

3. Har bir mavzu bo’yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to’plamiga javob berish. Bunda mavzu bo’ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.

4. Fanning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to’plamini tayyorlash.

5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog’liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog’liq tajriba o’tkazish mavzulari banki yaratiladi.

6. Talabaning o’z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.

Sessiya oralig’i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo’yicha sessiya oralig’i nazorat ishi har bir talabaga alohida individual variantdan iborat bo’ladi.

Maxsus sirtqi bo’lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig’i nazorat ishlari o’quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bo’lim”ga taqdim etiladi va ro’yxatdan o’tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig’i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida fan o’qituvchilari tomonidan baholanadi.

Fan bo’yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo’ljallangan bo’lishi lozim.

Maxsus sirtqi bo’lim talabalari uchun “Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan sessiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlari
Fan: Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
Mavzular:


  1. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Milliy g‘oyaning nazariy konseptual asoslari

  3. Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi. G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri

  4. O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – milliy taraqqiyot asosi

  5. Globallashuv davrida axborot makoni va

g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi: Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, milliy g‘oyaning nazariy konseptual asoslari, jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, g‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – milliy taraqqiyot asosi, Globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlarni o`rganish.

Nazariy ma’lumotlar.
Talabalar ongida Milliy g`oya, O`zbekistonni rivojlantirish istqbollari haqida bilimlarining yaxlit mujassamlashgan modelini shakllantirish, ularni chuqurlashtirish amalda sinab ko’rish maqsadida “Milliy g`oya:Ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani bo’yicha sessiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llash va sinash, ularni kelgusi o’qituvchilik faoliyatida kerak bo’lgan asosiy rejalashtiruvchi (o’quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlari to’plamida o’z aksini topgan.

Talabalar “Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan sessiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagilar bilan tanishib, ularni o’rganib chiqishadi ayrimlarini o’zlari tuzishni o’rganishadi. Milliy g`oya predmeti, maqsad va vazifalari, milliy g`oyaning mazmun-mohiyatiga ko`ra shakllari, ma’naviy tahdidlar, mafkura tushunchasi mazmun-mohiyati, “Harakatlar strategiyasi”ning milliy g’oyaning umumiy maqsadlari bilan mushtarakligi.


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

  1. Milliy g`oya fanining predmeti

  2. Milliy g`oy fanining maqsad va vazifalari.

  3. G`oylarMazmuni-mohiyatiga ko’ra namoyon bo’lish shakliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

  4. Mafkura tushunchasi, mazmun-mohiyati.

  5. Milliy g’oya fanining gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni.

  6. Milliy g’oyaning mustaqillikni mustahkamlashda namoyon bo’lishida u o’zida nimalarni mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi muhim?

  7. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida nima haqda fikr yuritilgan?

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy g’oyaning mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o`rnini qanday baholaydi?

  9. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov milliy g’oyaning ikki negizi to’g’risida fikrlari.

  10. Mafkuraning qanday ko`rinishlari mavjud?

  11. “Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyilining mazmun-mohiyati.

  12. .O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning milliy g’oyaning umumiy maqsadlari bilan mushtarakligi.

  13. “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo’nalishlari, mazmun va mohiyati.

  14. Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati


2 – topshiriq: Mustaqil o’rganish uchun TEST topshiriqlari.

  1. Variant

1. Qaysi davlat mustahkam, qudratli va obod bo’ladi?

a) o’z milliy g’oyasi, milliy mafkurasiga ega bo’lgan;

b) o’z milliy mafkurasiga ega bo’lgan;

s) o’z qudratli armiyasiga ega bo’lgan;

d) harbiy quroli ko’p davlat.

2. Ijtimoiy hayot nimalar asosida rivojlanadi?

a) siyosiy institutlar, qonun ustuvorligi asosida;

b) siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida;

s) mafkuralar asosida, vijdon erkinligi ;

d) iqtisod asosida.



3. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi nima?

a) ozod va obod Vatan;

b) ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot;

s) erkin hayot; d) mustaqillik.



4. Bizning bosh strategik maqsadimiz nimalardan iborat?

a) bozor iqtisodiyotiga utish;

b) erkin demokratik davlat barpo etish;

s) fuqarolar jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish;

d) bozor iktisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish;

5. Milliy istiklol mafkurasining asosiy goyalari.

a) komil inson, bagrikenglik, totuvlik;

b) bagrikenglik, Vatan ravnaki, yurt tinchligi;

s) xalk farovonligi, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo totuvlik, komil inson;

d) b va s;



7. Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikning moxiyati nimada?

a) milliy ayirmachilik;

b) millatlar borasida adovat solishni targib kilish;

s) yirik davlatlarning uz munosabatlarini ustunlik asosida amalga

oshirishi;

d) ezilgan xalkning maxalliy millatchiligi formasi.



6. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz.

a) ona-Vatanga sadokat;

b) mukaddas dinimizga soglom munosabat;

s) boy tariximizga soglom munosabat;

d) a, b, s;

8. Bizga yot goyalarga karshi kanday kurashmok lozim?

a) goyaga karshi goya, jaxolatga karshi nafrat bilan;

b) goyaga karshi goya, fikrga karshi fikr, jaxolatga karshi ma’rifat bilan;

s) fikrga karshi fikr, yot goyaga karshi konuniy kurash bilan;

d) jaxolatga karshi ilgor g’oya bilan;

9. Vayronkor goyalar deganda kanday goyalar nazarda tutiladi?

a) mustakillik, millatchilik, boskinchilik;

b) terrorchilik, mustabidlik, jaxolatparastlik, vatansizlik, yovuzlik;

s) akidaparastlik, boskinchilik, irkchilik, maxalliychilik, millatchilik;

d) b va v;

10. Bunyodkor goyalar kaysilar?

a) ozodlik, tinchlik, dustlik, xurfikrlik;

b) bagrikenglik, vatanparvarlik, mustakillik, adolat, xamkorlik;

s) birdamlik, ma’rifatparvarlik, xalkparvarlik, insonparvarlik;

d) barchasi;

11. Vayronkor goyalar nimalarga xizmat kiladi?

a) davlatni tanazzulga olib keladi;

b) jamiyat, xalk, davlatning tanazzuliga sabab buladi, gayriinsoniy

maksadlarga xizmat kiladi;

s) jamiyat ravnakiga xalakit beradi;

d) gayriinsoniy maksadlarga xizmat kiladi;



12. Kaysi goyalar tarakkiyotga xizmat kiladi?

a) mustakillik goyalari;

b) vatanparvarlik goyalari, tinchlik goyasi;

s) bunyodkor goyalar;

d) barchasi;

13. Xozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar kanday xususiyatlarga ega?

a) integratsiyalashish, globallashish, differensiyalashish;

b) demokratiyalashish, milliy chegaralar kilib kuymaslik, insonpar-varlashish;

s) jamiyat xayotining xamma soxalariga ta’sir kursatish, siyosiylashish;

d) barchasi;

14. Nimalar Uzbekiston xavfsizligiga ta’sir kilishi mumkin?

a) mintakaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, ekologik

muammolar;

b) etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, maxalliychilik,

urug-aymokchilik;

s) milliy gururning yukligi;

d) a va b;

15. Milliy istiklol goyasining tarixiy ildizlari?

a) xakkoniy yozilgan tarix, buyuk mutafakkirlar merosi, xalkning tarixiy

xotirasi;

b) madaniy merosimiz, an’analar, adabiyot va san’at;

s) milliy kadriyatlarimiz, urf-odatlar, diniy manbalar;

d) tarixga doir asarlar, yodgorliklar.

16. Milliy istiklol goyasining falsafiy ildizlari?

a) jaxon falsafa durdonalari, dunyoviy kashfiyotlar, milliy axlokiy karashlar;

b) diniy-iloxiy kadriyatlar, ma’rifatparvarlik goyalari;

s) kadimgi shark va Markaziy Osiyo falsafasi va axlokshunosligi;

d) b va a.

17. Foyalarning turlari?

a) diniy, ilmiy, vayronkor goyalar, zamonaviy;

b) diniy, ilmiy, falsafiy, badiiy, tabiiy;

s) diniy, ilmiy, falsafiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy, umumin-soniy;

d) umuminsoniy, milliy, mintakaviy, iktisodiy.

18. Milliy goya kanday goya?

a) xalkning tub manfaatlarini ifoda etadigan;

b) maksad sari birlashtiradigan;

s) safarbar etadigan;

d) barchasi.

19. Foyaviy bushlik nima?

a) oldingi mafkura utmishga aylangach, uning urnini bosadigan ilgor goyaviy

tizimning xali shakllanmagan xolati;

b) yangi goya paydo bulmagan xolat;

s) eski goya uz urnini bushatib bermay , yangi g’oyani qabul qiluvchi xolat;

d) uzga mafkura ta’sir eta boshlagan xolat.

20. Dinlararo bagrikenglik deb nimaga aytiladi?

a) xilma-xil e’tikodga ega bulgan kishilarning xamkorligi;

b) bir zamin, bir Vatanda xamjixat bulib yashash;

s) olijanov goya va niyatlar yulida umr kechirish;

d) barchasi.

21. Milliy istiklol mafkurasini xalkimiz ongi va kalbiga singdirish usullari

nimalardan iborat?

a) ta’lim-tarbiya, kurgazmalilik, uzluksizlik, yangi pedagogik texnolo-giyalar;

b) ilgor tajriba, malaka, shaxsiy kobiliyat, kat’iylik;

s) tarixiy-mantikiy izchillik, targibot-tashvikot, keng kamrovlilik, maksadga

yunaltirilganlik, ishonchlilik, ilmiylik; d) a va b.

22. Islom dini kanday goyaga asoslangan?

a) kupxudolilik;

b) ezgulikka;

s) yakka xudolik;

d) buddiylik.

23. «Sog’lom ona – sog’lom bola» g’oyasi qaysi davlat dasturida bayon etilgan?

a) «Barkamol avlod yili» davlat dasturida (2010);

b) «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturida (2009);

s) «Onalar va bolalar yili» davlat dasturida (2001);

d) «Oila yili» davlat dasturida (1998)



24. Vaxobiylik okimi islom dinining kaysi mazxabiga mansub?

a) xanafiya mazxabiga (Abu Xanifa);

b) molikiya mazxabiga (Malik ibn Onas);

s) xanbaliya mazxabiga (Ibn Xanbal);

d) shofi’iya mazxabiga (ash-SHofi’iy).

25. «Barkamol avlod yili» davlat dasturida ko’zda tutilgan vazifalardan biri qaysi qatorda ko’rsatilgan?

a) kichik biznesni rivojlantirish;

b) yangi texnologiyani o’zlashtirib olish;

s) nanotexnologiyani qo’llash;

d) axborot resurs markazlarida elektron kutubxonani bosqichma-bosqich shakllantirish;

26. «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi» - degan fikr kimga tegishli?

a) CHernyayevga; b) Adolf Gitlerga;

s) M.Skobelevga; d) I.Stalinga.

27. Islohotning ikkinchi bosqichi nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

a) 2000-2003 yillar; b) 2001-2006 yillar;

s) 2001-2005 yillar; d) 2002-2005 yillar.

28. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to’g’risidagi qonun xujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, unda qanday qoidalar qo’llaniladi?

a) Ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston qonuni qoidalari qo’llaniladi;

b) Birlashgan Millatlar tomonidan belgilangan qoidalar qo’llaniladi;

s) Xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi;

d) Vazirlar Mahkamasi qarori qo’llaniladi.

29. YOsh olimlarning ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirish qaysi hujjatda aniq vazifa qilib qo’yilgan?

a) Ta’lim to’g’risidagi Qonunda;

b) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida;

s) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida;

d) «Barkamol avlod yili» davlat dasturida;

30. Oliy ta’lim qanday bosqichlarga bo’linadi?

a) Bakalavriat, magistratura va aspirantura;

b) Magistratura, aspirantura va doktorantura;

s) Bakalavriat, magistratura va ad’yunktura;

d) Bakalavriat va magistratura;

Mustaqil o’rganish uchun TEST topshiriqlari.

2- Variant

1. Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul qaysi tartibda amalga oshiriladi?

a) O’z ustavlarida belgilangan tartibda;

b) Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga asosan;

s) Davlat o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda;

d) Muassasa rahbariyati belgilangan tartibda.



2. O’zbekiston Respublikasida qaysi mafkura davlat mafkurasi bo’lishi mumkin?

a) Milliy istiqlol mafkurasi;

b) Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi bo’la olmaydi;

s) Jamiyat barcha a’zolarining manfaatlarini ifoda etadigan;

d) Zamonaviy rivojlangan demokratik mamlakatlar mafkurasi.

3. Ta’lim to’g’risidagi qonun nechta moddadan iborat?

a) 40 ta; b) 46 ta; s) 34 ta; d) 32 ta.



4. Buyuk davlatchilik shovinizmi Prezident I.Karimovning qaysi asarida bayon etilgan?

a) Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari;

b) O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari;

s) Ma’naviy yuksalish yo’lida;

d) Buyuk kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.

5. Mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solib turuvchi tashqi xavf-xatarlar deganda eng to’g’ri javob qaysi?

a) Etnik, demografik, yadro urushi xavfi;

b) Mintaqaviy mojarolar, terorezm, ekologik tahlika;

s) Qirg’in qurollar savdosi, rivojlangan va qoloq mamlakatlar o’rtasidagi

keskinlikning avj olishi;

d) Xayrli qurollik;



6. Islom fundamentalizmi tushunchasi nima?

a) Jamiyat a’zolariga diniy saboq berishni izchil tashkil etish kerakligi

to’g’risidagi qarashlar;

b) Qur’on va xadislar har qanday dunyoqarashning asosidir deb tushunuvchi kishilar mafkurasi;



s) Barcha ijtimoiy munosabatlar shariat qonunlari asosida qayta qurilishi shart deb hisoblovchi kishilarning qarashlari;

d) Islom dinini boshqa dinlardan ustun qo’ying.



7. I.Karimov fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilari deb nimalarni e’tiborga olish to’g’risida ta’kidladi?

a) Ko’p partiyaviylik, markazlashgan davlatchilik, tenglik;

b) Qonun ustuvorligi, shaxs kamoloti uchun shart-sharoit, inson erkinligi uchun ijtimoiy makon;

s) Milliy manfaatning ustuvorligi, sinfiy tabaqalanishning zarurligi,

umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligini e’tirof etish;

d) ko’ppartiyaviylik va milliy g’oya.



8. O’zbekistonning haqiqiy boyligi nima? degan savolga I.Karimov qanday javob bergan?

a) Mamlakat hududlarining xom-ashyolarga nihoyatda boyligi nazarda tutilgan;

b) Kishilarimizning jismonan sog’ligi va ma’naviy kamoloti nazarda

tutilgan;__

s) Farbning ilg’or texnologiyasi va fanini o’zlashtirib olishga qodir iqtidorli

yoshlar nazarda tutiladi;

d) Ilmiy-texnika rivoji.

9. SHo’ro zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos kamchiliklar nimadan iborat?

a) Kommunistik mafkuraning yakkaxokimligi, o’quv dasturlarining haddan tashqari murakkablashtirilganligi;

b) Mafkuraviy qarashlardan kutilmaganlik, uzluksz ta’lim-tarbiyaning

echilmaganligi va taraqqiy etgan demokratik davlatlar talablariga javob

bera olmasligi;

s) SHo’ro mafkurasi sarqitlarining saqlanib qolishi, milliy ta’limning inkor

etilishi;

d) Ta’lim-tarbiya tizimining dialektik-materialistik dunyoqarashga asoslanishi, zamonaviy jahon andozalariga to’g’ri kelmasligi va diniy ta’limning.



10. Qaysi ta’lim turida o’qish qonunda ixtiyoriy deb belgilangan?

a) Akademik litsey yoki kasb-xunar kollejida;

b) Umumiy o’rta maktabda;

s) Oliy o’quv yurtida;

d) To’g’ri javob yo’q.

11. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari.

a) shaxs, fan;

b) davlat va jamiyat, shaxs, fan;

s) fan, ishlab chiqarish va shaxs;

d) shaxs, fan, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim va ishlab chiqarish;

12. Diniy ekstremizm nima?

a) Dinning va diniy dunyoqarashning millat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini bo’rttirib ko’rsatish;

b) O’zi e’tiqod qiladigan diniy dunyoqarashni mutlaq haqiqat deb tushunuvchi kishining mafkurasi;

s) Milliy o’zlikni anglash faqat diniy dunyoqarash orqaligina ro’y beradi deb

tushunish;

d) Hokimiyat uchun zo’rlik bilan kurashuvchi diniy-siyosiy harakat.



13. Polietnik davlatlarning asosiy belgilari?

a) Ikki yoki undan ortiq etnik guruhlarning ixtiyoriy tarzda bir davlat

tarkibida yashashi;

b) Muayyan davlatning yagona bir millatdan tashkil topishi;

s) Ikki yoki undan ortiq etnik guruxlarning bir davlat doirasida faoliyat olib

borishi;


d) Urug’-aymoqchilik rivojlanganligi.

14. «Barkamol avlod yili» davlat dasturi kim tomonidan tasdiqlangan

a) Mehnat vazirligi tomonidan;

b) Maorif vazirligi tomonidan;

s) Bosh vazir tomonidan;

d) Prezident tomonidan;

15. Oliy majlis qanday organ?

a) Qonun chiqaruvchi;

b) Ijro etuvchi;

s) Nazorat qiluvchi;

d) a, b, v.

16. O’zbekiston xalqining kimlar tashkil qiladi?

a) Respublikadagi o’zbek millati vakillari;

b) O’zbekistonda 5 yildan ortiq yashagan turli millat vakillari;

s) O’zbekistonda tug’ilgan fuqarolar;

d) Millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

17. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqga egami?

a) Ha, agar Respublikada 5 yildan ortiq istiqomat qilsa;

b) Ega emas;

s) Teng huquqga ega;

d) Ha, agar 3 yildan ortiq istiqomat qilsa;

18. Quyidagi ta’limlardan qaysi biri respublikada majburiy hisoblanadi?

a) umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi;

b) Umumiy o’rta ta’lim;

s) boshlang’ich ta’limga;

d) oliy ta’limga.

19. O’zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosatning tub mohiyati nimalarda ko’rinadi?

a) Ijtimoiy tabaqalar o’rtasida mumkin qadar tenglik prinsipining joriy

qilinishida;

b) Millatlararo hamjihatlikni va xalqaro totuvlikni vujudga keltirishda;



s) Kam ta’minlangan ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qilish

orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda;

d) Qariyalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilishda.

20. O’zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda qanday tamoyillarga amal qilmoqda?

a) Faqat umuminsoniy manfaatlar inobatga olinadi;

b) Faqat milliy manfaatlar asosida ish yuritiladi;

s) Sinfiy va umuminsoniy manfaatlarga asoslanadi;

d) Umuminsoniy va milliy manfaatlarning mushtarakligi asosida ish

yuritiladi.



21. «Barkamol avlod yili» davlat dasturida shakllanib kelayotgan qaysi mulkdorlar sinfining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining tayanchi va suyanchi hisoblanadi?

a) Mayda mulkdorlar sinfi;

b) O’rta sinf;

s) Kichik biznes va tadbirkorlik;

d) yirik mulkdorlar sinfi;

22. O’zbekistonda nechta diniy konfessiya vakillari mavjud?

a) 15 ta; b) 16 ta; s) 18 ta; d) 19 ta.



23. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishining dastlabki bosqichlarida qanday yo’l tutdi?

a) xorijdan ko’proq iste’mol mollari keltirdi;

b) ichki bozordan tovar ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqardi;

s) ish haqi, pensiya va nafaqalarni to’xtovsiz oshirdi;

d) o’z mablag’lari va chetdan olgan qarzlarini investitsiyaga, yangi texnologiya va texnika keltirishga sarfladi.

24. O’zbekiston jahon hamjamiyati uchun qanday mamlakat?

a) Markaziy Osiyodagi eng katta mamlakat;

b) SHarq darvozasi;

s) Bozor iqtisodiyotiga qadam qo’ygan mamlakat;

d) Dunyo uchun ochiq mamlakat.

25. «Islom omili» nima?

a) zamonga moslashuv;

b) islomning siyosiy faollashuvi jarayoni;

s) o’z tarixi va an’analariga murojat etish;

d) milliy ongni o’sishi.

26. SHovinizmning kelib chiqish sabablari nimada?

a) milliy mumtozlik;

b) boshqa millatlarga ishonmaslik;

s) o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslik va xoxlamaslik;

d) millatlar o’rtasida adovat solish.

27. Ekologik muammo - bu qanday muammo?

a) bir mamlakatga tegishli;

b) mintaqaviy;

s) qit’aviy;

d) global.

28. Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasining xususiyatlari nimada?

a) yagona iqtisodiy makon;

b) energetika ob’ektlarining o’ziga xosligi;

s) yetakchi tarmoqlarning mushtarak emasligi;

d) mustaqil davlatlar qurish g’oyalari;

29. Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?

a) axborotlashgan jamiyat;

b) rivojlangan kapitalistik jamiyat;

s) bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli jamiyat;

d) bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat.

30. O’zbekiston Respublikasida ta’limning qaysi bosqichi majburiy?

a) Umumiy o’rta ta’lim;

b) Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

s) Oliy ta’lim;

d) Kasb-hunar ta’limi.

3 – topshiriq. Mavzular bo’yicha KEYS texnologiyasi asosida topshiriqlar to’plamiga javob bering.

Keys topshiriqlari.

1-KEYS: Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurashҲозирги замонда инсон қалби ва онги учун кураш.
Tarix tajribasidan ma’lumki, o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish maqsadida urush qurollari uzluksiz takomillashtirib borilgan.Ularning barchasi ehtimol tutilgan dushman askarlari va aholisini yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini qirib tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart emas.CHunki tajovuzkor g’oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham yov qo’liga taslim bo’ladi. “Mafkuraviy poligon” tushunchasini birinchi marta Prezidentimiz Islom Karimov “Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga javoblarida qo’lladi.

Mafkuraviy poligon – bu odamlarning qalbi va ongini egallashga

qaratilgan g’oya yoki mafkurani ham mablag’, ham zamonaviy texnikaviy

vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy qurollarni ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o’z manfaati yo’lida boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish uchun ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda namoyon bo’ladigan harakatlarni amalga oshiradigan g’oyaviy markaz.

Biror mamlakatga nisbatan harbiy hujum yoki iqtisodiy zarar yetkazishni

osongina ko’rish va sezish mumkin. Ammo mafkuraviy ta’sir bunday emas. Uning ta’siri radio, televideniye, gazeta-jurnal, internet, umuman, hamma

ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelaveradi. Ular odamlarga uyda ham, ko’chada ham, ishda ham ta’sir etadi. YAdro poligonida tayyorlangan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi. Ammo mafkura poligonidan tarqaladigan, sirtdan bezarar bo’lib tuyuladigan turli axborotlar, filmlar, badiiy asarlar, o’yinchoqlar, kundalik ehtiyoj mollari esa, avvalo, insonlarning nozik his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir. Masalan, “diniy adabiyot” niqobi ostida xorijdan olib kelinayotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto’g’ri ma’lumotlar bayon qilinadi va oqibatda, dinning mohiyatini bilmagan yoshlar bunday targ’ibotlarga ishonib, noto’g’ri yo’lga kirib ketishi mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo’ravonlikni targ’ib etadigan filmlar ham ba’zi mafkuraviy poligonlardan tarqatilayotgan zararli ta’sirlardir.

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o’zaro kurashi aniq ko’zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan ilg’or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo’lida g’ov bo’lishga urinayotgan zararli va buzg’unchi mafkuralardir. Erkin va farovon hayot asoslarini yaratib, yanada olg’a intilayotgan ilg’or mamlakatlar o’z mafkuralarini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik

tamoyillar negizida rivojlantirmoqda. CHunki bunday mafkura insonning o’z salohiyatini erkin namoyon etishi uchun imkon beradi. Jumladan,

87 Vatanimizning butun kuch-qudrati, yaratuvchilik iste’dodi yurtimizni yanada ravnaq toptirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborak zaminda yashayotgan barcha insonlar uchun farovon hayot poydevorini yaratishga qaratilgan. SHu bilan birga, bugungi tajovuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik va diniy ekstremizm kabi zararli mafkuralar taraqqiyotga moslashib, yangi shakllarda bosh ko’tarmoqda. Masalan, qo’shni davlat Afg’oniston hududida uya qurib olgan diniy ekstremistik kuchlar bunga misol bo’la oladi.

Diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, zo’ravonlik asosida

konstitutsion tuzumga tajovuz qiluvchi, uni o’zgartirishga urinuvchi

jinoyatkor hatti-harakatdir. U bugungi kunda ko’plab mintaqa va mamlakatlarda uchrab turibdi. Hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar o’ziga xos qator xususiyatlar kasb etmoqda. Bunda mafkuraviy jarayonlarning, bir tomonidan, demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va rang-barang siyosiy kuchlarning tolerantligi namoyon bo’lmoqda.

Ikkinchi tomondan mafkuraviy jarayonlar siyosiylashish, inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga umumiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lmoqda. Uchinchidan, mafkuraviy jarayonlarning milliy davlatlar chegarasida qolib ketmaslik, globallashuv, integrallashuv va differensiallashuv kabi xususiyatlari ko’zga tashlanmoqda. Bugungi kunning mafkuraviy manzarasiga ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi ham kuchli ta’sir ko’rsatmoqda.. Bu hol axborot tarqatish tizimining, jumladan, internet tarmog’ining butun yer yuzini qamrab olishi bilan ham bog’liqdir.

Endilikda dunyoning bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo’lsa, u darhol mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundirilgan holda, butun jahonga tarqaladi. Masalan, dunyoning biron-bir mintaqasida texnik sabab yoki tabiat hodisalari natijasida baxtsizlik sodir bo’lsa, bir mafkuraviy markaz o’ziga dushman bo’lgan boshqa markazni ayblashga tushadi. YA’ni “bu fojiada falon markazning qo’li bor”, deb butun dunyoga jar soladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot tarqatish imkoniyati ko’p bo’lsa, odamlarga nima ta’sir etishini, ular nimaga muhtoj ekanini kim oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab o’sha kuch ularning qalbi va ongiga o’z nuqtai nazarini singdiradi va axborot jangida yengib chiqadi.

SHuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va markazlar o’rtasida axborot jangi yetakchi o’ringa chiqmoqda. Aslida turli mafkuralar ba’zi odamlarning soddaligidan foydalanib, mana shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko’zlaydi, ya’ni jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinadi. Masalan, vahhobiylar sobiq ittifoq hududidagi musulmon xalqlarning mustabid tuzum davrida ancha vaqt diniy ma’rifatdan uzilib qolganidan foydalanib, dinni o’rgatish bahonasida o’zlarining zararli g’oyalarini odamlarning qaldi va ongiga singdirmoqchi bo’ldi. Bu hol bizning mintaqamizda, xususan, O’zbekiston hududida ham ko’zga tashlandi. Lekino’zining qadimiy an’analariga, mumtoz qadriyatlariga ajdodlarining boy merosi va ma’naviyatiga ega bo’lgan xalqimiz bunday “da’vat”larga uchmadi, 88 milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil taraqqiyotimiz tajribalari va bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o’z mafkurasini ishlab chiqishga kirishdi. Bunday xavf-xatarga qarshi turish uchun xalqimizda, avvalo, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish taqozo etiladi. “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va uning mohiyatini quyidagicha tushuntirib bergan: “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning immunitetini kuchaytirishimiz zarur.” Sog’lom immunitetga ega bo’lmagan odam sog’lom e’tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo’ladi. Bunday kishilar yaxshi bilan yomonning, ezgulik bilan jaholatning farqiga bormaydi. Ular uchun xalq va Vatan manfaatlari begona. Sog’lom immunitetli odam yomon ishlardan tiyadi, nohaqlik va zulmga qarshi qalbida norozi bo’lib, o’z nafratini bildiradi. Binobarin, yomonlikka qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan muhabbat va xayrihohlik sog’lom immunitetning asosiy belgilaridandir. Mafkuraviy immunitetning asosiy xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish ko’nikmalaridir. Bu tamoyillarni Prezidentimiz asoslab bergan.


Savollar:

1.Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni

ko’tarib chiqqan?

2.Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?

3.Vaziyatdagi beparvolik, loqaydlik tufayli vujudga kelgan salbiy

illatlarni ajratib oling hamda ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz?

4.Muallif o’z maqolasida muammoni oldini olish yo’llarini qanday

bayon etgan?

5.Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday yechish mumkin?


2-Keys

Keys: “Komil insonni tarbiyalashdagi ziddiyatlar va ularning echimi”

Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug‘dirayotgan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkoagressiya va SPID singari ofatlarni ko‘pchilik yaxshi biladi. Lekin bugungi kunda hamma ham bilavermaydigan, oshkora ko‘zga tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki, ularning oldini olmasak, keyin kech bo‘ladi. Bular G‘arb olamida keng tarqalgan ....... va erkinlik niqobidagi axloqsizlik falsafasidir. ...... xudbinlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, faqat o‘zini, o‘z manfaatlarini o‘ylab yashash, boshqa hech narsani tan olmaslikni bildiradi. Insoniyatga etkazadigan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi. «........» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. «........», aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste’dodli insonlar ham «.......» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, ularning tegirmoniga suv qo‘ymoqda. Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyoti san’atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arb­dagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi «g‘arbning muammosi» sifatida baholayotgan «.......»ning ma’naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi. CHunki ma’naviyatda bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.



YUqorida keltirib o’tilgan vaziyatni tahlil eting. Bu erda qaysi tushunchalar haqida so`z ketiyapti? Yoshlarni mana shu tushunchalar oqimiga tushmasligi uchun siz nima qilgan bular edingiz?
Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo’yicha tinglovchilarga uslubiy ko’rsatmalar

Ish bosqichlari va vaqti

Maslahat va tavsiyanomalar

1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa

Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bag’ishlanganligini aniqlang.

2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O’z fikringizni guruh bilan o’rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.

3. Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa

Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping. Muammoga doir yechim bir necha variantda bo’lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan yechim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.

4. Keys yechimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo’lishi tamoyillariga rioya qiling.


Keys yechimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi

Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija










4 – topshiriq: «Nima uchun?» texnikasidan foydalanib savolning javoblarini jadval-sxemalariga yozib to’ldiring
«Nima uchun?» «Nima uchun?» «Nima uchun?»

Полотно 21Овал 24

«Nima uchun?» «Nima uchun?»




5 – topshiriq: FSMU jadvalini to’ldiring
Savol: Bugungi kunda mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va milliy madaniyatga munosabatingiz?



F. Fikringizni bayon eting.






S. Fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating.






M. Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.






U. Fikringizni umumlashtiring.






2- AMALIY TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.Jadvaldagi muommoli sovollarni sabab va hal etish yo`llarini ko`rsating


Muammoning turi

Muammoning sabablari va ko‘rinishlari

Muammoni hal etish uchun harakatlar

Nima sababdan g‘oyaviy bo‘shliq yuzaga keladi?







Mafkuraviy tahdidlarning oldini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarur?







Mafkuraviy paligon yadro paligonidan nimasi bilan kuchli?








2-topshiriq. Quyidagi jadvaldagi bo`sh kataklarga Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish usullarini yozing.


Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va

qalbiga singdirish usullari













































































3-topshiriq. Klastr tuldiring.




4-topshiriq. Klastr to`ldiring.





































G’oya va

mafkuralar

mutlaqlashuvi-









ning oqi-










batlari

























































  1. - topshiriq. Ushbu jadvalda Mafkuraning asosiy vazifalarini yozib chiqing


















































Mafkuraning asosiy vazifalari

















































6- topshiriq. Jadvaldagi tushunchalar mazmunini yozing.


Tushunchalar

Mazmuni


Mafkuraviy immunitet

.

Geopolitika




Tashqi tahdidlar





Buyuk davlatchilik shovinizmi





Ichki taxdidlar





Manqurt




Globallashuv-




7-topshiriq Jadvalni to`ldiring


Mohiyati

Hozirgi zamonda g’ayrinsoniy g’oyalarning asosiy ko’rinishlari

Kosmopoli-tizm

Irqchilik g’oyasi

Buyuk davlatchilik shovinizmi

Agressiv millatchilik

Maqsadi













Vazifalari













O’ziga xos jihatlari
















Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish