O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Yormalarning sifat tahlili va ularni saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Yormalarning sifat tahlili va ularni saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar 
Hamma yorma turlari uchun umumiy sifat ko’rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, namligi, 
begona aralashmalar miqdori, yaxshi sifatli donlar miqdori, kata-kichikligi, metall aralashmalar 
miqdori, shuningdek ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi kabi ko’rsatkichlar 
kiradi. Makkajo’xori va maniy yormasida esa qo’shimcha kul moddasining miqdori ham 
aniqlanadi. 


119 
Yormalarning organolentik ko’rsatkichlariga rangi, hidi va ta’mi kabi ko’rsatkichlari 
kiradi. 
Yormalarning rangi har xil yormalarda turli xil bo’lib, bu asosan don po’stlog’i va 
endospermasida bo’ladigan pigmentlar turiga bog’liqdir. Yangi, sifatli yormalar aynan shu 
yorma tipiga xos rangga ega bo’lishi kerak. Masalan, tariqdan olinadigan psheno yormasi uchun 
xarakterli rang sariq bo’lsa, guruch uchun esa oq rang hisoblanadi. 
Yorma olishda qo’llaniladigan texnologik jarayonlar ham ularning sifatiga ma’lum 
darajada ta’sir ko’rsatadi. Masalan, gidrotermik ishlov berish natijasida grechixa yormasida och-
qo’ng’ir yoki qo’ng’ir rang hosil bo’ladi. Donning etilish darajasi va donni saqlash jarayonida 
bo’ladigan o’zgarishlar hm uning rangiga ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi etilmagan dondan olingan 
yormalarning rangi yashilroq bo’ladi. Uzoq saqlash tufayli qoraygan donlardan yormalarning 
rangi ham qora-qo’ng’ir yoki sariq tusli bo’ladi. 
Hid ko’rsatkichi ham yormalarning asosiy organoleptik ko’rsatkichlari-dan biri 
hisoblanadi. Yormalarda hid kam seziluvchan bo’lsada, yangi, sifat-li yormalar o’ziga xos 
yoqimli hidga ega bo’ladi. Yormalarda bo’rsiq yoki mog’or bosgan hidlarning bo’lishi ularning 
eskirganligi yoki buzilganligidan dalolat beradi. Yormalarga yot hidlar ularda uchraydigan hid 
beruvchi begona aralashmalardan ham o’tishi mumkin. Umuman yormalarda bo’rsiq, mog’or va 
boshqa begona hidlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Ta’m ko’rsatkichi ham yormalar uchun eng muhim ko’rsatkichdir. Yaxshi sifatli, yangi 
yormaning ta’mi biz oz shirinroq bo’ladi. Agar yormada taxirroq yoki nordonroq ta’m bo’lsa, bu 
uning eskirganligidan dalolat beradi. Bunday nuqsonli yormalarni sotishga ruxsat etilmaydi. 
Faqat suli yormasida kam darajada achchiqroq ta’m bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Namlik yormaning ozuqaviy qiymatiga va saqlani-shiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Yormalarda namlik ularning turiga qarab 12% dan 17% gacha 
oraliqda bo’ladi. Uzoq saqlashga mo’ljallangan yormalarda esa namlik to’g’ridan-to’g’ri 
iste’molga jo’natiladigan yormalardagiga nisbatan 1,0-1,5% kam bo’lishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Masalan, uzoq saqlashga mo’ljallangan guruch yormala-rida namlik 14% dan 
oshmasligi talab etilsa, to’g’ridan-to’g’ri iste’molga yuboriladigan guruch yormalarida esa bu 
ko’rsatkichning 15,5% gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Yormalarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan begona aralashmalar miqdori ham 
muhim sanaladi. Begona aralashmalar yormalarning organoleptik ko’rsatkichlarini pasaytiradi. 
Begona aralashmalarga aynigan, oqlanmay qolgan donlar, iflos qilinadigan aralashmalardan 
(tuproq, qum, poya bo’lakchalari, gul po’choq zarralari, zararkunanda yovvoyi o’tlarning 
urug’lari) va zararli aralashmalar (qorakuya, zamburug’, achchiqmiya) kabi aralashmalar kiradi. 
Yormalar massasida mineral aralashmalar 0,05% dan, zararli aralash-malar miqdori 
0,02% dan, oqlanmay qolgan donlar miqdori esa 0,7% dan oshmasligi maxsus standartlarda 
ko’rsatib o’tilgan. 
Sifatli don miqdori ham yorma partiyasida to’liq qiymatli yormalarning foizlardagi 
miqdorini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Begona aralashmalar yormalarda 
sifatli donlarning foiz miqdorini kamaytirib yuboradi. Sifatli don va begona aralashmalar miq-
doriga qarab psheno, grechixa, guruch va suli yormalari (maydalangan bundan mustasno) tovar 
sortlariga bo’linadi. Masalan, grechixa yormasining 1-chi navida sifatli donlar miqdori 99,2% 
dan, 2-chi navida esa 98,4% dan kam bo’lmasligi grechixa yormasi standartlarida ko’rsatilgan. 
Katta-kichikligi va to’laligi ham donning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Yirikligi va to’laligi bo’yicha (perlovka, bug’doy va makkajo’xori yormalari) besh nomerga, 
maydalangan arpa yormasi esa uch nomerga bo’linadi. Bu ko’rsatkich yormalarni maxsus 
elaklarda elash asosida
aniqlanadi. Yormalarning yirikligi va bir xilligi ularning qanchalik darajada oshpazlikka 
yaroqliligidan dalolat beradi. 
Yormalarda kul moddasiga qarab bilvosita ulardagi po’stloq qismi-ning miqdori 
to’g’risida xulosa qilish mumkin. Kul moddasi miqdori suli, makkajo’xori, maniy yormalarining 
sifatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar-dan hisoblanadi. 


120 
Yormalarda metall aralashmalar miqdori ham ularning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Ularda metall aralashmalar miqdori 1 kg yormada 3 mg dan oshmasligi belgilab qo’yilgan. 
Yormalarning ombor zararkunandalari bilan zararlanishiga yo’l qo’yilmaydi. Yuqori 
keltirilgan talablardan birontasiga javob bermaydigan yormalar standart talabiga javob bermagan 
deb topiladi va iste’molchilarga sotishga ruxsat etilmaydi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish