mumkin. Kimyoviy bombaj natijasida hosil bo’lgan og’ir, metal tuzlari miqdori
belgilangan me’yoriy ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasa, u holda bunday konservalarni
iste’mol qilishga ruxsat etiladi. Konserva mahsulotlarida qalay tuzlarining to’planishi
ularning saqlash muddatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Saqlash
haroratining 5
0
S dan 20
0
S haroratga ko’tarilishi konservalarda qalay tuzlarining
to’planish tezligini ikki martaga oshiradi. Ko’pchilik hollarda o’n yil va undan ortiq
muddat saqlangan konservalarda qalay tuzlari miqdori me’yoriy ko’rsatkichlardan yuqori
bo’ladi.
Bombajli bankalarda bo’ladigan asosiy reakstiyalarda biri konserva bankasi temiri
bilan oltingugurt birikmasidir. Bu reakstiyaning boshlanishida avvaliga temir tuzlari
Do'stlaringiz bilan baham: |