182
Unli qandolat mahsulotlari qandolat mahsulotlarining
katta guruhini tashkil etib, ular
uglevod, yog’, oqsillarga boyligi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu mahsulotlar yuqori energiya
manbai hisoblanib, juda mazali va to’yimlidir.
Unli qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyo sifatida bug’doy uni, qand,
yog’, tuxum, sut, tuz, xamirni ko’pirtiruvchi
kimyoviy moddalar, ta’m
beruvchi va boshqa
qo’shimcha mahsulotlar ishlatiladi.
Xom ashyoning turiga va tayyorlash jarayonlari texnolgiyasiga
qarab unli qandolat
mahsulotlari pechen’elar, kreker (quruq pechen’elar), galetlar, pryaniklar, vafli, pirojniylar,
tortlar, kekslar, ruletlar va boshqa turlarga bo’linadi.
Pechenelar unli qandolat mahsulotlarining eng ko’p tarqalgan turlaridan biridir.
Pechen’elar restepturasiga va tayyorlash
usuliga qarab qandli, cho’ziluvchan xamirdan
tayyorlangan (shirmoy) pechen’elarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: