O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Osh tuzi.
Osh tuzi tabiiy manbalardan olinadigan xlori natriyning (NaCl) toza 
kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0-99,7%ni tashkil 
etadi. Xlorli natriy tarkibida natiyning miqdori 39,4% ni, xlorning miqdori esa 60,6% ni tashkil 
etadi. 
Osh tuzi ovqatga solinadigan dorivorlar orasida birinchi o’rinlardan birini egallaydi. 
Inson organizmida xlorli natriyning etishmasligi suv-tuz almashinuvining buzilishga olib keladi. 
Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma kletkalari tarkibiga kirib, to’qima va hujaylarda osmatik 
bosimni boshqarishda muhim ahamiyatga egadir. U organizmda oshqazon so’laklarining tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblangan xlorid kislotasini hosil qilish uchun zarur bo’ladigan xlor 
ionlarining ham manbai hisoblanadi. Osh tuzining natriy ionlari esa oshqozon osti bezlari 
so’laklarining hosil bo’lishida ishtirok etib, ularning ishqorlilik muhitini ta’minlaydi. 
Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo’lgan sutkalik ehtiyoji o’rtacha 10-15 g ni 
tashkil etadi. Haqiqatda esa inson bir kunda 20-25 g miqdorida osh tuzi iste’mol qiladi. Osh tuzi 
faqatgina ovqatga ishlatilib qolmasdan, balki go’sht, baliq, sabzavot mahsulotlarini konservalash 
maqsadlarida ham ishlatiladi. 
Osh tuzi kelib chiqishi va qanday usulda olinishiga qarab toshtuz, o’zi cho’kkan tuz, 
cho’kma va qaynatma tuzlarga bo’linadi. 
Tosh tuz ishlab chiqarish hajmi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Bu tuz er tagida yirik 
palaxsalar holida joylashadi va tuz konlarini tashkil etadi. Ana shu palaxsalardan tuz ochiq va 
yopiq usullardan qazib olinadi. Tosh tuzlar tarkibida juda kam miqdorda begona aralashmalar 
bo’lib, ular tarkibida xlorli natriyning miqdori 98-99% ni tashkil etadi. Respublikamiz hududlari 
ham ana tuz manbalariga boy hisoblanadi. Masalan, Respublikamizning Surxondaryo viloyati 
Sherobod tumani hududida joylashgan Xo’ja-Ikon tuz koni ana shunday manbalar jumlasiga 
kiradi. Bu tuz koni bugungi kunda Respublikamiz aholisining osh tuziga bo’lgan ehtiyojini 
ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir. 


149 
O’zi cho’kkan tuz - bu tuz sho’r suvli ko’llar tubida qalin qatlam bo’lib to’planadi. Bir 
necha asrlar davomida ana shunday tuzlar manbai bo’lib kelayotgan asosiy ko’llardan biri 
Bosqunchoq ko’li hisoblanadi. Tosh tuzlarga qaraganda bu tuzlar tarkibida ko’proq begona 
aralashmalar, asosan kalstiy tuzlari aralashmalari bo’ladi. Shu sababli bu tuzlar begona 
aralashmalardan tozalanishi kerak. 
Cho’kma tuzlar sun’iy havzalarga to’plangan okean, dengiz, ko’llarning sho’r suvlaridan 
tabiiy sharoitda yoz kunlari suvning bug’lanib ketishi natijasida hosil qilinadi. Bunday tuzlar 
kam miqdorda ishlab chiqariladi. 
Qaynatma tuz er osti sho’r suvlarini bug’latish yo’li bilan olinadi. Organoleptik va fizik-
kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha yuqori sifatli tuz olish uchun bug’latish asosan vakuum-
apparatlarda olib boriladi. Bu tuz toza oq rangli, mayda kristallar holida bo’lib, toza sho’r ta’mga 
egadir. Xlorli natriyning miqdori bu tuzlarda 99,7% dan kam bo’lmasligi kerak. 
Ishlov berish usuliga qarab osh tuzlari mayda kristallar holida, maydalangan, 
maydalanmagan va yodlangan tuzlarga bo’linadi. 
Mayda kristalli tuzlar, asosan qaynatma tuzlar bo’lib, ko’zchalari 0,8 mm bo’lgan 
elaklardan butunlay va 0,5 mm ko’zchali elaklardan esa 95% o’tadi. 
Maydalangan tuz kristallarining o’lchamlariga binoan to’rt nomerga bo’linadi: №0 - 
kristallarining kattaligi 0,8 mm; №1 - 1,1; №2 - 2,5; №3 - 4 mm. 
Yodlangan tuz kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadlarida ishlab chiqariladi. 
Bu tuz asosan qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish uchun 1 tonna tuzga 25 g yodli kaliy 
aralashtirib ishlab chiqariladi. Yodlangan tuzlarning 200 g ning tarkibida yod miqdori 1,91 mg ni 
tashkil etadi. Bir kunlik ehtiyoj uchun zarur bo’ladigan tuzni yodlangan holda iste’mol qilgan 
kishi, bir sutkada 200 mkg yod olgan hisoblanadi. 
Sifatiga ko’ra osh tuzi to’rt navga bo’linadi: ekstra, oliy, 1-chi va 2-chi navlar. Tuzning 
sifati uning tarkibidagi xlorli natriyning, suvda erimaydigan moddalarning miqdori va 
kristallarining o’lchamiga bog’liq. 
Ekstra navli tuzlarning rangi oq bo’lishi kerak, qolgan hamma navlarida esa mineral 
aralashmalarning tarkibiga qarab oq-sarg’ish, oq-kulrang, oq-pushti ranglarda bo’lishi mumkin. 
Tuzlar tarkibida ko’z bilan ko’rib bo’ladigan mineral aralashmalar bo’lishiga ham yo’l 
qo’yilmaydi. Tuzlarning ta’mini aniqlashda 5%-li eritmadan foydalaniladi. Bunday eritma toza 
sho’r ta’mli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. Yodlangan tuzlarda esa ozroq 
miqdorda yod hidi sezilishiga yo’l qo’yiladi. Tuzlarning organoleptik ko’rsatkichlariga ular 
tarkibida uchraydigan mineral aralashmalar katta ta’sir ko’rsatadi. 
Tuzlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga xlorli natriyning miqdori (97,0-99,7%), 
suvda erimaydigan moddalar miqdori (0,03-0,85%) va tuzlarning namligi (0,1-6,0%) kabi 
ko’rsatkichlari kiradi. 
Tuz savdo tarmoqlariga mayda idishlarga o’ralgan, katta idishlarga o’ralgan va to’kma 
hollarda chiqariladi. 
Ma’lumki, tuzlarni saqlaganda ular mikroorganizmlar va zararkunandalarning ta’siriga 
uchramaydi. Tuzlarni saqlaganda bo’ladigan asosiy nuqson ularning kristallarining zichlashib 
qapishib qolishi hisoblanadi. Bu nuqson tuz namligining ortishi bilan tezlashadi. 
Mayda idishlarga o’ralgan, qaynatma tuzlar quruq, mahkam yopiladigan omborxonalarda 
saqlanishi kerak. Maydalangan katta idishlarga joylashgan va to’kma tuzlar yomg’ir 
tegmaydigan ochiq omborxonalarda saqlanishi mumkin. 
Yodlangan tuzlarni saqlashga esa alohida e’tibor berilishi kerak. Yodlangan tuzlar 
tarkibidagi yodli kaliy namlik va quyosh yorug’i ta’sirida parchalanadi va hosil bo’lgan erkin 
yod uchib chiqib ketadi. Shu sabali yodlangan tuzlarni germetik bekitiladigan idishlarda saqlash 
maqsadga muvofiqdir. Yodlangan tuzlarning kafolatlangan saqlash muddati 6 oy qilib 
belgilangan. Bu muddat o’tishi bilan yodlangan tuzlar oddiy osh tuzi sifatida sotiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish