“Dinshunoslik” fani quyidagi xususiyatlarga ega:
1. ―Dinshunoslik‖ fani dinlarning mohiyatini va din tushunchasini ta‘riflab,
uni izohlab, tushuntirib beradi. Diniy ong, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida
olib qaralib, uni tarixiy hodisa deb hisoblaydi; bu bilan barcha dinlar insoniyat
tarixi bilan bog‘langanligi, odamlarning dinga bo‘lgan ehtiyoji tufayli kelib
chiqqach, ular asta-sekin bir tizim qiyofasiga kirib davom etayotganligi ta‘kidlab
o‘tiladi.
2. Dinlarning kelib chiqish, rivojlanish va evolyutsiyasi o‘zining tub
sabablariga, ya‘ni ildizlariga egaki, ―Dinshunoslik‖ shu xususiyatni ham nazarda
2
И.Каримов. Имон ва инсон. Т., ―Фан‖ 1991 й. – Б.4.
6
tutadi va ularni ko‘rsatib beradi. Bu bilan hozirgi zamonda mavjud bo‘lib turgan
turli dinlar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo‘lsalar ham, nima uchun ular
hamon mavjud bo‘lib turibdi degan savolga aniq javob beradi.
3. Diniy ong har bir dindor odamning yoki diniy jamodagi kishilarning yakka
shaxs yoki ijtimoiy ongi bo‘lib, bu ongning asosi ilohiy kuchlarda, ilohiylikka
asoslangan dunyoqarash, mafkura, g‘oya, fikr, tushuncha, tasavvur, xotira, xayol,
iroda, idrok, iymon, e‘tiqod, ahloq va psixika kabilar yaxlitligidan iborat
ma‘naviyatdir.
Diniy ong ko‘pchilik dindorlarning onggi, yakka shaxs onggi xususiyatiga
ega bo‘ladi. Yakka shaxsning diniy ongining darajasi o‘sha dindor kishining
yashash tarzi, shaxsiy qobiliyati, qiziqishi kabilar bilan bog‘liq. Bu hol dindorlar
psixikasini keltirib chiqaradi.
4. Diniy dunyoqarash, umuman, dunyoqarashning tarixiy turla-ridan biri
bo‘lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga
sig‘inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va
boshqari-shini e‘tirof etish, xudoga, ruhlarga e‘tiqoddan iboratdir. Diniy
dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib orilgan. Ayniqsa, insoniy
fazilatlarga yot va zararli bo‘lgan ichkilikbozlik, giyohvandlik, buzuqlik, qon
to‘kish, o‘g‘irlik kabi yaramas illatlar diniy ahloqda qoralanadi, ularga qarama-
qarshi halolik, ezgulik, o‘zaro hurmat ko‘rsatish; kattalarni, ota-onalarni izzat
qilish kabi fazilatlar ulug‘lab kelingan.
Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil
avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda
rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya‘ni ildizlar uchta:
ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud.
Har kanday dinning gnoseologik, ya‘ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog‘liq
ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalarning kelib
chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo‘lishi
bilan bog‘liq. Tabiat va jamiyatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar sababli ko‘p ming
yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va
7
cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma‘lum, undan boshqa hech
kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.
Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan,
jamiyatda ro‘y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g‘am-
tashvishga tushib qolishi, qo‘rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan
tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo‘lib turishida katta kuch
hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya
bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal
qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.
Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o‘z tashkiliy tizimiga ega
bo‘lgan murakkab va o‘ta moslanuvchan g‘oyalardan iborat bo‘lib, din jamiyatni
uyushtiruvchi, yo‘naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g‘oyaviy kuch
hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlarni, ba‘zi davrlarda g‘azovot
va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog‘iga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |