Aqliy va jismoniy mehnat turlarini integratsiyalash.
Mehnat inson hayotini bezaydi. Biz ishlatayotgan bu yumlar, kiyimlar,
iste’mol qilayotgan taomlar barchasi kimningdir mehnati tufayli yuzaga keladi.
Insonning qo‘li – gul. U istasa, toshda gul undirishi, oddiy loydan bejirim
buyumlar
yasashi
mumkin.
Mehnat turlari ikkiga bo’linadi aqliy mehnat turi va jismoniy mehnat turiga
ajratiladi. Jismoniy mehnat turlariga qo’l mehnat i bilan bajariladigan mehnat ishlari
kiradi. Jismoniy mehnat turida qo’l, oyoq muskullari harakat qiladi. Bu sog’ligimiz
uchun ham foydali. Jismoniy mehnat turiga plastilin bilan ishlash, loydan turli xil
buyumlar yasash, xona gullariga qarash(tagini yumshatish, suv quyish), maktab
hovlisida ishlash(hovlini supurish, ko’chat ekish, gul ekish, yerlarni yumshatish,
daraxtlarni oqlash kabi ishlar) kabi mehnat ishlarini misol keltirishimiz mumkin.
Masalan, loy bilan ishlash darsidan misol keltiramiz. Dars uchun kerakli loy bir
kun oldin tayyorlab qo‘yiladi. 3 kg yoki 5 kg gacha bo‘lgan sof tuproq olib,
kesaklari maydalanadi, chelakka solib, ustiga suv quyib, ertalabgacha ivitib
qo‘yiladi. Yaxshi ivigan bu loy ertalab yog‘och yoki qo‘l bilan obdon qoriladi,
natijada biror buyum yasash uchun yaroqli, yaxshi pishitilgan, muloyim loy hosil
bo‘ladi. Loy qurib qolmasligi uchun uni chelakka solib, ustiga ho‘l latta yopib
qo‘yish kerak. O‘qituvchi bolalarga loyni ko‘rsatib (bir necha xilini ko‘rsatilsa juda
ma’qul bo‘ladi), uning asosiy xususiyatlarini ya’ni loy tabiatda ko‘p topiladigan
material ekanligini uning quriganda toshdek qattiq bo‘lishini, ivitilganda yumshoq
va cho‘ziladigan, muloyim bo‘lishini, undan har xil buyumlar yasash mumkinligini
va o‘ziga berilgan shaklni yaxshi saqlab qolishini o‘quvchilarga alohida
tushuntiradi.
Buyumlar yasash uchun sof tuproq bo‘lmagan taqdirda hamma joyda
topiladigan oddiy tuproqdan foydalanish mumkin. Bu tuproqni tayyorlashdan oldin
uning kesaklarini maydalab, qum va toshlardan tozalash kerak. Tozalangan
tuproqqa suv qo‘shib aralashtiriladi. Aralashma yaxshi aralashishi uchun oz
miqdorda yog‘ va maydalangan qog‘oz aralashtiriladi.Tayyorlangan loy ustiga
ho‘l latta yopib qo‘yiladi. O‘qituvchi loy bo‘lagini pichoq yoki bir panchasi bilan
taxminan har biri 50–60 gr kichik bo‘laklarga bo‘ladi. Navbatchilar bu bo‘laklarni
o‘quvchilarga ulashib beradi.O‘qituvchi shar hosil qilish uchun loyni kaftlar
orasiga olib, qanday dumoloqlash kerakligini ko‘rsatib beradi. So‘ngra
o‘quvchilarga shakli boshqa 2–3 xil olmalar (mulyajlardan) ko‘rsatiladi. Bu
namunalar ko‘zga ko‘rinadigan joyga qo‘yiladi. O‘qituvchi bolalarni guruhlarga
(masalan, partalarning qatoriga qarab) bo‘lib har qaysi guruhlarga loy bo‘laklari
tarqatiladi. O‘qituvchi parta oralarida aylanib yurib o‘quvchilarga olmani qanday
yaratish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berib turadi. Eng yaxshi ishlangan
namunalarni butun sinfga ko‘rsatiladi. O‘qituvchi loydan yasalgan buyumlarni
mayda detallarga ishlov berish uchun eng oddiy yog‘och qalamdan foydalanish
usullarini ko‘rsatadi.
O‘qituvchi bolalarning yasagan buyumlarini shaklini analiz qila olish va
uning ayrim qismlarining katta-kichikligi jihatidan bir-biriga nisbatan farqlay olish
qobiliyatini o‘stirishga alohida e’tibor beradi. O‘qituvchi bolalarga uyda loydan
buyum yasab kelishni topshiradi, shakli murakkab bo‘lgan buyumlar yasashga
berilib ketmaslik to‘g‘risida maslahat beradi va tozalikka hamda tartibga rioya
qilib, puxta ishlashni tavsiya etadi.
Ko’rib turganimizdek ushbu dars turini ham tabiatshunoslik fani bilan
integratsiyalashimiz mumkin. Dars jarayonida tuproq to’g’risida, uning turlari,
qanday qilib loy hosil qilish mumkinligi to’risida ma’lumot berib ketamiz. Tuproq
osti qatlami nimalardan tashkil topiladi degan qiziqarli savollarga javob topishimiz
mumkin va kerakli ma’lumotlardan so’ng ishni boshlashimiz mumkin.
Plastilin bilan ishlash ham huddi shunday. Bu ham jismoniy mehnat
turiga kiradi. Plastilin bilan ishlashda ham bosqichma-bosqich o’qituvchining
ko’rsatmasiga binoan, tozalikka e’tibor bergan holda ishlashimiz kerak.
Aqliy mehnat turiga aqlan o’ylab, fikrlab bajariladigan mehnat ishlari
kiradi. Masalan, rangli qog’ozlar bilan ishlash(applikatsiya tayyorlash, turli xil
hayvonlar maketlarini yasash), chiqindi materiallari bilan ishlash, tikish, bichish
kabi mehnat turlarini misol keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |