Savollar
1.Innovatsion texnologiyalar haqida ma‘lumot bering?
2.Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va metodlari qanday?
3.Innovatsion texnologiyalardan ta‘lim jarayonida foydalanish usullari?
Topshiriq
1. Innovatsion texnologiyalardan namunalar keltiring.
2.
Texnologiya
darsligidan
mavzularga
dars
ishlanmalar
tayyorlash.
Mavzu: Interfaol usullardan texnologiya darslarida foydalanish usullari.
Reja:
1.
Interfaol ta'lim texnologiyalarining didaktik mohiyati.
2.
Interfaol ta’lim metodlari.
3.
Texnologiyalar darslarida intrfaol ta’lim metodlaridan foydalanish.
Tayanch tushunchalar:
Interfaol, noan’anaviy,
didaktika, metod, usul,
omil, shakl,
Noan’anaviy shakllarni amaliyot jarayonida qo‘llash natijasida xilma-xil
qarashlar yuzaga keldi. Bir guruh pedagoglar bu ta’lim shaklini ijobiy baholab,
ta’lim samaradorligini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi, deb hisobladilar,
ikkinchi guruh pedagoglar esa bu ta’lim shaklini qoralab, bu darslarni didaktik
tamoyillarning buzilishiga asoslanib tuzilganligi, shuningdek, bu dars turi
o‘quvchilarni dangasa, loqayd darsga mas’uliyat bilan qaramaydigan qilib qo‘yadi
va darslarni o‘yinga aylantirilganligi deb hisoblaydilar. Lekin noan’anaviy
darslarni amaliyotda qo‘llash natijasida u ijobiy samara berdi. O‘quvchilarning
faolligini, darsga qiziqishini oshirdi, mavzularni o‘zlashtirishga zamin yaraldi.
Binday darslarning bir necha shakllari mavjud.
1. Ishbilarmon o‘yini.
2. Ilmiy anjuman darslari.
3. Musobaqa darslari.
4. KVN ti pidagi darslari.
5. Teatrlashtirilgan darslar.
6. Konsultatsiya darslari.
7. Kompyuter darslari.
8. Ijodkorlik darslari
9. Auksion darslari.
10. O‘quvchilar tomonidan olib
boriladigan darslari.
11. Zachyot darslari.
12. Ijodiy hisobotlar darslari.
13. Formula darslari.
14. Tanlov (konkurs) darslar.
15. Xayol (fantaziya) darslar.
16. O‘yin darslari.
17. Sud darslari.
18. Haqiqat izlab darslari.
19. Konsert darslari.
20. Dialog darslari.
21. Konferensiya darslari.
22. Rolli o‘yinlar darslar.
23. Seminar darslari.
24. Masofaviy darslar.
25. Ekskursiya darslari.
Bu darsni o‘z qobiliyaliga ko‘ra yosh muallim ham, uzoq yillik ish
tajribasiga ega bo‘lgan pedagog ham o‘tkazishi mumkin. Noan’anaviy dars uzoq
izlanishlar, intilishlar natijasi bo‘lib, ujuda yaxshi natija beradi. Noan’anaviy dars
bu yangilik, xayolga bog‘liqlik, yangi bir uslub, yangi bir izlanish, o‘qituvchining
yutug‘i demakdir. Bunday dars shakli juda qiziqarli bo‘lib, bir umr o‘quvchilar
yodida qoladi, bilimi muslahkamlanadi. Hozirda yurtimiz azaliy orzusi
mustaqillikka erishib fan texnika, maorif, ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali
o‘zgarishlarni o‘rganib, pedagog erkin ishlab, ijod qilib, Mehnat lari samarasi
sifatida o‘ziga xos yangi dars shakli taqlif qilish, unda yaxshi natijalarga erishib,
ta’lim-tarbiya sifatiga munosib hissa qo‘shishi mumkin.
Innovatsiya (inglizcha
innovation)
yangilik yaratish bo’lib, an'anaviy
ta'limdan noan’anaviy ta’lim shaklidan foydalanish demakdir. Ta'limda pedagogik
texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga
qaratilgan turli interfaol metodlardan foydalanish ta'lim maqsadini samarali amalga
oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |