Mavzuning dolzarbligi:
O’simliklar tomonidan sintez qilinadigan biologik
faol moddalar orasida iridoidlar o’ziga xos o’ringa ega. Bu gurux moddalar
o’simlik dunyosida keng tarqalgan. Ularning shishga (opuxolga) qarshiligi,
mikroblarga qarshiligi va boshqa faolligi ularning tekshirilishining amaliy jihatdan
yuqoriligiga olib kelmoqda. Iridoid glikozidlar nazariy tomondan ham , hamda
toza kimyoviy nuqta nazar bo’yicha ahamiyati ularning alkaloidlar biosintezida
boshlang’ich bo’g’inligidir.shu sababli yangi iridoid tutgan o’simliklarni toppish,
bu moddalarni rasional olish sxemalarini taklif etish, tuzilishini aniqlash, fizik-
kimyoviy yangi moddalarning xarakteristikalarini toppish va foydali xossalarini
targ’ib qilish hozirgi zamon bioorganik kimyosining aktual problemasidir.
Hozirga qadar ko’kamaronlarning biologiyasi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi,
dorivorlik xususiyatlari va ishlatilishi yaxshi o’rganilgan. Lekin ular tarkibidagi
iridoidlardan samarali foydalanish kabi masalalar o’z yechimini to’liq topgani
yo’q. Bu ishlar nazariy va amaliy tomondan katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston sharoitida bu ishlar ilk bajarilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |