Taqiqlovchi belgilar
Taqiqlovchi belgilar yo’l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo’llaniladi.
«Kirish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
«Harakatlanish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan».
«Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan».
To’la vazni tonnadan (agar vazni belgida ko’rsatilmagan bo’lsa) yoki to’la vazni belgida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o’ziyurar moslamalarning hara katlanishi taqiqlanishini bildiradi. yo’l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
«Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan».
«Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan». Traktorlar, o’ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
«Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda
shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
«Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan». Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning
harakatlanishi, shuningdek mol (poda) haydab o’tish taqiqlanishini bildiradi.
«Velosipedda harakatlanish taqiqlangan». Velosiped va mopedlar ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan».
«Vazn cheklangan». Haqiqiy umumiy vazni belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining,
shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«O’qqa tushadigan og’irlik cheklangan». Birorta o’qiga tushadigan haqiqiy og’irligi belgida
ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«CHeklangan balandlik». Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«CHeklangan kenglik». Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
«CHeklangan uzunlik». Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan
transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«Eng kam oraliq». Belgida ko’rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
«Bojxona». Bojxona (tekshiruv maskani) oldida to’xtamasdan o’tish taqiqlanishini bildiradi.
«Xavf-xatar». Yo’l transport hodisasi yoki boshqaxavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
«O’ngga burilish taqiqlangan».
«CHapga burilish taqiqlanadi».
«Qayrilish taqiqlangan».
«Quvib o’tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o’tish taqiqlanishini
bildiradi.
«Quvib o’tish taqiqlangan hududning oxiri».
«Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan».
To’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o’tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
«Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan hududning oxiri».
«Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko’rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish
taqiqlanishini bildiradi.
«Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri».
«Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan».
Yo’l transport hodisasining oldini olish xollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanishini bildiradi.
«To’xtash taqiqlangan». Transport vositalarining to’xtashi va to’xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
«To’xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to’xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
«Oyning toq kunlarida to’xtab turish taqiqlangan».
«Oyning juft kunlarida to’xtab turish taqiqlangan».
«Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 -3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda
amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3.1 -3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining yo’nalishli transport vositalariga, 3.2
-3.8 belgilari ta’sir oralig’ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga yoxud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yo’q. Bunday xollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron
haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28- belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo’lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to’xtashga ruxsat etiladi.
3.28 -3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yo’q.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o’rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 -3.30 belgilari belgi o’rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo’lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo’lga yondosh hududlardan dala va o’rmonlarning yo’l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo’llardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o’rnatilmagan bo’lsa, bu belgilarning ta’siri yo’qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmay o’rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo’shimcha axborot belgisi orqali;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo’shimcha axborot belgisi orqali;
3.27 -3.30 belgilarining amal qilish oralig’i oxiriga 3.27 -3.30 belgilari 7.2.3 qo’shimcha axborot belgisi bilan birga takror o’rnatiladi yoki 7.2.2 qo’shimcha axborot belgisi bilan qo’llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig’i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa yotiq chizig’i bilan birgalikda qo’llanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 -3.30 belgilari yo’lning qaysi tomoniga o’rnatilgan bo’lsa, ularga faqat o’sha tomonda amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |