130modda. Transport vositalari haydovchilarning temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarning temir yo’lning o’tish joylaridan o’tish qoidalarini buzishi, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, eng kam ishhaqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga maxrum etishga sabab bo’ladi. (O’zR 26.12.1997 y. 549Ison qonuni taxriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: |