O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan


Yo’ltransport hodisasi vujudga kelishida avtomobilning, haydovchining va yo’l sharoitining o’rni



Download 21,01 Mb.
bet66/114
Sana31.01.2022
Hajmi21,01 Mb.
#420292
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
yol harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashgulotlarni otkazish uchun

Yo’ltransport hodisasi vujudga kelishida avtomobilning, haydovchining va yo’l sharoitining o’rni


Statistika ma’lumotlariga ko’ra, ba’zan avtomobillarning texnik nosozligi oqibatida YTH bo’lishi qayd qilinadi. Bunda asosan transport vositasi tormozi, boshqaruv tizimi, shinasi, harakatga keltiruvchi agregat va mexanizmlari holati ko’zda tutiladi. Avtomobildagi nosoz isitish, sovo’tish tizimi, haydovchi o’rindig’ining noqulay holati, noto’g’ri o’rnatilgan orqa ko’rinishni tasvirlovchi oyna yoki old ko’rinish oynasi tozalagichining noto’g’ri ishlashi birinchi qarashda YTH ni keltirib chiqarishga sababchi emasdek tuyiladi. Ammo bu keltirilgan kamchiliklar haydovchilar psixofizologik holatini yomonlashtirib, oqibatda YTH kelib chiqishiga to’g’ridanto’g’ri sabab bo’ladi. Afsuski, amaliyotda ko’pchilik hollarda bunday omillar avtomobilning texnik nosozligi emas, balki haydovchining diqqatsizligi oqibatida kelib chiqqan deb qaraladi.


O’zbekiston Respublikasida texnik nosoz avtomobilni ishlatish oqibatida ro’y bergan YTH lari to’g’risidagi ko’p yillik ma’lumot 3.9jadvalda keltirilgan.
YTH ni avvalgi ittifoq miqyosida tahlil qilingan natijalariga ko’ra, avtomobillarning nosozligi tufayli sodir etilgan hodisalar umumiy sonidan 35% tashqil etishi aniqlangan.
Yo’l harakatini tashqil etishdagi «avtomobihaydovchiyo’lpiyodamuhit» tizimida harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy garovibu haydovchining yo’l harakati qoidalariga mos ravishda harakat tartibini tanlashdan iboratdir. Professor V.F.Babkov ta’kidlanganidek, 7580% YTH haydovchilarning aybi bilan sodir
etilgan. Bundan haydovchilarni mast holatida vujudga keltirgan YTH ni istisno qilinsa, unda kamida 4550% falokatlar haydovchining tartibsiz harakatlanishi natijasida bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha haydovchilarning aybi bilan sodir etilgan YTH ning ko’p yillik ma’lumoti.
Yo’l sharoitining YTH sodir etilishidagi o’rni to’g’risidagi tadqiqotchilaraniqlangan ko’rsatkichlar va davlat statitikasi hisoblarida keltirilgan ko’rsatkichlar o’rtasida katta farqmavjud. Masalan, 7080 yallarda tadqiqochlar YTH vujudga kelishida yo’l sharoitining 6575% o’rni bor deb ko’rsatgan bo’lsalar (3), sobiq Ittifoq statistika hisoblarida esa 7,112,1%deb kiritilgan. O’zbekistonda bu ko’rsatkich 0,275,22% deb aniqlangan.Avvalgi butun Ittifoq harakat xavfsizligi ilmiy tekshirish markazi xodimlari 1991 yil keng miqyosda avtomobil yo’llarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida YTHni vujudga kelishining 4045% yo’l sharoitini bevosita yoki bilvosita sababchilari ekanligini bildiradi(3), lekin davlat statistika hisobida esa avvalgi ko’rsatkichlar darajasida qayd qilingan.
YTHni vujudga kelish sabablari bo’yicha mutaxassislarning fikri bilan qayd etilgan davlat statistikadagi ma’lumotlarning farqini quyidagicha tushuntirish mumkin. Yuz bergan YTHni qayd qiladigan kartochka asosan davlat inspektori tomonidan to’ldiriladi. Kartochka to’ldiruvchi inspektorlar yo’l sharoitini kompleks ravishda «AHPM» tizimning o’zaro bog’liqligini va har bir tizim elementlarning xususiyatlarini to’laligicha tushunmasligi natijasida sodir etilgan O’THning sababini to’g’ri ko’rsata bilmaydilar. Bunig natijasida esa doim ham ro’y bergan YTHga to’g’ri obyektiv xulosa qilinmaydi.
CHet davlatlarda yo’l sharoitining yomonligi oqibatida qo’yidagi miqdorda YTH umumiy soniga nisbatan Angliya6,7%; Ispaniya 6,5%; Frantsiya10,8%; SHvetsiya6,1%; Yugoslaviya20,4%; Yaponiya17,3% sodir etilgan.
YTHning vujudga kelishida piyodalar o’rnini alohida ta’qidlab o’tishdarkor, chunki ko’pchilik hodisalarga piyodalarning avtomobil yo’llarning belgilanmagan joylarda o’tishlari, shuningdek, yo’l harakati qoidalari bo’yicha amaliy ko’nikmalari yo’qligi sabab bo’ladi. 3.12jadvalda O’zbekiston Respublikasida piyodalar aybi bilan sodir etilgan YTH to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llarida 19711998 yillar mobaynida sodir etilgan YTH ni tahlil qilish natijasida texnika fanlar nomzodi A.A.Nazarov YTH qatnashchilarining umumiy sonidan 2530% bolalar tashqil etishini aniqlanadi. Aholi punktidan o’tgan avtomobil yo’lining eng xavfli bo’lagi bolalar muassasalari mintaqasi (250300 m) bo’lib, bolalar ishtirokidagi YTH 5055% shunday joylarda sodir etiladi.



Download 21,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish