YO’LLARDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI.
YO’L HARAKATINI TASHQIL ETISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI HARAKATNI TASHQIL ETISHNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Avtomobil yo’llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o’ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o’zi tanlagan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. SHuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta’sir qilishi maqarrar. Yo’l harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha orta boradi.
Yo’l harakatini tashqil etishyo’llarda harakatni boshqarish bo’yicha huquqiy, tashkiliytexnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Yo’l harakatini tashqil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo’lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo’laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilib, u transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo’l harakatini tashqil etish tamoyillari quyidagilarga qaratiladi: transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo’yicha
guruhlarga ajratishga, har bir yo’l bo’lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va yo’l sharoiti to’g’risida axborot berishga.
Harakatni tashqil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish vositalari (harakatni boshqarishni avtomatik tizimi; svetafor obyektlarini «yashil to’lqin»,
«yashil ko’cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchisekinlashuvchi, reversiv, rezevr polosalaridan foydalanish, ba’zi bir ko’chalarni bir tomonli harakatga o’tkazish va h.k.z.) chorrahalarni har xil sathda o’tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo’l harakatini tashqil etishda EHM yordamida avtobus va trolleybuslarni, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarni optimal harakatlanish grafigini to’g’ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig’iz soatlarda harakatni tashqil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo’l bo’laklaridagi transport oqimining harakati aylanma yo’llar orqali o’tishga intiladi. Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o’rnatiladi, bu esa harakat grafigini yo’lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo’l harakatini tashqil etishda quyidagi xujjatlarning ahamiyati katta. «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi» O’zbekiston respublikasining qonuni; yo’l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo’l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligi bo’yicha soha me’yoriy xujjatlari.
Avtomobil transporti ishini, haydovchi mehnatini, yo’ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashqil etishni bir biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo’l xo’jaliklari, davlat avtomobil nazorati organlari va xokimiyat vakillari shug’ullanadi.
Yuqorida keltirilganlardan kelib, chiqib yo’l harakatini tashqil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezliklar bilan yo’lning turli bo’lagidan yilning har qanday obhavo sharoitlarida xavfsiz o’tkazilishi tushuniladi.
Harakatni tashqil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
avtomobilni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yul sharoitlarini vujudga keltirish;
harakat xavfsizligini ta’minlash;
atrofmuxitni bulgatmaslik;
transport vositalarini va yul sharoitlarini tez ishdan chikmasligini ta’minlash.
Harakatni tashqil kilish bo’yicha quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko’lamlik faol ishlar olib borilishi zarur. Bunda harakatni tashqil qilishdagi yechiladigan masalalarni ko’lamiga qarab uch darajaga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |