O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti



Download 1,33 Mb.
bet5/12
Sana26.01.2020
Hajmi1,33 Mb.
#37502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
экология тажр (янги)лат


Aspirator PU-2E
Nazorat savollari

  1. Chang deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?

  2. Chang odam organizmiga qanday ta’sir qiladi?

  3. Chang qanday usul bilan aniqlanadi?

  4. Ishni bajarish tartibini tushuntiring.


3-tajriba ishi.

Havodagi kislorod miqdorini aniqlash

Ishning maqsadi: Atmosfera havosidagi kislorod miqdorini aniqlashni o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: Gazoanalizator PKG-4 qurilmasi
Umumiy ma’lumotlar
Atmosfera – Yer yuzini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi yer shari og‘irligining milliondan bir bo‘lagiga teng. Atmosferaning troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera havosining umumiy massasi 5000 trillion tonnadan ko‘proq bo‘lib, u yer yuzasining 1 sm/kv maydoniga 1,0333 kg dan to‘g‘ri keladi. Ana shu miqdoridagi havoning yarmi 6 km balandlikkacha bo‘lgan qatlamda, 99% 30 km balandlikkacha bo‘lgan qatlamda, qolgan 1% esa uning 30-3000 km oralig‘idagi qavatlarida joylashgan (79% troposferada, 20,5% stratosferada, 0,5% ionosferada). Atmosferaning yuqori chegarasi qilib shartli ravishda 3000 km balandlik qabul qilingan, chunki bu balandlikda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo‘shliq havosi zichligiga tenglashadi.

Yerdan baland ko‘tarilgan sari havoning zichligi va shunga yarasha uning bosimi kamayaboshlaydi, buni inson organizmi yaqqol sezadi. Yerdan 5 km baland ko‘tarilganda kishining boshi aylanib, ko‘ngli aynaydi, unda «tog‘ kasalligi» paydo bo‘ladi, aksincha tezlik bilan pastga tushganida, masalan samolyotda, havo bosimining keskin oshishidan quloq pardalari taranglashib, og‘riydi. Atmosferaning tirik tabiat uchun ahamiyati beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo‘lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2 l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo tarkibida 500 l. kislorod mavjud.



Kislorodning atmosferadagi miqdori 120 trillion tonnaga teng. Odam organizmining 65% ni kislorod tashkil qiladi. Kislorodning paydo bo‘lishi yerda yashil o‘simliklarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kattayu-kichik yashil o‘simliklar, shu jumladan mikroskopik yashil suv o‘tlari ham fotosintez jarayonida kislorod ajratib chiqaradi. Havoda kislorodning bo‘lishi nafas olish, chirish va yonish jarayonlarining zaruriy shartidir. Moddalarning kislorod bilan birlashuvi oksidlanish reaksiyasi deyiladi. Hujayradagi oziq moddalarining kislorod bilan oksidlanishi natijasida organizmning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan energiya ajraladi. Binobarin, bu energiyasiz tirik organizm yashay olmaydi. Inson va hayvonlar nafas bilan kislorodni olib, karbonat angidridini chiqaradilar; yashil o‘simliklar esa oziqlanish jarayonida karbonat angidridini parchalab, kislorod ajratib chiqaradilar. Bundan tashqari o‘simliklar ham nafas oladilar. Bu jarayonda ular ham, barcha tirik organizmlar singari, kislorodni olib, karbonat angidridini chiqaradilar.

Erkin kislorodning yagona manbayi fotosintez jarayonidir. Chirish, nafas olish, karbonatlar hosil bo‘lib turishi sababli atmosferada kislorod balansi, asosan, o‘zgarmaydi. Lekin jamiyatning rivojlanishi, texnika vositalarining ko‘payishi va takomillashishi uning balansiga ma’lum miqdorda ta’sir o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra keyingi yuz yil davomida yer yuzidagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi kesilib ketdi, okean suvlarining ifloslanishi oqibatida undagi yashil suv o‘tlarining nobud bo‘lishi hodisalari ko‘paydi. Holbuki atmosferaga chiqariladigan kislorodning teng yarmini ana shu suv o‘tlari, qolgan yarmini o‘rmonlar va o‘t-o‘lanlar ishlab chiqaradi. Masalaning ikkinchi tomoni – kislorod sarfining oshganligida. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra atmosferadagi kislorod zaxirasi 48 mlrd. odamning hayoti uchun yetarli. Lekin sanoat va transportning o‘sishi kislorod sarfini tobora ko‘paytirmoqda. Yengil avtomobil ming km yurganida bir kishining bir yilda oladigan kislorodini kuydiradi. Samolyot bir soat uchganida 180 ming kishining bir soatda oladigan kislorodini kuydiradi. Hozirgi kunda dunyodagi mavjud avtomobillar soni yarim milliarddan oshgan bo‘lib, ular yilida 1,5 mlrd. dan ortiq odamning hayotiga yetadigan miqdordagi kislorodni kuydiradi. F.F. Davitaya (1972) ma’lumotiga ko‘ra kishilik jamiyati tarixida yonish jarayoniga jami 273 mlrd. tonna kislorod sarflangan bo‘lsa, shundan 246 mlrd. tonnasi 1920 - 1969 yillar davomidagi yarim asrga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi vaqtda havodagi jami kislorodning 23% nafas olish jarayoniga, undan 15 baravar ko‘pi esa texnosfera ehtiyojlariga sarflanayapti.



Yuqoridagi keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, keyingi paytlarda kislorod hosil bo‘lishi va sarflanishi o‘rtasidagi muvozanat buzilgan bo‘lib, uning sarfi hosil bo‘lishidan ko‘ra tezlashgan. Kishilik jamiyatining faoliyati davomida yer yuzida kislorod zahirasi 273 mlrd. tonna (0,02%) ga kamaydi. Bu ko‘rsatgich, garchi katta bo‘lmasada, lekin insonni o‘zining kelajagi uchun ehtiyotkorlikka chorlaydi.
Ishni bajarish tartibi:

Havodagi kislorod miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan Gazoanalizator PKG-4 qurilmasi quyidagi qismlardan iborat

• ko'chma hisoblagich


kislorod kontsentratsiyasi

• o'rnatilgan sensor va kompressor

• USB interfeysi

• ichki xotira 7000 ballgacha


Qo'llash sohalari:

Начало формы


Конец формы

Ishlatilishi

Havodagi kislorod miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan Gazoanalizator PKG-4 portativ gaz analizatorlari havo tarkibidagi kislorod konsentratsiyasini o‘lchash va ko‘rsatish uchun mo‘ljallashgan bo‘lib, ushbu qurilmadan atrof-muhit monitoringgi maqsadida, tibbiyotda, ishlab chiqarish ob’ektlarida, gaz tarmoqlarida va gaz ballonlari havosi tarkibidani boshqarish uchun ishlatiladi. PKG-4 V gazanalizatori gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarda kislorod konsentratsiyasini aniqlash uchun ham ishlatish mumkin.

Asosiy etkazib berish vositalari:

• qurilma

gaz olish quvuri

• tarmoq adapteri

• guvohnoma

• pasport.



Tajriba ishidan olingan natijalar quyidagi jadvalga qayd etiladi




Namuna olingan joy

Kislorod miqdori

Meyoriy miqdor

1










2










3











Nazorat savollari

      1. Atmosferaning himoyaviy ahamiyati nimada?

      2. Insonga sutkasiga o‘rtacha qancha kislorod zarur?

      3. Atmosfera havosi tarkibidagi kislorod miqdori qanday o’lchanadi?


4-tajriba ishi.
Mavzu: Havodagi uglerod oksidining miqdorini aniqlash

Ishning maqsadi: Atmosfera havosidagi uglerod oksidi miqdorini aniqlash.

Kerakli jihozlar: PKG-4/1-S-SO-4R-2A gazoanalizatorlari
Metodning nazariyasi
Atmosfera havosining sifatini tahlil qilishning asosiy elementlaridan biri namunalarni tanlab olish bo‘ladi. Agar namunalarni tanlab olish noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, unda eng puxta qilingan tahlil natijalari har qanday mazmunni yo‘qotadi. Atmosfera havosidan namuna tanlab olish tezligi aniq bo‘lgan shimadigan asbob orqali havoni o‘tkazish yoki sig‘imi chegaralangan idishlarni to‘ldirish yo‘lida aspiratsion usul bilan amalga oshiriladi.

Shimiladigan asbob orqali havoni o‘tkazish natijasida shimiladigan muhitda tahlil qilinayotgan moddaning bir joyga to‘planishi amalga oshiriladi. Moddaning to‘yinganligini haqqoniy aniqlash uchun havoning sarfi daqiqasiga o‘nlab va yuzlab litrlarni tarkib qilishi shart. Namunalar bir martalik (tanlab olish davri 20-30 daqiqa) va o‘rtacha sutkalikka (sutka davomida bir xil vaqtlar oralig‘i orqali tanlab olingan, to‘rttadan kam bo‘lmagan bir martalik tanlab olingan atmosfera havosini o‘rtachasini olish yo‘li bilan aniqlanadi) bo‘linadi.

Atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalarning to‘yinganligining o‘rtacha qiymatini olish uchun odatda havoni tanlab olish joyning vaqti bo‘yicha 7, 13, 19 soatlarda tanlab olinadi. Sutkalik to‘yinganlikning o‘rtachasi sutka davomida havoni tanlab olish namunalarining ko‘pchiligida olinishi mumkin, ammo bir xil vaqt oralig‘i orqali bo‘lishi shart.

O‘rtacha sutkalik qiymatni olishning eng yaxshi usuli bo‘lib 24 soat davomida havo namunalarini uzluksiz tanlab olish hisoblanadi.

Havoni namunalarini tanlab olish uchun havo o‘tkazuvchi qurilmalar, changyutgichlar, elektroaspiratorlar va boshqa asboblar, hamda havo o‘tkazish hajmini qayd qiluvchi qurilmalar (rotometrlar va boshqalar) ishlatiladi.
Metod va usulning tavsifi.

Keyingi tajribalarda tahlillar uchun havoni namunalarini tanlab olish usullari shubhasiz atmosfera havosining ifloslanishini kuzatish umumiy tizimida kerak va muhim. Biroq, atmosfera havosining ifloslanishi holati haqida faqatgina 7, 13, 19 soatlardagi muddatlarda olingan ma’lumotni, o‘rtacha sutkalik to‘yinganligi haqidagi ma’lumotlarning ob’ektiv ekanligiga ishonish mumkin emas. Kuzatishning oraliqli muddatlarda to‘yinish miqdoran juda past yoki juda baland bo‘lishi mutasno emas. Bunday kuzatishlar ma’lumotlari bo‘yicha aralashmaning to‘yinganligi sutkalik yurishini va uning meteorologik shartlariga bog‘liqligini o‘rnatish mumkin emas. Shuning uchun atmosfera havosining ifloslanishini kuzatish punktlarida namunalarni tanlab olishning qo‘l usullaridagi kamchiliklarni o‘rnini to‘ldirishga imkon beruvchi va diagrammali tasmada yozuvlari bo‘yicha to‘yinganlikning sutkalik yurishi haqida ma’lumotni tasvirlab keluvchi gazoanalizatorlari ishlatiladi.


PKG-4/1-S-SO-4R-2 tamg‘ali ko‘chma gazoanalizatorlari uglerod oksidining massali to‘yinganligini uzluksiz rostlash, qayd qilish va o‘lchash sutka davomida) uchun mo‘ljallangan. Gazoanalizator sanoatning har xil sohalarida, qo‘shloq xo‘jaligida, meditsinada, energetikada qo‘llanilishi mumkin.

PKG-4-SO

Uglerod oksidining ko‘chmas gazoanalizatori

     






Ishlatish sharti 2 jadvalda keltirilgan


2 jadval


Parametrning nomlanishi, o‘lchov birligi


Qiymati


O‘lchashning blokini qo‘llashning ishchi sharoiti (sharti) havoning harorati S larda

  • Nisbiy namlik, % larda

(namlikning to‘planmasidan)

  • Atmosfera bosimi, kPa

- 20 dan + 40 gacha

10 dan 95 gacha

84 dan 106,7 gacha






3 jadval

Aniqlanadigan komponent

(o‘lchov kanali)

O‘zgarishdan gazoanalizatorning * yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolikning chegaralari

Har bir 10 oS haroratlari

Har bir

3,3 kPa da bosim

Ishchi ishlatish sharti oralig‘idagi nisbiy namlik

Uglerod oksidi

0,5

0,2

0,5

Izoh - * - asosiy xatolikni aniqlashni o‘tkazilgandagi shartlariga nisbatan.




Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish