O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti



Download 1,33 Mb.
bet1/12
Sana26.01.2020
Hajmi1,33 Mb.
#37502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
экология тажр (янги)лат

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Navoiy davlat konchilik instituti

«Hayot faoliyati xavfsizligi»

kafedrasi

EKOLOGIYA”


fanidan
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI

TO‘PLAMI

Navoiy – 2019

O‘quv-uslubiy qo‘llanmada 18 soatlik har bir laboratoriya mashg‘ulotlarning nazariy qismlari, bajarilish tartibi, qurilmalar chizmalari keltirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarida kengaytirilgan aniq holatlarning yechimi bo‘yicha tushunchalar keltirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlari ta’lim muassasasining «Ekologiya» fanidan ishchi dasturi asosida yozilgan va texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalariga, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchi va pedagoglariga mo‘ljallangan.

To‘plam Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy-uslubiy Kengashining 2018 yil «___» _____________ dagi yig‘ilishi qarori bilan (__ - sonli bayonnoma) texnik yo‘nalishdagi Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
Tuzuvchilar: «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi

assistentlari X.Sh Urunova, Urinova H.Sh


Taqrizchilar:

NDPI “Umumiy biologiya” kafedrasi

dotsenti Malikova O.


NDKI “Umumiy fizika” kafedrasi

dotsenti I.O. Urunov



MUNDARIJA

Kirish........................................................................................................................4

Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish shakllari va usullari...........................................5

Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi.................................................................6

Tajriba ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari.........................................8

1-tajriba ishi. Havoning namlik darajasini psixrometrik usulda aniqlash……...11



2-tajriba ishi. Havodagi chang miqdorini aniqlash........................................15

3-tajriba ishi. Havodagi kislorod miqdorini aniqlash....................................18

4-tajriba ishi. Havodagi uglerod oksidlari miqdorini aniqlash...................21

5-tajriba ishi. Muhitning radioaktiv ifloslanganlik darajasini aniqlash....28

6-tajriba ishi. Ichimlik suvida tuzlar miqdorini aniqlash……………….....33

7-tajriba ishi. Oqova suvning pH muhitini aniqlash.....................................40

8-9-tajriba ishi. Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash..........................................................................................................47

Foydalanilgan adabiyotlar va boshqa axborot manbalari............................52



KIRISH
Umumkasbiy fanlar ichida “Ekologiya” fani alohida o‘rin tutadi. Har doim insonning hayoti ekologiya muammolari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning asosida yangi-yangi vazifalar yechimini topish zaruriyati tug‘ilgan. Ekologiya fanining muhim ahamiyati shundaki, u deyarli barcha fanlar bilan bevosita aloqador bo‘lib, insonning eng zarur tabiiy sharoitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ekologik jihatdan muvaffaqiyatli rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik hukm suradi. Ekologiyaga dahldor qonunlarni bilish esa insonlarda o‘ziga ishonch uyg‘otadi, eng qiyin ekologik jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek maqbul qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

Mualliflar tomonidan yaratilgan «Ekologiya» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari texnika oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘qitish texnologiyasini qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.

Qo‘llanmada 18 soatlik har bir laboratoriya mashg‘ulotlarning nazariy qismlari, bajarilish tartibi, qurilmalar chizmalari keltirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarida kengaytiriltirilgan aniq holatlarning yechimi bo‘yicha tushunchalar keltirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlari ta’lim muassasasining «Ekologiya» fanidan ishchi dasturi asosida yozilgan va texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalariga, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchi va pedagoglariga mo‘ljallangan.



Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish

shakllari va usullari

Fan - texnika taraqqiyoti o‘qitish jarayoniga asosan yangicha yondashishni, o‘qitishning yanada faol shakllari va metodlarini talab qilmoqda, chunki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli talabalarining fikr yuritishi va faolligining o‘sishiga yordam bermayapti.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar kolllejlarida o‘qituvchi talaba va talabalarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik ko‘nikmalarini singdirish kabi muammolarni hal qilishi lozim.

Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish

Ekologiya bo‘yicha olgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llash usullaridan biri tajriba va amaliy mashg‘ulotlari hisoblanadi. Bunday mashg‘ulotlar davomida talabalar o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ishlaydilar, nazariy bilimlarni amaliy masalalarni hal etishga tadbiq etish malakasini, uskuna va jihozlar tuzilishini o‘rganadilar va o‘lchov nazorat asboblaridan foydalanish mahoratini egallaydilar. Laboratoriya ishlari o‘zining vazifalari hamda o‘quv jarayonida tutgan o‘rniga ko‘ra bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lmay nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish ta’limi o‘rtasidagi oraliqni bog‘lovchi vosita hisoblanadi.



Tajriba mashg‘ulotlar o‘tkazish sanitariya me’yoriy qoidalariga to‘liq javob beradigan etarli maydon bilan ta’minlangan holda tajriba amaliy ishlar dasturda ko‘zda tutilgan barcha ishlarni bajarishga imkon beradigan zarur asbob- uskunalariga ega bo‘lgan tajriba xonasida bu ishlarning sifatli bajarilishi talabi va o‘qituvchining mashg‘ulotlariga puxta tayyogarlik ko‘rganiga va mazkur mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.

Tajriba mashg‘ulotlariga rahbarlik qilishni tashkil etish va uning uslubiy ta’minotlari ko‘rib chiqilar ekan, quyidagi asosiy masalalarga e’tiborni qaratish lozim birinchidan muayyan ishlarni bajarishgina emas, balki ish jarayonida talabalarning mustaqilligini oshirishni nazarda tutgan holda tajriba mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalarini aniq belgilash va ularning mazmunini tushuntirib berishga: ikkinchidan xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini hamda boshqa jarayonlarini to‘liq yoritish.

Tajriba mashg‘ulotlari o‘tkazishning tashkiliy shakllari.

Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy usullariga qo‘yidagilar kiradi :

a) bir xil ishning bajarish usuli ya’ni bir frontda ishlash - frontal mashg‘ulotlar:

b) turli xil ishlar bajarish usuli - nofrontal mashg‘ulotlar (zvenoli, yakka tartibdagi)

Tajriba mashg‘ulotlarni frontal tarzda o‘tkazishda hamma talabalar bir xildagi ishlarni bir vaqtda bajaradilar.

Tajriba mashg‘ulotlari nazariy mashg‘ulotlar bilan navbatma-navbat dars jadvalida ko‘rsatilgan tartibda olib boriladi. Frontal tajriba amaliy mashg‘ulotlarining ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari bor. Mashg‘ulotlarni frontal tizimda olib borilishining afzalligi shundaki, bunda tajriba va amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasida doimo uzviy bog‘lanish bo‘ladi, bu o‘z navbatida talabalarning fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashiga va amaliy malakasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tizim talabaning mazkur mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishni engillashtiradi, chunki hamma talabalar bir vaqtning o‘zida bir turdagi ishlarni bajaradilar.

Tajriba mashg‘ulotlarni o‘tkazishning frontal tizimini bir qator kamchiliklari ham mavjud. Ulardan asosiylari hamma talabalarga bir vaqtning o‘zida bir xil asbob- uskunalarning etarlicha bo‘lishi zarurligidir.

Tajriba mashg‘ulotlarning nofrontal tarzda tashkil etilganda talabalar zvenolarga bo‘lingan holda turli asbob-uskunalarida ishlaydilar. Bunda har bir zveno uchun ishlar mazmuni turlicha bo‘ladi. Tajriba ishlarni bunday usulda tashkil etishning kamchiligi - ularga rahbarlik qilishning ma’lum darajada murakkabligidadir, chunki bunda o‘qituvchi hamma talabalar uchun umumiy yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazish va mashg‘ulotlar yakunini jamoa tarzda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Tajriba mashg‘ulotlarining nofrontal tizimi odatda bir necha mavzular o‘tilganidan so‘ng o‘tkaziladi. Guruh, ish o‘rinlari soniga qarab zvenolarga bo’linadi (zvenoda ko’pi bilan 3 ta kishi bo‘lishi kerak). Zvenodagi talabalarning o‘zlashtirish darajasi taxminan bir xil bo‘lishi kerak. Aks holda ishni, odatda, yaxshi o‘zlashtiruvchi talabalar tezroq bajaradilar, qolganlar esa yalqovlik ( beparvolik ) bilan kuzatib turadilar. Barcha zvenolar uchun ishlarni navbatma-navbat bajarish grafigi tuziladi.

Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishning biror tizimini tanlashda o‘qituvchi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadni, mavzu mazmuni va xususiyatini, berilgan mavzu bo‘yicha talabalarning sonini hisobga olishi lozim. Ekologiya fanining aksariyat mavzulariga oid tajriba-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda frontal tizimdan foydalanish ancha afzal, biroq bu tajriba-amaliy mashg‘ulotlarining nofrontal tizimidan butunlay voz kechish kerakligini anglatmaydi.
TAJRIBA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH TARTIBI

Tajriba mashg‘ulotlarni o‘tkazishning mazmuni va metodikasidagi ba’zi tafovutlarga qaramasdan yo‘l-yo‘riq berishni umumiy elementlari u yoki bu darajada ularning har biriga xosdir.

Birinchi tajriba mashg‘ulotini o‘tkazishda beriladigan yo‘l-yo‘riqda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqiladi:



1. Tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad

2. Talabalalarni ish o‘rinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish

  1. Tajriba xonasi va undagi ish o‘rinlari bilan qisqacha tanishtirish

  2. Tajriba xonasida talabalarning xatti-harakati qoidalari

  3. Ishning bajarishdagi xavfsizlak texnikasi qoidalari

  4. Talabalarning ish o‘rinlarini tashkil etish

  5. Topshiriqlarni olish va bajarish tartibi, ma’lumotlarni qayd qilish, natijalarni rasmiylashtirish va hisobot tuzish

  6. Navbatdagi ishlar uchun topshiriqlarni tarqatish

9. Talabalarni mashg‘ulotlar yuzasidan bergan savollariga javob berish.

Keyingi (navbatdagi) mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin beriladigan yo‘l-yo‘riqni quyidagi tartibda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1.Ish o‘rinlarini almashtirish grafigiga muvofiq zvenolarni ish o‘rinlari bo‘yicha taqsimlash

2. Navbatdagi ishlar uchun topshiriqlarni tarqatish.

3.Mazkur mashg‘ulotdagi tajriba-amaliy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish.

4.Oldingi mashg‘ulotlarni bajarishda uchragan xato kamchiliklarni vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida tushuncha berish.

5.Talabalarning yo‘l-yo‘riqlar va topshiriqlar yuzasidan bergan savollariga javob berish.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, o‘qituvchi tajriba ishlarni tashkil etishdagina emas, balki talabalarning ishlari ustidan uslubiy rahbarlikni amalga oshirishda ham etakchi rol o‘ynaydi. Uslubiy rahbarlik shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda bir tomondan tashabbus va mustaqillikning rivojlanishi ta’minlansin. Talabalarning ishni bajarishiga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga nisbatan mas’uliyat his etishlariga imkon yaratilsin, ikkinchi tomondan esa - talabalar faoliyati doimo e’tiborda bo‘lsin, eng zarur hollarda xushmuomalalik bilan yordam berish kerak .

Tajriba mashg‘ulotlari uchun asbob-uskuna va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:

- kalendar ish rejasiga muvofiq asbob-uskunalar to‘plamining zarurlarini tanlash;

- asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish, nosozliklarni bartaraf etish, asbob-uskunalarni ishlash vaqtida tekshirish, muayyan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini olishni tayyor (taxlangan) asbob-uskunalarda bajarish;

-belgilangan tajriba-amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda xavfsizlik


texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlarning holatini tekshirish va ta’minlash;

- ko‘rgazmali qurollarni, o‘quv adabiyotlarni tanlash va tayyorlab qo‘yish;


Xonaning ko‘rinarli joylarida xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi chora tadbirlariga mavzu qoidalariga oid plakatlar osilgan bo‘lishi kerak.

Talabalarning o‘zlashtirishini hisobga olish - o‘quv ishlari sifatini oshirishni muhim vositasidir. O‘zlashtirishni hisobga olish quyidagicha bo‘lishi lozim:

-o‘qituvchi alohida, yakka tartibda yoki guruh bilan birga har bir talabaning haqiqiy bilim darajasini iloji boricha to‘liq aniqlash zarurligini anglatadi.

-o‘qituvchi talabalarning ayrim tipik xatolaridan o‘z vaqtidan xabardor bo‘lishi uchun uning o‘zlashtirishini o‘z vaqtida va muntazam tekshirishdan o‘tkazib turishi ;


  • o‘zlashtirishni baholashning imkoni boricha xolisona mezonlarga asoslanib, tabaqalarga ajratilgan holda o‘tkazish

  • talabalarning haqiqiy bilim darajasini belgilaydigan va amalda qo‘llaniladigan usulda bo‘lishi kerak .

Bilimlarni o‘z vaqtida va pedagogik jihatdan to‘g‘ri baholash katta rag‘batlantiruvchi va ta’lim-tarbiyaviy rol o‘ynaydi.

O‘qituvchi talabalarning bilimlarini baholashda haqgo‘y va prinsipial bo‘lishi kerak, zero olingan baxo qoniqish va quvonish, xafagarchilik va umidsizlik his — tuyg‘ulari bilan bog‘liq hodisadir.

Bahoni nohaq pasaytirish ba’zida talabalarning o‘qishga befarq munosabatda bo‘lishga sabab bo‘ladi, o‘qish jarayonidagi tirishqoqlik va faollikni so‘ndiradi va aksincha asossiz oshirib qo‘yilgan baho ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda talaba o‘z bilimlarni baholashda yanglishgan holda o‘ziga nisbatan talabchanlikni pasaytiradi.

Bahoning rag‘batlantiruvchi va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatlarini oshirish uchun o‘qituvchining bahoni asoslab berishi juda muhimdir . Talabaga yutuq va kamchiliklarni, xatolar va ularning sabablarini ko‘rsatish hamda qanday qilib yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi to‘g‘risida maslahat berish zarur.
TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA
XAVFSIZLI
GI QOIDALARI

Tajriba ishlarini bajarishda tajriba xonasidagi ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tgandan keyingina talabalarga mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishga ruxsat etiladi. Yo‘l-yo‘riqlardan o‘tganligi to‘g‘risida talaba va yo‘l-yo‘riqni o‘tkazuvchi shaxs «yo‘l-yo‘riqdan o‘tganligi to‘g‘risida qaydnoma daftari»ga qayd etilishi va imzolanishi shart.

Navbatdagi tajriba ishini bajarishda tajriba jihozlari va asboblarning tuzilishi hamda ulardan foydalanish bilan tanishib, ishni bajarishga huquq beruvchi bilimlari bo‘yicha nazoratdan o‘tgandan keyingina kirishishi mumkin.

Tajriba qurilmasida ishlaganda quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin: Elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta’minlanishi, havoning changlanishi, zaharli gazlarni ajralishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi yorug‘lik bilan ko‘zni ko‘rishiga zararli ta’sir etishi, yuqori sathli shovqin, ochiq alanga va boshqalar.

Tajriba qurilmalari va tajriba xonasida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini xavfsiz ko‘rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya vositalarini ko‘zda tutish lozim bo‘ladi: nol va elektr qurilmani avtomatik o‘chirish, chang, gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetizatsiyalash) va yong‘inga qarshi kurash texnik vositalari, so‘ruvchi umumhavo almashtiruvchi shamolatgich, yorug‘likdan himoya ekrani, tovushdan himoyalovchi (izolyasiyalovchi) shovqin kamerasi.

Tajriba xonasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori quttisi (aptechka) bilan ta’minlangan (jihozlangan) bo‘lishi, tajriba xonasining har 50 m2 maydoni hisobidan bitta o‘t o‘chirgich OU-5 bo‘lishi lozim, xonaga avtomatik yong‘in xabarchilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda talaba jabrlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart.

Mehnat muhofazasi qoidalarini buzilganiga talaba javobgardir.


ISH BOSHLASHDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
Barcha nazarda tutilgan himoya vositalari va o‘t o‘chirgichlarni mavjudligi va yaroqliligini tekshiring.

Ish joyida elektr qurilmalarini ajratib-ulagichiga va tajriba xonasidagi umum elektrorubilnikka (elektr ajratgichga) ulanishga imkon bor-yo‘qligini tekshiring.

Ishga aloqador bo‘lmagan asboblar va ish joyidagi ortiqcha predmetlarni yig‘ishtirib olinganligini tekshiring .
ISH VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
Darsda o‘qituvchining topshirig‘ini yoki tajriba (eksperiment) dasturida ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish lozim. Faqatgina soz tajriba qurilmasi, o‘lchov asboblari va uskunalar bilan ishlashga ruxsat etiladi.

Elektr sxemalarini yig‘ish (o‘rnatish) faqat belgilangan elektr jihozlarida o‘tkaziladi. Tok o‘tkazuvchi simlarni ulashda (biriktirishda) uning sirti ishonchli izolyasiyalangan (himoyalangan), ularning uchlari yaxshi (mustahkam) kavsharlangan bo‘lishi shart. Elektr jihozlari erga ulangan yoki nol o‘tkazgichga ulangan taqdirdagina ularga kuchlanishni uzatish mumkin.

Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun qo‘l bilan klemmaga (o‘tkazgich) yoki boshqa tok o‘tkazuvchi detallarga tegishi taqiqlanadi.

Faza-nol tugunlarida qarshilikni o‘lchash dielektrik qo‘lqopda, rezina gilamchada yoki dielektrik botilarda o‘tkaziladi.

Agarda asboblar, jihozlar ishlayotganida biror-bir nosozliklar vujudga kelsa, tezda ular o‘chiriladi (ishdan to’xtatiladi).

Tajriba xonasidagi ko‘rgazmali boksni ya’ni idishni havo-mexanik ko‘pik mahsulotlari bilan ¾ hajmdan ko‘p bo‘lmagan holda to‘ldirish talab qilinadi.

Tajriba xonasidagi ish joyida yong‘in chiqadigan holatning vujudga kelishini oldini olish uchun chekish, ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. Yong‘inni o‘chirish jarayonini tadqiq etish uchun tajriba xonasidan tashqarida ochiq maydonlarda o‘tkazish tavsiya etiladi.



AVARIYA HOLATLARDA XAVFSIZLIK TALABLARI
Elektr qurilmasining qobig‘iga kuchlanish paydo bo‘lganligi sezilsa, tezda uni tokdan ajratish va bu to‘g‘rida o‘qituvchiga tezda xabar berish lozim.

Yonish o‘chog‘idagi olovni o‘chirishda o‘t o‘chirish vositasi ishlamay qolgan holatda tezda olovni o‘chirish, yonish kamerasining qopqog‘ini bekitish bilan amalga oshiriladi.

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

ISH TUGATGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

Asboblar, jihozlar elektr ta’minotidan ajratiladi (uchiriladi). Ish joyi tartibga keltirilib, ma’lumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, asboblar, uskunalar o‘qituvchiga yoki laborantga topshiriladi.





Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish