50
FUQARO MUHOFAZASI
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri aholii va
xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish,
xavfsizlikni taominlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir.
‗rezident I.A. KARIMOV shu masalaning dolzarbligini eotiborga olib o‘z
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi
xavfsizligini taominlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya
qilishdir» deb taokidlab o‘tadilar. SHunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan
aniqlash va aholini bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ogoxlantirish borasida
samarali tadbirlar o‘tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish,
insonlarning qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo‘lishini,
xavfsizlikni o‘z vaqtida taominlash asosiy vazifalardan biridir [
18,19
].
Fuqaro muxofazasi umumdavlat mudofaa ishlari tizimi bo‘lib aholini va halq
xo‘jaligini tinchlik va harbiy holatlarda Favqulotda vaziyatlardan himoyalash
maqsadida, shuningdek obektlarni barqarorligini oshirish tabiiy ofat, avariya kabi
FV lar oldini olish, ular yuz berganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Favqulotda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) – aholi va xududlarni favqulotda
vaziyatlardan himoya qilish kuch-vositalari va muassasalarini birlashtiradi, hamda
favqulotda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, hududlarni va davlat
iqtisodiyotini xavfli zararlardan himoya qilishga mo‘ljallangan davlat tizimidir.
Favqulotda vaziyat – muayyan xududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon
bo‘lishi, ularning sog‘ligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi natijasida katta
moliyaviy zararlarga olib keluvchi halokat, tabiiy ofatlar, e‘idemiya va
boshqalardir.
FVDT ning asosiy vazifalari:
51
-Tinchlik va xarbiy davrlarda aholi va hududlarni Fvlardan himoya
qilishning xuquqiy, iqtisodiy meoyoriy xujjatlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
-Res‘ublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen
FVlarni ‗rognoz qilish va oqibatlarini baholash.
-Har qanday sharoitlarda FVlarni bartaraf etish kuch vositalarini
tayyorganrligini taominlash.
-FV sohasida davlat eks‘ertizasi nazoratini o‘tkazish va tekshiruvini amalga
oshirish, shuningdek ushbu sohada halqaro hamkorlik qilish.
Loyihalanayotgan korhonada fuqaro himoyasi vazifalarini bajarish maqsadida
shu obektning moddiy texnika bazasi negizida quyidagi bo‘lim va xizmatlarni
tashkil etilgan.
Umumiy aloqa xizmati;
Jamoat tinchligini saqlash (qo‘riqlash) xizmati;
Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi yoki xizmati;
Tibbiy xizmat;
Avariyaviy-texnik xizmat;
Moddiy texnik taominot xizmati;
Trans‘ort xizmati;
Radiasiya va kimyoviy unsurlardan saqlash xizmati va boshqalar.
Obektning alohida xususiyatlariga ko‘ra boshqa bo‘lim va xizmatlar ham
tuzilishi mumkin. Xizmatlar soni obektning fuqaro himoyasi rahbari tomonidan
belgilanadi. Obekt fuqaro himoyasi bo‘limining asosiy vazifalaridan biri tinchlik
va harbiy holatlarda turli yo‘nalishdagi fuqaro himoyasi kuchlarini tuzish va qayta
52
tayyorlashdir. Fuqaro himoyasi kuchlarining asosini shu obektlarning harbiy
bo‘lmagan shakllari tashkil qiladi. Fuqaro himoyasi kuchlarining tashkil qilinishi
yaoni shaxsiy tarkib va ajratilgan texnik-jihozlar obektning ish faoliyatiga taosir
ko‘rsatmasligi kerak. Fuqaro himoyasi kuchlari maxsus dastur asosida qayta
tayyorlanib, tegishli masalalarni bajarishda doim tayyor turadi.
O‘zbekiston Res‘ublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi
455-sonli qaroriga ko‘ra FVlar quyidagicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: