O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 19,5 Mb.
bet240/247
Sana17.01.2022
Hajmi19,5 Mb.
#383088
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   247
Bog'liq
Мajmua XFX барчага 2018

Jami

26

Dasturning informatsion – uslubiy ta`minoti

Dasturdagi mavzularni o`tishda ta`limning zamonaviy usullaridan keng foydalanish, o`quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o`qitishda o`rganiladigan dasturlar audio – video texnikalardan, kinofil’mlardan va slaydlardan foydalanib o`tiladi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni

“Hayot faoliyati xavsizligi” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

Fan bo`yicha talablarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlaria muvofiqliini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:


  • joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqan holda amaliq mashg’ulotlarda og’zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (og’zaki, yozma) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va mavzular mazmuniga asoslangan “Yozma” shaklida o`tkaziladi.

ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishta o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

Oliy ta`lim muassasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishta o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o`tkaziladi.

Talabaning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi.

YAN – 30 ball, JN – 40 ball, ON – 30 ball qilib taqsimlanadi.




Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

86 – 100

A`lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

71 – 85

YAxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

55 – 70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

0 – 54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik, Bilmaslik.




  • fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

  • Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

  • Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R= V * O’/100,

bu erda 5 – semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda); O’ – fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).

  • Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

  • Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 – ball va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligi ham mumkin.

  • Talabaning sesmestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig’indisiga teng.

  • ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YAN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.

  • JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliy nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratlargacha bo`lgan muddat beriladi.

  • Talabaning sesmestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestrda yakuniy, joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

  • Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekanatiga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday hollarda fakul’tet dekanatining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya tashkil etiladi.

  • Apellyatsiya kommissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosani bildiradi.

  • Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul’tet dekani, kafedra mudiri, o`quv – uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.

Reyting mezoni jadvali (7-semestrlar uchun)




Nazorat turi

Jami ball

Nazorat o`tkaziladigan vaqt

Mustaqil ish uchun ajratilgan ball

Har bir nazoratdagi maksimal ball, uni foizlari va nazorat shakli

I. Joriy nazorat

Jami 40 ball

Har bir seminar mashg’ulotda maksimal 4,4 (9ta seminar mashg’ulot mavjud) (4,4*9=40)


Seminar mashg’ulotdagi maksimal 4,4 bali va seminar mashg’ulodagi maksimal 4,4 baldan 1 bali mustaqil ish uchun ya`ni topshiriqlarni o`z vaqtida va sifali bajarilishi. Mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o`zlashtirish darajasi. Hamda yetkazilmagan mavzularni mustaqil o`qib kelish, ko`rgazmali qurollar yasash, testlar tuzib kelish, taqdimotlar qilish, referat yozish. (Jami 9 ball)

TMIdagi 9 ball joriy nazorat ballari ichida o’z aksini ifodalaydi.



Har bir seminar mashg’ulotda maksimal 4,4 ball ichidan darsda qatnashganligi va o`zlashtirish darajasi. Seminar mashg’ulotlardagi faolligi, seminar mashg’ulot daftarlarining yuritilishi va holati

4,4 – 100%

3,8– 86%

3,1– 71%


2,4– 55%


II. Oraliq nazorat

Jami 30 ball

Fanning asosiy bo`limlari tugatilgandan so`ng. O`quv soatlari kam bo`lganligi uchun 1 marta dekanat bilan kelishilgan vaqtda o`tkaziladi

30 baldan 6 ball mustaqil ish uchun ajratilgan. Etkazilmagan mavzularni mustaqil o`qib kelish, krovordlar tayyorlash, testlar tuzib kelish, taqdimotlar qilish, referat yozish. (Jami 6 ball)

TMIdagi 6 ball oraliq nazorat ballari ichida o’z aksini ifodalaydi.



24 ball uchun 3 ta yozma savol berilib, har biriga maksimal 8 ball ichidan qo`yiladi.

8 – 100%


6,9 – 86%

5,6 – 71%

4,4 – 55%


III. YAkuniy nazorat

Jami 30 ball

O`quv soatlari to`liq tugatilgandan so`ng, dekanat bilan kelishilgan vaqtda o`tkaziladi

-

Yozma ish shaklida bo`lib, 3 ta savol beriladi va har bir to`g’ri javobga 10 ball qo`yiladi (3 * 10 =30).

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati

ASOSIY ADABIYOTLAR

1. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: Darslik “Toshkent-Iqtisodiyot”, 2014.– 268 b.

2. Yormatov G‘.YO. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 . – 348 b.

3. Ёрматов G’. Ё. ва бошqалар. Hаёт фаолияти хавфсизлиги. O’qув qo’лланма. -T.: ТошДТУ. 2005.

4. O’. Йo’лдошев ва бошqалар. Меhнатни мухофаза qилиш. O’qув qo’лланма -T.: Меhнат, 2005.

5. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-Moliya. 2011. -260 b.

6. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod- moliya”, 2005. -195 b.

7. G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil. – 264 b.

8. Qudratov A. va b. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi. -T.: “Aloqachi”, 2005. -355 b.

9. Безопасность жизнедеятельности. /Под.ред. Михайлова Л.А. Киев – Харьков – Минск, 2007. 301 с.

10. Микрюков В.Ю. Безопасность жизнедеятельности. Уч.пособие.- М.: Ростов – Дон. 2006.

11. Tожиев M.X., Нигматов И ва б. Фавqулодда вазиятлар ва фуqаро муhофазаси. O’qув qo’лланма.–T.: MЧЖ., Таълим манбаи, 2002,-224 б.

12. Юнусов М.Ю., Икромов Э.Ж. Фуqаро муhофазаси - доимий зарурат. –Т.: 2002.

13. Белов С. В. и др. Безопасностъ жизнедеятелъности,-М.: Высшая школа, 1999.

14. Расулева М.А., Юлдошев О.Р. Видеотерминаллардаги хавфсизлик муаммолари. O’qув qo’лланма -T.: ТошДТУ, 2004.

15. Петросова Л.И., Расулева М.А., Расулев А.Х. Безопаснось жизнедеятельности. Учебно- методическое пособие.- Т.: ТГТУ, 2012.

Qo`shimcha adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga baqishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutqi. –T.: “O`zbekiston” NMIU, 2016. – 56 b.

2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va halq farovonligining garovi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga baqishlangan tantanali marosimdagi ma`ruza 2016 yil 7 dekabr’. – T.: “O`zbekiston” NMIU, 2016. – 48 b.

3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O`zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

4. O`zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`qrisida. - T.:2017 yil 7 fevral’, PF4947-sonli Farmoni.

5. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O`zbekiston", 2008.

6. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997.

7. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, –T.: 2009, 16-son.

8. “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2000 y., 5-6-son

9. “Xavfli ishlab chiqarish obhektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. –T.: 2006 , 39-son.

10. “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2009.

11. “Chiqindilar to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, –T.: 2007, 50-51-son.

12. “Sanitariya nazorati to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. – T.: 2006, 41-son.

13. Yo`ldashev O`.R., Usmonov, U., Qudratov O. Mehnatni muhofaza qilish. –T.: Mehnat, 2001.

14. “Mehnatni muhofaza qilish to`qrisida”gi qonun. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasi. – T.: 2002., 1-son.

15. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va hodimlar salomatligining boshqa hil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to`qrisidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori №286, 06.06.1997, –T.: 1997.

16. Ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonida o`quvchilar va talabalar bilan yuz bergan bahtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to`qrisida NIZOM. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, -T.: 2011., 3-son, 29-modda.

17. Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo`yicha ish o`rinlarini attestatsiya qilish uslubi. Mehnat vazirligi va Soqliqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan, №247, 28.05.1996, –T.: 1996.

18. Yormatov G‘.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009. – 348 b.

19. Yormatov G‘. YO. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.

3.3. Elektron resurslar

1. www.bilim.uz. - OO`MTV sayti

2. www.ziyo.edu.uz - OO`MTV sayti

3. www.mchs.gov.uz - Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti.

4. www.mintrud.uz - Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги сайти.

5 www.minzdrav.uz - Соғлиқни сақлаш вазирлиги сайти.

6 www.mchs.gov.uz - Фавқулодда вазиятлар вазирлиги сайти.

7 www.uznature.uz - Tабиатни муҳофаза қилиш Давлат қўмитаси сайти.

8 www.standart.uz - Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги сайти.

9 www.sanoatktn.uz - Саноатда, кончиликда ва коммунал- маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси (Саноатконтехназорат) сайти.

10 LexUz - Ўзбекистон Республикасининг миллий қонунчилик базаси.

11 http://www.znakcom -plect.ru - Охрана труда и техника безопасности.



Download 19,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish