O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi


Tayanch iboralar: huquqiy asos, qonun, xavfsizlik ta’minoti, standartlar, nizomlar, qoidalar, me’yoriy hujjatlar



Download 19,5 Mb.
bet24/247
Sana17.01.2022
Hajmi19,5 Mb.
#383088
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   247
Bog'liq
Мajmua XFX барчага 2018

Tayanch iboralar: huquqiy asos, qonun, xavfsizlik ta’minoti, standartlar, nizomlar, qoidalar, me’yoriy hujjatlar.
Mamlakatimiz fuqarolari va hududini har tomonlama himoyalash, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligini ta`minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator farmoyishlar, qonunlar, qarorlar ishlab chiqilgan. Fuqarolarning huquqiy me`yorlarga rioya etishi qonun oldidagi o`z huquq va burchlarini chuqur anglashi demokratik fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyatini belgilaydi.

Respublikamiz aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning o`ziga xos huquqiy-me`yoriy asoslari mavjud. Bular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar eazirligining ko`rsatma va buyruqlaridan iborat.

Asosiy Qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmunini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash, huquqiy jihatdan himoyalash, yurtimiz tinchligini ta`minlash masalalari tashkil etadi.. Insonning hayoti, yashashga bo`lgan xuquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.

Asosiy qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham o`rin berilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida shunday deyiladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, gabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan takdirda fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni ko`zlab, O`zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.



Oliy Majlisning vakolatlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to`xtatish to`grisidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda).

Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi:

Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish.

Atrof muhitni muhofaza qilish (100 - modda). Bu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik-texnik, maxsus asoslariga ega bo`lishimiz zarur.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil martdagi PF-1378 Farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.

Ushbu Farmonga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi va hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo`lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma`naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favquloda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

Aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbarlik qilish respublikada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o`zgartirish kiritildi. O`zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbar etib, O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarda, tumanlarda, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari; vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo`mitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar.





  1. Download 19,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish