7. Qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish
Jaroxatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qo`yish mumkin emas. Birinchi yordam ko`rsatuvchi shaxs dastlab ko`lni tozalab yuvishi yoki barmoklarini yod bilan artishi kerak.
YAraga material qo`yishda unga dastlab yod tomizish lozim. YAraga qo`yiladigan materialdagi yod o`rni yaradan katta bo`lishi kerak. YArani bog’lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur.
Qon ketishini bog’lab to`xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa kon oqayotgan joyni ta`minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog’ich yoki tasma) bilan bog’lash lozim. Jgut bog’langan joyda pul’s urishi mavjud bo`lsa, u noto`gri bog’langan xisoblanadi. Bunday xolda jgutni echib olib, qaytadan kattikrok qilib bog’lash kerak. Jgut bog’lashdan oldin bog’lanadigan joy yumshok materiallar bilan o`ralishi lozim.
Bog’langan jgut 2 soatdai ortik turmasligi zarur. Jgut bog’langandan so`ng 1 soat o`ttach, uni 10-15 minut sekin bo`shatish kerak. Bunday holda yaraga kon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim.
Ichki qon ketish juda xavfli hisoblanadi. Uning belgilari: pul’sningsekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, xushsiz bo`lib kolish. Bunda dastlab. jaroxatlangan kishiga to`liq tinchlik bsrish va jaroxatlangan joyga sovuqlik qo`yish kerak. Suv berish mumkin emas.
Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga o`girib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tikish lozim.
9.2.-Rasm. Qon oqishini to`xtatish va jarohatga bog’lam qo`yish
Issiq yoki quyosh va sovuq ypganda birinchi tibbiy yordam Issiq yoki quyosh urishi natijasida ko`qqisdan kamdarmonlik, bosh og’rig’i, qayd qilish xolatlari kuzatiladi. Buning uchun dastlab jaroxatlangan kishini toza havoli soya joyga olib borish, siqib turgan barcha kiyim-boshlarni echish, boshga va ko`krakga sovuq ko`yib bog’lash, nashatir spirt xidlatish va 15-20 tomchi valer’yanka ichurish tavsiya etiladi. Agar nafas olish va pul’s urishi sezilmasa, sun`iy nafas berish va yurakni massaj qilish lozim.
Badan muzlash xolatlari. Bu xollarda birinchi navbatda qon yurish yo`llari katga zarar ko`radi, shuning uchunbirinchi o`rinda qon yurishini ta`minlash kerak. Buning uchun muzlagan joy quruq mato yoki rumolcha yordamida qatgiq ishkalanadi. SHuni ta`kidlash kerakki, bunday holda qor bilan ishqalash man etiladi. Keyin issiq narsa bilan bog’lab qo`yish kerak. Muzlab qolgan barmoqlar yoki oyoqdarni xona haroratidagi iliq suvga solish, keyin esa sovuk egan joyni spirt yoki odekalon surtib bog’lab qo`yish mumkin. Agar muzlagan joyda pufakchalar hosil bo`lsa ishqalash man etiladi va bemor darxol kasalxonaga joylashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |