Navbatdan tashqari yo`riqnoma quyidagi hollarda o`tkaziladi:
-texnologik jarayon o`zgarganda, bir uskuna o`rniga boshqa uskuna o`rnatilganda va mehnat sharoiti o`zgartirilganda;
-tsex bo`limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro`y berganda;
-ishlarni xavfsiz bajarish bo`yicha yangi qoida va yo`riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati to`g’ilgan hollarda;
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo`riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo`riqnomada dastlabki yo`riqnomaning shu yo`riqnoma o`tilishiga sabab bo`lgan qismigina ko`rib chiqiladi.
Bu yo`riqnoma ham dastlabki va davriy yo`riqnoma singari bevosita rahbar (usta) tomonidan o`tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |