O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat (o’quv jarayon)i
bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo’llaniladigan vositalar
tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat
qilishga yordam beradi.
Mavzuiy rejadan farqli o’laroq texnologik xaritada (1) ta’lim beruvchi faoliyati
bilan birga, ta’lim oluvchining ham faoliyati, (2) o’quv mashg’ulotining
bosqichlari va vaqti, (3) ta’lim berishning usul, shakl va vositalari, (4) ta’lim
maqsadlarining o’quv yutuqlari monitoringi va baholashlari ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |