O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/294
Sana05.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#317960
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   294
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

Fizika  kechalari
  –  bu    maktabda  sinfdan  tashqari  ishni  avj  oldirib  borish 
uchun ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. 
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish 
va  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Ko’pchilik  o’quvchilarni  ishtirok  etishi  talab 
qilinadi.  Ayrim  o’quvchilar  dokladlar,  boshqalari  tajribalar  tayyorlaydilar, 
uchinchilari  devoriy  gazeta  chiqaradilar,  to’rtinchilari  kecha  o’tkaziladigan  zalni 
bezash  bilan  shug’ullanadilar,  beshinchilari  mehmonlarni  kutish  bilan  va  xokazolar 
bilan  shug’ullanadilar.  Kechani  o’tkazishga  o’quvchilarning  ko’p  tayyorgarlik 
ko’rishi  ularning  jamoa  bo’lib  birlashishlariga  yordam  beradi.  Bu  jamoa  sinfdan 
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika  to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. 
Hamma  ommaviy  tadbirlar  singari  fizika  kechalari  yaxshi  o’ylab  ko’rishni, 
aniq  tashkil  etishni  talab  qiladi.  Kechaning  mavzusi,  uning  ayrim  bosqichlarining 
ketma-ketligi,  davomiyligi,  zalni  bezatish,    dokladlarning  mazmuni,  demonstratsion 
tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning hammasi 
aniq  ishlangan  va  tayyorlangan  bo’lishi  kerak.  Fizika  kechalarining  mavzulari 
turlicha bo’ladi. 
Kecha  fizika  kursining  qandaydir  bo’limiga  yoki  mavzusiga,  fan  va 
texnikaning  katta  yutug’iga,  ajoyib  sanalarga  (radio  kuni,  kosmanavtika  kuni), 
vatanimizdagi  va  chet  eldagi  ulug’  fiziklarning  hayoti  va  faoliyatiga,  to’garak 
ishlarining  natijalariga,  shuningdek,  tajribalarga,  paradokslarga,  qiziqarli  fizikaga 
bag’ishlangan bo’lishi mumkin. 
Fizika 
bo’limlariga 
bag’ishlangan 
kechalar 
o’quvchilar 
bilimini 
chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Quyida 7-sinfdan o’tkazilgan “Assalom 
fizika”  kechasining  qisqacha  mazmuni  hamda    9-sinf  o’quvchilari  bilan  “Zuxro 
yulduzi” va “Ona zamin” komandalari o’rtasidagi  bellashuvning mazmuni beriladi. 
Quyida “Assalom fizika” kechasining qisqa matni beriladi. 
1-o’quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani toping, vazifasini 
tushuntiring. 
2-o’quvchi:  Menzurkani  qo’liga  oladi  va  uning  hajmini,  o’lchashdagi 
vazifasini tushuntiradi. 
1-o’quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o’lchanadi? 
2-o’quvchi:  Termometr  kashf  etilgunga  qadar  tana  harorati    qo’l  bilan 
aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o’lchanadi deb termometrni ko’rsatadi. 
1-o’quvchi:  Adialak qanday asbob, vazifasichi? 
2-o’quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir. 
1-o’quvchi:  Kuchni  qanday  asbob  bilan  o’lchanadi,  uni  toping  va  qayerlarda 
ishlatilishini tushuntiring? 
2-o’quvchi:  Kuch  dinamometr  bilan  o’lchanadi.  U  muskul  kuchlarini 
aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.  
SHunga  o’xshash  savollar  davom  ettiriladi.  Savol-javob,  munozaralarda  kim 
ko’proq ball yig’sa, shu o’quvchi g’olib hisoblanadi. 
Fizika kechalari – bu  maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun 
ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. 


 
42 
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish 
va  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Ko’pchilik  o’quvchilarni  ishtirok  etishi  talab 
qilinadi.  Ayrim  o’quvchilar  dokladlar,  boshqalari  tajribalar  tayyorlaydilar, 
uchinchilari  devoriy  gazeta  chiqaradilar,  to’rtinchilari  kecha  o’tkaziladigan  zalni 
bezash  bilan  shug’ullanadilar,  beshinchilari  mehmonlarni  kutish  bilan  va  xokazolar 
bilan  shug’ullanadilar.  Kechani  o’tkazishga  o’quvchilarning  ko’p  tayyorgarlik 
ko’rishi  ularning  jamoa  bo’lib  birlashishlariga  yordam  beradi.  Bu  jamoa  sinfdan 
tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika  to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. 
SHuni  ta’kidlash  joizki,  maktabda  sinfdan  tashqari  ishlar  qanchalik  yaxshi 
tashkil  etilsa,  o’quvchilar  faolligi  shunchalik  oshib  boradi,  ular  mustaqil  fikrlashga 
o’rganadilar, eng muhimi u yoki bu fanga qiziqishlari ortadi, ayniqsa iqtidorli o’g’il-
qizlar  birin-ketin  ko’zga  tashlana  boradilar.  Bu,  o’z  navbatida  iqtidorli  bolalarni 
aniqlash va ular bilan alohida ish olib borishda o’qituvchiga katta yordam beradi. 
Fizikadan  olimpiadalarga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  ham  sinfdan 
tashqari ishlardan biri hamda muhimi hisoblanadi. 
Birinchi  marta  fan  olimpiadasini  o’tkazish  XX  asrning 60-yillarida  boshlanib 
fizika-matematika fani xissasiga to’g’ri kelgan. Bu ish o’zini oqlagandan keyin sekin-
asta boshqa fanlardan ham olimpiadalar o’tkazila boshlandi. 
Olimpiadalar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, avval maktab litseyda so’ng 
tuman miqyosida keyin shahar yoki viloyat miqyosida, so’ngra respublika miqyosida 
va nihoyat xalqaro miqyosda o’tkaziladigan bo’ldi. 
Olimpiada  o’tkazilishidan  avval  o’quvchilar  bilimini  baholash  uchun  jyuri 
tayinlanadi.  Olimpiadalar  vaqtida  o’quvchilar  bilimini  jyuri  bir  necha  usullar  bilan 
sinab ko’radi. 
I  navbatda  masalalar  yechish  orqali,  II  navbatda  amaliy  tayyorgarligini 
kuzatish maqsadida laboratoriya ishlarini bajarish hamda tushuntirib berishlari orqali 
va  nihoyat  test  savollariga  javob  berish  orqali  sinab  ko’riladi.  Har  bir  holat  uchun 
alohadi-alohida  ball  qo’yib  boriladi,  natijada  qaysi  o’quvchi  ko’proq  ball  to’plagan 
bo’lsa,  shu  o’quvchi  g’olib  deb  tanlanadi.  O’rinlar  shu  asosda  ketma-ket 
taqsimlanadi. 
Fizikadan  olimpiadaga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  ham  o’qituvchidan 
katta ma’suliyat, mehnatni talab qiladi. 
O’qituvchi avval parallel bir necha sinfdan fizikadan bilimi chuqur bo’lgan bir 
necha o’quvchini ajratib oladi,  ya’ni 7-sinfdan, 8-sinfdan, 9-sinfdan, 10-sinfdan, 11-
sinfdan  fizikaga  qiziqqan  bir  necha  o’quvchini  ajratib  oladi.  Har  bir  sinf 
o’quvchilariga  alohida-alohida  ko’rsatmalar  beradi,  tushunmagan  mavzularini 
tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida 
bir  bo’lgan  fizikaga  doir  adabiyotlarni  o’qib  o’rganishlari  uchun  olib  kelib  beradi. 
O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar. 
I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak 
oxiriga,  ya’ni  4-10  noyabrlarda  o’tkaziladi.  Bunda  maktab  fizika  o’qituvchilaridan 
biri jyuri raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi 
kuni olimpiada o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi. 
O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi. 
Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib 
avvaldan  kelishilgan  shartga  asosan    ballar  qo’yiladi.  Eng  yuqori  ball  olgan 


 
43 
o’quvchilar  ismi,  shariflari  va  ishlari  maktab  rahbari  buyrug’i  asosida  tuman 
olimpiadasiga  yuboriladi.  G’olib  o’quvchi  bilan  o’qituvchi  yanada  jiddiyroq 
tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri 
keladi.  Bu  yerda  olimpiada  ikki  turda  nazariy  va  amaliy  bilimlarini  sinash  orqali 
o’tkaziladi. 
So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika 
olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan 
o’quvchilarga  o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi. 
Xulosa 
qilib, 
aytganda 
fizikadan  o’tkaziladigan  sinfdan  tashqari 
mashg’ulotlarning  barchasi  o’quvchilarni  fizika  va  texnika  fanlariga  qiziqshini 
orttirishga xizmat qiladi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish