O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/294
Sana05.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#317960
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   294
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

 
O’rta  umumta’lim  maktablarida
  fizika  6-sinfdan  boshlab  o’rganiladi.  6-
sinfga kelgan  o’quvchini tabiiy yo’nalishdagi  bir qator fanlarni hamda matematika 
fanini quyi sinflarda o’qigan va bu fanlar bo’yicha ma’lum bilimga, amaliy ko’nikma 
va malakalarga ega bo’lganligini  inobatga olgan holda fizika fanini  o’qitish tashkil 
etiladi. 
O’rta  umumta’lim  matkablarida  fizika  fanini  o’qitish  orqali  o’quvchilarning 
ilmiy  dunyoqarashini,  mantiqiy  fikrlay  olish  qobiliyatini,  aqliy  rivojlanishini,  o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish,  ularda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni  tarkib  toptirish    hamda  ijtimoiy  hayotlari  va    ta’lim  olishni  davom 
ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi. 
O’rta  umumta’lim  maktablarida  fizika  fanini  o’qitishni  tashkil  etish  o’rta 
umumta’lim maktablari uchun mavjud dastur asosida amalga oshiriladi. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarini  bitiruvchilar  fizika  kursidan  ma’lum 
darajada tugallangan bilimlarga ega bo’lishlari kerak. 
 Maktab  fizimka  ta’limining  birinchi  yilida  o’quvchilarga  fizik  hodisalar  va 
kattaliklar  haqida  umumiy  ma’lumotlar  beriladi,  bu  bilan  o’quvchilarni  fizikaga 
qiziqtiriladi,  fizika  fani  haqida  dastlabki  tasavvur  hosil  qilinadi,  tevarak  atrofdagi 
fizik  hodisalarning  mohiyatini  elementar  tarzda  tushuntirish  orqali  ilmiy 
dunyoqarashlari  shakllantiriladi.  SHu  bilan  birga  tabiiy  geografiya,  biologiya  va 
kimyo  predmetlari  mazmunida  uchraydigan  fizikaga  oid  bilimlarni  o’zlashtirishga 
tayyorlaydi. 
Dasturga  asosan  6-sinfda  fizika  kursi  mazmuni  o’zgartirilmagan  holda,  fizik 
hodisalar  va  kattaliklarni  o’rganish  ketma-ketligi  ulardan  birini  tanlab  olish 
imkoniyatiga  ega.  Ulardan  birinchisida  fizika  an’anaviy  bo’lgan  usulda  avval 
jismlarning  harakati,  bosib  o’tgan  yo’li,  unga  ketgan  vaqti,  tekis  harakatda  tezlik, 
massa,  zichlik  kabi  fizik  kattaliklar  o’rganiladi.  So’ngra  modda  tuzilishi,  issiqlik 
hodisalari, issiqlik mashinalari, tovush va yorug’lik hodisalari o’rganiladi. 
Ikkinchisida  esa  fizikani  o’rganish  yorug’lik  va  tovush  hodisalarini 
o’rganishdan  boshlanadi.  Bu  usul  yangi,  hali  bizda  qo’llanilmagan  usul  bo’lib,  bu 
usulning afzalligi yorug’lik va tovush kelishi va bu hodisalarning inson hayoti uchun 
juda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan asoslanadi. 
6-sinfda  fizik  hodisalar  va  kattaliklar  haqida  umumiy  tasavvurga  ega  bo’lgan 
o’quvchilar  yuqori  sinflarda  fizika  kursining  barcha  bo’limlarini  sistemali  ravishda 
o’rganadilar.  Bunda  fizika  hayotda,  tevarak  atrofda  uchraydigan  fizik  hodisalar  va 
jarayonlar bilan  bog’lab o’rganiladi. 
7-sinfda  mexanika  bo’limi  o’rganiladi.  Bu  kursning  mazmuni  oldin  8-sinfda 
o’rganilgan  mexanika  kursi  mazmunidan  biroz  soddaligi  va  bir  muncha 
qisqartirilganligi bilan farq qiladi. Bu bo’lim odatdagi ketma-ketlikda o’rganiladi. 
8-sinfda  fizikaning  elektr  bo’limi  o’rganiladi.  Umumiy  o’rta  ta’limda  elektr 
hodisalarini  o’rganishga  alohida  ahamiyat  berilishi  elektrni  inson  hayotida  ko’p 
uchrashi, uning amaliy ahamiyatining kattaligi, o’quvchilar tafakkurini rivojlanishiga 
samarali ta’sir ko’rsatishi bilan asoslanadi. 


 
28 
Dasturda  elektr  kursining  elektrostatika  bo’limini  o’rganishga  ko’proq  vaqt 
ajratilgan  va  bu  bo’limni  o’rganish  o’quvchilarni  6-sinfda  modda  tuzilishiga  oid 
bilimlariga asoslanadi. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  maktabini  bitiruvchilari  fizikadan  ma’lum  darajada 
tugallangan  bilimga  ega  bo’lishlari  zarurligi  munosabati  bilan  10-11-sinf  fizika 
dasturiga  6-9  sinflarda  o’rganilmagan  yoki  faqat  boshlang’ich  ma’lumotlar  berilgan 
bo’limlar  kiritilgan.  9-sinfda  o’rganiladigan  “Molekulyar  fizika  va  termodinamika 
asoslari” hamda “Optika” bo’limlari o’quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlariga 
asoslangan  holda  o’rganiladi.  Atom  fizikasi  asoslari  bo’limi  mavzulari  umumiy 
tarzda sifat jihatdan o’rganiladi. 
O’quvchilarni astronomiya elementlari bilan tanishtirish maqsadida fizika kursi 
tarkibiga “Koinot fizikasi” bo’lim sifatida kiritilgan. 
Barcha  bo’limlar  bo’yicha  dasturda  ko’rsatilgan  yoki  ularga  teng  kuchli 
laboratoriya  ishlarini  bajarish  orqali  o’quvchilarda  amaliy  ko’nikma  va  malakalarni 
shakllantirish amalga oshiriladi. 
Har bir sinfda 2 soatlik ekskursiya ham rejalashtirilgan. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish